Reja: Kirish Geografik joylanishi, geologik tuzilishi va relyefi. Iqlimi. Ichki suvlari. Tuproqlari, o’simliklari va hayvonot dunyosi. Xulosa. Adabiyotlar. Kirish


Markaziy Afrikaning tabiiy geografik kartasi ( 1-rasm )



Download 1,2 Mb.
bet2/3
Sana25.06.2022
Hajmi1,2 Mb.
#702545
1   2   3
Bog'liq
Asomiddin kurs ishi

Markaziy Afrikaning tabiiy geografik kartasi ( 1-rasm )
Chekkadagi ko’tarilmalar bilan Atlantika okeani orolig’ida akkumulyativ jinslardan tuzilgan qumli pasttekislik bor . Bu pasttekislik asta-sekin pasaya borib dengiz tagida suv osti platpormasi shaklida davom etadi. Qirg’oq deyarli hamma joyida to’g’ri chiziqli. Suvning sayoz bo’lishi va yaxshi himoya qilingan buxtalarning yo’qligi tufayli Afrika sohillarining ana shu qismi kemachiik uchun juda noqulay. Faqatgina dengiz suvi borgan daryolarning quyilish joylaridagina chuqurroq portlar bor.
Geografik joylanishi, geologik tuzilishi va relyefi.
Kongo botig’i eng qadimgi (kembrydan oldingi) poydevori asosan kontental svitalar bo’lgan qalin svetalar bilan ko’milgan. Bu svetalarning to’planishi yuqori paleazoyda boshlanib uchlamchi davr oxirida Janubiy Afrikadan Kalaxari qumlari o’xshash qumlarning to’planishi bilan tugagan . Ular shimoliy va janubiy chekkadagi balandliklardan u yer bu yerida saqlanib qolgan, bu esa pleystotsenda xozirgi shaklini olgan botiq bukilmasining yoshligini ko’rsatadi. Bukilma markazi kattaroq bo’lib, quyi va yuqori plotformalari bilan yuqori plotforma orasida fliksura jarlik bor dengiz sathidan 100-300 m baland bo’lgan bu jarlik kongo va uning irmoqlarini sharsharalari halqasida yaxshi seziladi. Daryolar oqimi bo’yicha yuqoriroqdagi sharsharalar halqasi yonbag’irlarining yuqori plotformadan chekka antiklizalar o’tganligi bukilmasini ko’rsatib turadi.
Markaziy Afrika tabiiy sharoitining tarkib topishida uning ekvatorial mintaqada va subekvatorial mintaqalarning janubiy va shimoliy chekkalarida joylashganligi ayniqsa katta ahamiyatga ega.
Ichki tabiiy tafovutlar relyefiga va ekvatorga nisbatan tutgan o‘rniga bog‘liq. Ekvatorial Afrika uchun savanna uchastkalari bilan bir qatorda aralash uchraydigan tropik o‘rmonlarning turli tiplari xarakterlidir. Bu yerda ikkita tabiiy geografik o‘lka: Gvineya sohili va Kongo kotlovinasi (atrofidagi tog‘lar bilan) ajralib turadi.
O‘lka iqlimi subekvatorial iqlim bilan ekvatorial iqlim oralig‘idagi iqlimdir. Shimoliy Gvineya qirlari Gvineya qo‘ltig‘i qirg‘og‘ini o‘rab turadi va unga zinapoya shaklida pasayib boradi. Ko‘p qismining balandligi 500-600 m, eng baland joyi 2000 m ra yetadi. Qirlar kristalli jinslardan tuzilgan. Bu jinslarni ba’zi joylarda gorizontal yotgan qumtoshlar qoplagan. Janubiy chekkasini daryolar bo‘lib yuborgan. Bu daryolarning qisqa (ko‘pi bilan 200-300 km) va chuqur vodiylari sertepa sohil orasida cho‘qqayib turgan past qoldiq tog‘larni ajratib turadi.
