Reja: Kirish Geografik joylanishi, geologik tuzilishi va relyefi. Iqlimi. Ichki suvlari. Tuproqlari, o’simliklari va hayvonot dunyosi. Xulosa. Adabiyotlar. Kirish



Download 1,2 Mb.
bet3/3
Sana25.06.2022
Hajmi1,2 Mb.
#702545
1   2   3
Bog'liq
Asomiddin kurs ishi

Ichki suvlari.
Kongo, Zair — Ekvatorial Afrikadagi daryo. Oʻz. 4320 km, havzasining maydoni 3691 ming km², yillik suv sarfi 1450 km3. Sersuvligi jihatidan Afrikada 1-, dunyoda 2-, 3-oʻrinlarda (Amazonka va Paranadan keyin). K. Katanga qirlaridan 1430 m balandlikdan boshlanadi va Boyoma sharsharasigacha Lualaba deb ataladi. Daryo Atlantika okeaniga quyiladi. Yirik ir-moqlari: oʻngdan Lufira, Luvua, Aukuga, Aruvimi, Itimbiri, Mongala, Ubangi, Sanga; chapdan — Lomami, Lulonga, Ruki, Kasai. K. irmoqlari orqali Mveru, Bangveulu, Tanganika koʻllari bilan, Roʻzizi daryosi orqali Kivu koʻli bilan tutashgan. K.ning Lualaba qismi yassitogʻlik va platolar orasidan, Boyoma sharsharasidan Kinshasa shahrigacha (1700 km) tekislikdan oqadi. Kinshasa bilan Matadi shaharlari orasida 70 ga yaqin ostona va sharsharalar (Livingston ostonalari) hosil qilgan. Matadidan oʻtgach, dengiz boʻyi pasttekisligida oqadi (bu yerda daryo oʻzanining kengligi 1–2 km, chuqurligi farvaterida 25–30 m). Estuariysining kengligi oʻrta qismida 19 km. K., asosan, yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Quyi oqimida yillik oʻrtacha suv sarfi 46 ming m’/sek. (maksimal 75 ming m’/sek., minimal 23 ming m³/sek.). Quyi va oʻrta oqimida may—iyunda va noyabr— dek.da, yuqori oqimida noyabr— dek.da suvi koʻpayadi. Daryo yiliga 50 mln. t oqiziq keltiradi. K. va uning irmoqlaridagi suv yoʻllarining oʻz. 20 ming km. Gidroenergiya zahirasiga boy. K. va uning irmoqlarida baliqning koʻplab turi yashaydi. K. havzasida yirik daryo va koʻl portlari: Bukama, Kongolo, Kabalo, Kisangani, Kinshasa, Brazzavil; dengiz portlaridan — Matadi, Boma va Banana joylashgan. K.ning kuyilish yerini 1482 yilda portugaliyalik dengizchi D. Kan, Lualabani 1771 yilda D. Livingston, K.ning koʻp qismini 1876—77 yillarda G. Stenli tadqiq qilgan.

Kongo daryosi havzasi(irmoqlari bilan).



Tuproqlari, o’simliklari va hayvonot dunyosi.

Yog‘in-sochinning taqsimlanishi, joyning daryolarga nisbatan tutgan o‘rni va shu bilan birga yerlarni suv bosish muddati bilan bog‘liq bo‘lgan tuproq-o‘simlik qoplami va hayvonot dunyosining juda xilma-xil bo‘lishiga imkon bergan.


Kongo vodiysidagi va ko‘llar bo‘ylaridagi suv bosadigan botqoqlik yerlar keng maydonda botqoq o‘tlari bilan qoplangan. Bular orasida papirus asosiy o‘rin tutadi.
Suv bosmaydigan yerlarda, qadimgi allyuvial va laterit qalin tuproqlarda sernam ekvatorial o‘rmonlar o‘sadi. Bunday o‘rmonlarga yaqin vaqtlargacha kishilar qo‘li tegmagan edi. Bu o‘rmonlar ekvatordan shimolda keng polosa hosil qiladi va Sharqiy Afrika tog‘ligi hamda Atlantika okeani sohili bo‘ylab janubiy yarimsharga uzoq kirib boradi. Janubda qurg‘oqchil davr yaqqol sezilgan joylarda o‘rmonlar orasida savannalar uchraydi. Ba’zi bir joylarda o‘rmon orollar tarzida uchraydi.


Kongo havzasidagi sernam ekvatorial o‘rmonda oziq-ovqat, texnika uchun ishlatiladigan va boshqa o‘simliklarning katta resurslari mavjud. Bu o‘rmonda moyli palma, seyba, muskat daraxti, kauchuklilar, qizil daraxt, shuningdek, yog‘ochlari bezak uchun ishlatiladigan qimmatli daraxtlar o‘sadi.
O‘lka o‘rmonlarida fillar, shimpanze va gorillalar, juda qalin chakalakzorlarda qo‘rqoq okapilar, daryo bo‘ylarida begemotlar yashaydi. O‘rmonlarda sudralib yuruvchilar, suvda ham quruqlikda yashovchilar hamda hasharotlar juda ko‘p. Afrikaning ekvatorial o‘rmonlari uchun setse (Hossina) pashshasi xarakterlidir. Bu pashsha sernam joylarda, daryolar va ko‘llar bo‘ylarida tarqalgan.
Kongo havzasi o‘rmonlarida aholi juda siyrak. Bu o‘rmonlarda ildizlarni terib va mayda hayvonlarni tutib yeydigan yoki ibtidoiy ovchilik bilan shug‘ullanadigan sayoq pigmey qabilalari yashaydi.
Baland platolarda va o‘lkaning janubida qizilqo‘ng‘ir tuproqli yerlarda savannalar tarqalgan, bu savannalarda daraxtlar tiplari hamko‘p. Ko‘pincha savannalar kuydirilgan va kesib yuborilgan o‘rmonlar o‘rnida paydo bo‘ladi. Savanna bilan o‘rmonlar orasidagi chegara polosasida o‘rmonlar bilan birgalikda tipik savanna uchastkalari va chakalakzorlar bo‘lgan park landshaftini uchratish mumkin. Bunday landshaft o‘lkaning ekvatordan janubdagi qismi uchun ayniqsa xarakterlidir.

Foydalanilgan adabiyotlar.


  1. Aleksandrovskaya N.V. va boshqalar-Dunyo qitalari tabiiy geografiyasi. - T., 1976

  2. Afrika Entsiklopedicheskiy slovar’ - M., 1980

  3. Atlas Afrika - M., 1968

  4. Braun L. Afrika - M., 1976

  5. Vlasova T. V Materiklar tabiiy geografiyasi - T., 1981

  6. Klimaticheskiy spravochnik. Afriki. - L., 1968

  7. Fizicheskaya geografiya materikov i. okeanov. Pod obshey redaktsiey Ryabchikov M.A - M., 1988

  8. www.wikipedia.com

  9. 6-sinf atlas

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish