Byudjet daromadlari – bu davlat byudjet tizimning byudjetlariga qonun hujjatlarida belgilangan beg‘arazlik va qaytarib bermaslik tartibida kelib tushadigan pul mablag‘lari. Byudjet daromadlari soliq va soliqsiz daromadlardan iborat, shuningdek ularga beg‘araz pul o‘tkazmalari ham kiradi.
Qonunchilikda nazarda tutilgan, boshqa soliq to‘lovchilarga nisbatan ayrim toifadagi soliq to‘lovchilarga beriladigan afzalliklar, shu jumladan soliq va (yoki) boshqa majburiy to‘lov to‘lamaslik yoxud ularni kamroq miqdorda to‘lash imkoniyati soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar deb e’tirof etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti daromadlari ikki qismdan iborat: davlat maqsadli jamg‘armalari hisobga olinmagan daromadlar va davlat maqsadli jamg‘armalari daromadlari.
ijtimoiy jamg‘armalarga majburiy to‘lovlar (yagona ijtimoiy to‘lov; fuqarolarning byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari; byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmalar);
Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy to‘lovlar (Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar; Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘imlar);
davlat boji;
bojxona to‘lovlari;
ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im.
O‘zbekistonda korxonalarning alohida toifalari uchun soliq solishning maxsus tartibi belgilangan bo‘lib, ular soliq solishning soddalashtirilgan tartibini nazarda tutadi.
Davlat byudjeti xarajatlari – bu davlat o‘z funksiyalari va vazifalarini bajarish uchun byudjetdan yo‘naltiradigan pul mablag‘lari oqimlari qanday davlatda bo‘lganidek, O‘zbekistonning davlat byudjeti xarajatlari ham quyidagi asosiy xarajatlar bloklarini o‘z ichiga oladi: ijtimoiy maqsadlar xarajatlari; iqtisodiyot xarajatlari; ijtimoiy infratuzilma, qishloq xo‘jaligi va uy-joy kommunal sektorini rivojlantirishga yo‘naltiriladigan markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari; boshqaruvga xarajatlar; milliy xavfsizlik va ichki huquq-tartibotni ta’minlash xarajatlari; tashqi iqtisodiy faoliyat uchun xarajatlar; davlat qarziga xizmat ko‘rsatish xarajatlari.
Har qanday davlatning iqtisodiyot va siyosatidagi xususiyatlari uning xarajatlari ustuvorliklarida ham aks etadi. O‘zbekistonda ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishning ustuvorliklaridan kelib chiqqan holda har yili mamlakatning soliq va byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari belgilanadi va ular davlat byudjetini ishlab chiqishda asos sifatida xizmat qiladi.
Mustaqil O‘zbekistonning umumiy taraqqiyot davri davomida byudjet xarajatlari ustuvor darajada ijtimoiy va iqtisodiy sohalarga sarflangan va sarflanib kelinmoqda.
Masalan, 2018 yilda barcha byudjet xarajatlarining 59% (maqsadli jamg‘armalarning xarajatlarini hisobga olmaganda) ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi. Buning tarkibida ta’lim, sog‘liqni saqlash, fan, madaniyat, sport, ijtimoiy ta’minot tizimlarining faoliyatini moliyalashtirish orqali ijtimoiy-madaniy tadbirlarni amalga oshirish xarajatlari (48,7%), shuningdek aholi turmush darajasini oshirishga yo‘naltirilgan xarajatlar (10,7%), shu jumladan ko‘p bolali oilalarga har oyda beriladigan nafaqalar va moddiy yordamlar, bolalikdan nogironlarga nafaqalar va boshqalar katta o‘rin egallaydi.
Byudjetning iqtisodiyotga xarajatlariga alohida xo‘jalik sub’ektlarini va milliy iqtisodiyot sektorlarini qo‘llab-quvvatlashga xarajatlar, shu jumladan qishloq va suv xo‘jaligi; uy-joy ekspluatatsiya xo‘jaligi; shaharlarni obodonlashtirish, vodoprovod, kanalizatsiya va boshqalarga xarajatlar kiradi.