Gvineya sohilining Niger daryosidan keningi eng katta daryosi Volta. Ganada bu daryoga yirik suv ombori va gidro-elektrostansiya qurilgan. Gvineya qo‘ltig‘i qirg‘og‘i pasttekislikdan iborat bo‘lib bu yerda quruqlikning yaqindagina cho‘kkanidan darak beruvchi izlarni yaqqol ko‘rish mumkin. G‘arbda qirg‘oqni kichik daryolarning estuariylari bo‘lib-bo‘lib yuborgan. Bu yerda ko‘pdan-ko‘p kichik orollar bor. Janubda deyarli tekis qirg‘oq chizig‘i bo‘ylab lagunalar, ko‘llar, qum tillari va dyuna qatorlari uchraydi. Sharqda Niger daryosining keng delta pasttekisligi katta maydonni egallagan. Sharqdan Niger daryosi quyi oqimining vodiysi Kamerun tog‘lari bilan chegaralangan. Bu tog‘lar qirg‘oq yaqinida vulkan massivi bilan tugaydi. Bu massivning konus shaklidagi Fako cho‘qqisi balandligi 4070 m gacha bo‘lib, butun G‘arbiy Afrikaning eng baland nuqtasi hamdir. 1909 va 1922 yillarda kichik-kichik kraterlardan vulkanlar otylgan. Bu esa massivda vulkan faoliyati hamon tugamaganligidan darak beradi.
O‘lkaning foydali qazilmalari-oltin, olmos sochilmalari, qalay rudalari va boksitlar platforma fundamentidagi kristalli jinslarning yer yuzasiga chiqib qolishi bilan bog‘liqdir.

Iqlimi
Kongo botig’i yilning ko‘p qismida janubi-g‘arbiy musson ta’sirida bo‘lib, u tog‘ yonbag‘irlarida ko‘plab yog‘in qoldiradi. Sohilning janubiy qismida va xususan Kamerun massivi yonbag‘irlarida yil bo‘yi yog‘in yog’adi. Shunga qaramasdan, yog‘in eng ko‘p yogadigan ikki davr ajralib turadi. Shimolga tomon asta-sekin yog‘in ko‘p yog‘adigan davrlar qo‘shilib ketadi va uzoq davom etadigan bir davrni hosil qiladi, bu davr musson eng kuchaygan davrga to‘g‘ri keladi. Shimoli-sharqiy passat, Gvineya sohiliga faqat qishda, janubi-g‘arbiy musson kuchsizlanib qolgan paytda kirib keladi. Quruq shimoliy shamol qirg‘oqqa kirib kelar ekan, havoning nisbiy namligini kamaytiradi va odam hamda hayvonlarga yaxish ta’sir etadi.
K amerun massivining okeanga qaragan yonbag‘irlarida 9000 mm dan ortiq yeg‘in yog‘adi. Bu-butun Afrikadagi eng ko‘p yog‘indir. Shu bilan birgalikda Fako cho‘qqisiga yog‘in eng ko‘p yog‘adigan davrda qor tushadi. Boshqa rayonlarda sohil chizig‘ining yo‘nalishi va tog‘ yonbag‘irlarining ekspozitsiyasiga qarab yiliga 2000 mm dan 3000 mm gacha yog‘in yog‘adi. Janubi-g‘arbiy musson qirg‘oqqa parallel esadigan ba’zi bir joylarda yog‘in miqdori 1000 mm dan oshmaydi. Chunon-chi, u Akkra rayonida, qirg‘oqning ko‘tarilib to‘siqqa o‘xshab qolgan joyida yiliga 600-700 mm yog‘in yog‘adi.
Iqlimidagi kabi organik dunyosida ham Sudan savannalaridan Kongo havzasining ekvatorial o‘rmonlariga o‘tish xususiyatlari seziladi. Florasi tarkioida Janubiy Amerika florasi bilan umumiy bO‘lgan ba’zi bir elementlar bor. Chunonchi, Gvineya sohilida bromi-lni oilasidan bulgan o‘tsimon o‘simlik topildi, bu o‘simliklar ilgarilari Janubiy Amerikaning o‘ziga xos endemik oilasi hisoblanar edi. Afrikadan ana shu o‘simlik oilasi vakilining topilishi janubiy yarimshar materiklarining taraqqiyot tarixini aniqlash uchun katta ahamiyatga ega. Gvineya sohilining tropik o‘rmonlarida, shuningdek, Afrika florasi tarkibida kaktuslar oilasining Amerika ucho‘n tipik hisoblangan yagona yovvoyi vakili ripsalis epifit kaktusi (Rupsalis cassytha) ham uchraydi.

Dengiz ko‘tarilganda suv bosadigan zona va Gvineya sohilining daryo deltalari mangra chakalaklari bilan o‘ralgan. Maigra chakalaklari Niger dsltasida ham aynitssa ko‘p.
Sohil bo‘yidagi pasttekpslik va tog‘larning yonbag‘irlari (kam yog‘in tushadigan Oltin qirg‘oq bundan mustasnodir) sernam tropik o‘rmonlari bilan qoplangan. Bu o‘rmonlar daryo vodiylari bo‘ylab o‘lkaning eng shimoliy chegaralarigacha kirib borgan. Bu o‘rmonlarda xilma-xil baland bo‘yli daraxtlar, butalar va o‘tlar ko‘p. Rang-barang gullar ochadigan orxideyalar, paporotniklar va boshqalar ko‘p o‘sadn.
Gvineya sohili o‘rmonlari uchun seyba zotidan bo‘lgan ulkan daraxt (Ceiba guineensis, Sionningi) yoki tola beradigan paxta daraxtlari xarakterlidir.
O‘rmonlar tog‘ massivlarining sernam yonbag‘irlari bo‘ylab ko‘tarila boradi va balandga chiqqan sari ularning tarkibi asta-sekin o‘zgaradi. O‘lka doirasida balandlik mintaqalari haqida Kamerun massivi to‘la tasavvur beradi. 1800 mm balandgikkacha uning yonbag‘rida, ayniqsa, nam shamollarga ro‘para yonbag‘irlarda qalin va bo‘liq tropik o‘rmoni o‘sadi. Bu o‘rmonlardan yuqorida past bo‘yli va turi kam bo‘lsa ham, xilma-xil paporotniklarga boy bo‘lgan kambag‘alroq tog‘ o‘rmonlari o‘sadi.
2700 m cha balandlikda Kamerun massivi yonbag‘irlarida nihoyatda turlarg‘a boy tog‘ o‘tloqlari boshlaiadi. Bunday o‘tloqlar qor bilan qoplangan eng baland tog‘ tepalarigacha uchrandi.

Gvineya sohilining birlamchi o‘rmonlari kesilaverib va yondirilaverib ko‘plab nobud etilgan. Ko‘pgina rayonlarda bunday o‘rmonlar o‘rnida ikkilamchi past bo‘yli o‘rmonlar yoki madaniy o‘simliklar paydo bo‘lgan. Bular orasida moyli palma, shokolad daraxti va shakarsamish plantatsiyalari asosiy o‘rpn tutadi. Lekin ba’zi bir joylarda tropik o‘rmon ibtidoiy holda saqlanib qolgan.
Sernam davr kisqara borgan sari qalin tropik o‘rmon o‘rnida siyrak kserofit o‘rmonlar paydo bo‘ladi. Bunday o‘rmonlar tarkibida doymiy yashil o‘simlik turlari bilan bir qatorda yilning quruq faslida barg tashlaydigan turlar ham uchraydi. Boshqa bir hollarda sernam tropik o‘rmonlar o‘rnini tshshk savanna egallagan. Savanna bilan tropik o‘rmon chegarasida odatda kigeliya (Kigelia africana) yoki kolbasa daraxtp o‘sadn, mevasi katta, uzunligi 1 metrga yetadigan va shakli kol-basag‘a o‘xshash bo‘lgani uchun bu daraxt kolbasa daraxti deb nom olgan; liberiya kofe daraxti uchraydi, uning vatani Gvineya sohilidir. Bu tur o‘tmishda ko‘plab ekilar edi, lekin endilikda uning o‘rnini ancha qimmatli Arabiston kofe daraxti egallamoqda.
Ba’zi bir olimlar Gvineya oohilidagi savanna dastlabki o‘simlik tipi bo‘lmasdan, balki inson fyaoliyati natijasida vujudga kelgan deb hisoblaydilar. Kishilar o‘rmonlarni kesar ekan, ayrim daraxtlarni qoldirib, so‘ngra mevalarni yig‘ib olishgan. Shunday qilib savanna tipidagi landshaft paydo bo‘lgan. Savannada tez-tez uchraydigan moyli palma daraxti Afrika g‘arbidagi ana shunday daraxtdir.
Hozirgi vaqtda savanna mavjud bo‘lgan hamma joyda o‘rmon o‘sa olishi mumkin va o‘rmon kesib yoki kuydirib yuborilgandan so‘ng bir necha yildan keyin yana paydo bo‘ladi.
O‘lkaning hayvonot dunyosida, o‘simliklarida bo‘lgani kabi sernam tropik o‘rmon hamda savanna elementlari birgalikda uchraydi. U yerlarda maymunlar, jumladan, shimpanze yashaydi. Afrika fillari uchraydi, ular o‘rmonlar bilan yalang joylar orasidagi maydonlarni xush ko‘radi. Ba’zi bir tipik Afrika yirtqichlari ham bor. Yalangliklarda antilopalarning bir necha turi yashaydi. Xilma-xil qushlar, sudralib yuruvchilar va hasharotlar ko‘p.
Bu ulkan tabiiy geografik o‘lka ekvatorning har ikki tomonida Atlantika okeani qirg‘oqlaridan Sharqiy Afrika tog‘ligigacha cho‘zilgan. Shimolda uning chegarasi taxminan 5° sh. k. bo‘ylab, janubda esa 10° sh. k. dan janubrokda o‘tadi. Kongo daryosi o‘rta oqimidagi yassi kotlovina va uning atrofidagi Kongo havzasi bilan Afrikadagi boshqa daryolar orasidagi suvayirg‘ichni hosil qil.adigan qirlar ham shu o‘lkaga kiradi.
Kotlovina relyefida. bir necha bosqichlar ajralib turadi. Kotlovinaning eng past qismi Kongo daryosining o‘rta oqimidagi balandligi 500 m dan yuqori bo‘lmagan keng tekislikni hosil qiladi. Bu tekislikning asosiy qismi qadimgi ko‘l allyuviysining qalin qatlamidan tarkib topgan. Daryolarning bo‘ylarida esa yangi vujudga kelgan (yosh) allyuvial yotqiziqlar polosalari cho‘zilgan. Tekislik yuzasi deyarli yassi, chunki bu yer Atlantika okeaniga tomon oqib turgan ko‘lning tubi bo‘lgan. Leopold II va Tumba ko‘llari ana shu ko‘lning qoldiqlaridir. Mezozoy davridagi ko‘l yotqiziqlari tagida tekislik doirasida qadimgi muzlik qatlamlariqalin muzliklar faoliyati mahsuloti uchraydi. Bunday muzliklar paleozoy erasining oxirida janubiy yarimshardagi materiklarning katta maydonlarini qoplab yotgan.
KDRda joylashgan Kisangani shahridagi iqlim klimatogrammasi ( 2-rasm)
Janub va sharqda kotlovina markaziy qismining yassi yuzasi balandligi 500-1000 m bo‘lgan va relsfda yaqqol ajralib turadigan platoga aylanadi. Paleozoy na mezozoyning cho‘kindi yotqiziqlari bilan qoplangan platoning yer yuzasini daryolarning chuqur daralari kesib o‘tib, ko‘pdan-ko‘p sharsharalar hosil qilgan. Vodiylarning ana shunday tuzilishi mezozoy erasi oxirida yer po‘stining ko‘tarilishi tufayli daryolarning eroziyasi avj olishi natijasida paydo bo‘lgan. Kotlovinaning ana shu baland bosqichi shu yo‘l bilan paydo bo‘lgan.
Kongo kotlovinasi hamma tomondan 2000 m va undan ham baland yassi tog‘liklar bilan o‘ralgan. Janubda Lunda yassi tog‘ligi zinapoya shaklida ko‘tarilgan, Kongo daryosi bilan Zambezi daryolari havzalari orasida suvayirg‘ich bo‘lib xizmat qiladigan bu yassi tog‘lik kenglik bo‘ylab cho‘zilgan tizmaga o‘xshaydi. Sharqda kotlovina Sharqiy Afrika tog‘ligining tik chekkasi bilan chegaralangan. Ana shu tog‘likdan Lunda yassi tog‘ligi bilan qo‘shilib ketadigan tarmoqlar boshlangan. Shimolda baland platolar Kongo havzasini Nil, Chad ko‘li va Niger havzalaridan ajratib turadi. Balandliklar polosasi kotlovinani g‘arbdan chegaralab, Atlantika okeani sohilidagi pasttekislikdan ajratib turadi. Kongo ana shu ko‘tarilmalardan o‘tib, tor yosh epigenetik vodiydan oqadi. Ana shu vodiyda daryo Afrikani tadqiq qilgan olim Livingston nomi bilan atalgan o‘nlab sharsharalar hosil qilgan. Kotlovinani o‘rab turgan plato va qirlar relyefi uchun tekis yuzalar xarakterli bo‘lib, u yerlarda do‘ng tepalar yoki vulkan konuslari o‘rmon chegarasidan ham yuqoriga ko‘tarilib turadi. Tik zinapoyasimon yonbag‘irlarni darasimon tor vodiylar kesib o‘tgan. Bu esa Afrika platformasi chekka qismlari relyefining yaqin vaqtlarda qaytadan yosharishi oqibatidir.
Chekkadagi ko‘tarilmalar bilan Atlantika okeani oralig‘ida akkumulyativ jinslardan tuzilgan qumli pasttekislik bor. Bu pasttekislik asta-sekin pasaya borib, dengiz tagida suvosti platformasi shaklida davom etadi. Qirg‘oq deyarli hamma joyda to‘g‘ri chiziqli. Suvning sayoz bo‘lishi va yaxshi himoya qilingan buxtalarning yo‘qligi tufayli Afrika sohilining ana shu qismi kemachilik uchun juda noqulay. Faqatgina dengiz so‘vi bosgan daryolarning quyilish joylaridagina kichikroq portlar bor.
O‘lka foydali qazilmalarga boy. Asosiy konlar kotlovinaning chekkalarida. Shaba provinsiyasida (sobiq Katanga) mis rudasi konlari ayniqsa qimmatlidir. Bu konlar zapasiga ko‘ra juda boy va foydalanish uchun qulay bo‘lishidan tashqari rudasi tarkibida metall nihoyatda ko‘p. Mahalliy aholi yevropaliklar kelmasdan ancha oldinoq ibtidoiy usul bilan mis olib kelgan.
Kotlovinaning janubidagi qadimgi kristalli jinslarda tarkibida uran juda ko‘p bo‘lgan va dunyodagi eng katta uran konlaridan biri joylashgan.
Mis rudasi tarkibida qalay ham bor. Chekkadagi kristalli massivlarda oltin va olmos bor. Atlantika okeani sohilida neft va bitum zapaslari topilgan, ba’zi bir joylarda paleozoy yotqiziqlarida toshko‘mir uchraydi. O‘lkaning barcha qazilma boyliklari hali to‘la o‘rganib bo‘lingani yo‘q. Ma’lum konlar ham hali to‘la ishga solingan emas.
Kongo kotlovinasi seryomg‘ir va bir xilda yuqori issiq temperaturali o‘lkadir. Biroq, o‘lkaning katta territoriyasida iqlim sharoiti hamma joyda ham bir xil emas. Asosiy tafovut yog‘inlar miqdori va rejimidadir. Temperatura sharoiti esa nisbatan kam o‘zgaradi.
Tipik ekvatorial yog‘in rejimi Kongo havzasining tekislik qismi uchun xarakterlidir. Bu yerda yillik yog‘in miqdori 1500 mm dan oshadi. Quyoshning zenitda turishi bilan bog‘liq bo‘lgan sernam davrlar esa quruq davrlardan yomg‘irlarning ko‘p yog‘ishi bilan farq qiladi. Eng quruq-yanvar oyida ham oylik yog‘in miqdori 40-50 mm ga yetadi.
Kotlovinaning shimoliy va janubiy chekkalarida seryomg‘ir ikki davr asta-sekin bir-biriga qo‘shilib ketadi, uzoq davom etadigan bnr davrga aylakadi. Shundan keyin bir oz qisqa qurg‘oqchil davr boshlanadi. Ana shunday ob-havo rejimi janubi-sharqda ayniqsa yaqqol seziladi. Bu yerda qishki 3 oy-iyun, iyul, avgust oylarida umuman yomg‘ir yog‘maydi. Shimol janubga nisbatan quyiroq kengliklarda joylashgan. Shuning uchun u yerda Shimoliy yarimshardagi qish paytining quruq davri u qadar yaqqol sezilmaydi. Shunga qaramasdan Kongoning o‘ng irkog‘i-Ubangi daryosi havzasida dekabr va yanvar oylarida yog‘in miqdori keskin kamayadi.
Atlantika okeani sohilining ekvatordan janubi sovuq Bengel oqimi ta’sirida bo‘lib yog‘in miqdori kamayadi va sohilda boshqa rayonlardagiga nisbatan o‘rtacha temperatura past bo‘ladi. Ekvatordan shimolda oqim ta’siri sezilmaydi va sohilni o‘rab turgan qirlarning yonbag‘irlariga janubi-g‘arbiy ekvatorial musson boshqa territoriyalarga nisbatan ko‘proq yog‘in olib keladi. Shimoliy yarimsharda yoz bo‘lgan oylarda yog‘in miqdori bir oz kamayadi, chunki bu davrda janubiy ekvatorial musson kuchsizlanib qoladi.
Janubi-sharqning quruq iqlimi dehqonchilik uchun va kishilarning hayoti uchun ancha qulay. Kongo tekisligining markazida esa iqlim doimo haddan tashqari sernam bo‘lganligidan kishilar hayoti uchun birmuncha noqulaydir. Atlantika sohilining ekvatordan janubida yog‘in juda kam yog‘adi va dehqonchilik sug‘orishni talab etadi.
Daryolarning ko‘pchiligi Kongo havzasiga kiradi. Bir qismi bevosita Atlantika okeaniga quyiladi. Kongo o‘z irmoqlari bilan tarmoqlanib ketgan murakkab sistemani hosil qiladi. Bu sistemaning ko‘p qismi janubiy yarimshardadir. Yassi tekislik va suvayirg‘ich platolarda daryolar xarakteri keskin farq qiladi. Platolarning daryolari va suv oqimi turlicha bo‘lgan sersuv sho‘x daryolar bo‘lib, ko‘pdan-ko‘p ostonalar va sharsharalar h.osil qiladi. Tor va chuqur vodiylar, shuningdek, muvozanat profilining hali to‘la shakllanmaganligi tog‘ massivlarining ko‘tarilishi, yaqin vaqtlarda eroziyaning kuchli bo‘lganligidan darak beradi. Yassi tekislikda esa suvlar yer yuzasini chuqur yorib kirmagan. Yaxlit vodiylar hosil bo‘lmagan va suv sathi eng baland davrda ham daryolar o‘zansiz yer yuzasida oqaveradi. Daryo suvlari ko‘paygan vaqtida toshib, katta maydonlarni suv bosadi va tekislikdagi ko‘pdan-ko‘p qoldiq ko‘llar bir-biri bilan qo‘shilib ketadi. Kongo daryosi o‘rta oqimida ko‘pdan-ko‘p orollar va shoxobchalar bilan birgalikda o‘zanining kengligi 20 km ra yetadi. Toshqin vaqtida juda katta ichki havza hosil bo‘lib, unga yirik irmoqlar va Tumbahamda Maindombe ko‘llari qo‘shilib ketadi. Toshqin tugagandan keyin ana shu suv havzasi o‘rnida katta botqoqliklar hosil bo‘lib butun yil davomida qurimaydi. Kongo va uning irmoqlarining ayrim qismlaridagina kema qatnaydi, shunga qaramasdan ularning transportdagi ahamiyati katta, chunki aholi siyrak yashaydigan rayonlarda daryolar yagona aloqa yo‘llari bo‘lib hisoblanadi.
Daryolarning kema qatnamaydigan qismlari atrofiga temir yo‘llar qurilgan.

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish