Reja; Kirish. Chizmachilik fanida qo'llaniladigan didaktik o'yinlar. Fazoviy tasavvurni oshirishda qo'llaniladigan metodlar mavzuni o’qitishda didaktik o'yinlardan foydalanib o'qitish metodi. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


Didaktik o'yinlardan foydalanib o'qitish metodi



Download 4,67 Mb.
bet4/5
Sana07.07.2022
Hajmi4,67 Mb.
#752152
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 5222182900492932342

Didaktik o'yinlardan foydalanib o'qitish metodi.
Agar o’qituvchining tayyorgarligi, ya‘ni uning bilimdonligi hamda pedagogik mahorati doimo talab darajasida hamda o’quvchining qiziqishi, diqqatini jamlashi va eslab qolishi doimo yuqori darajada bo’lganda edi, ta‘lim-tarbiya jarayonida istalgan usuldan foydalanganda ham yuqori natijaga erishish mumkin edi. Lekin bu ko’rsatkichlar tez o’zgaruvchan bo’lib, pedagogik jarayonni ana shu o’zgarishlarni hisobga olgan holda olib borish eng zarur shartlardan hisoblanadi. Aks holda ta‘lim-tarbiya jarayonidan ko’zlangan maqsadga erishib bo’lmaydi.
Geometrik sirtlarning modellarini penoplast yoki yog’ochdan yasash qulaydir. Shunda ulardagi teshik, o’yiq, ariqcha kabi elementlarni yasash osonlashadi. Ana shu ijodiy loyihalash o’yinini boshlashdan oldin o’qituvchi tanlangan detalning ko’rinishlarini geometrik sirtlarga ajratib, o’quvchilarning yordami va mehnat o’qituvchisining hamkorligida ularning modellarini yasashi mumkin.Ta‘lim jarayonida turli xil didaktik o’yinli texnologiyalar bilan o’quvchilarning shu fanga qiziqtirish, o’quvchilarimizning salohiyatlarnini rivojlantirishga erishishimiz mumkin ekan. Shuningdek yuqorida aytib o’tilgan o’yinga berilib ketib darsni o’yin qilib o’tkazib qolmasdan ta‘lim-tarbiyani tartib intizomni saqlagan holda darsning samarali yo’llarini rivojlantirishimiz kerak.Talablar darajasida o’qimayotgan o’quvchilar soni ko’pchilikni tashkil etishi – hozirgi eng tashvishli masalalardan biridir. O’z-o’zidan buning sababi nima? – degan savol tugiladi. Balki o’qituvchilarning aybi bilan maktabdagi o’qitish ishlari qoniqarsiz ahvolga tushib qoldimi? Yоki bu hol bolalarning eng qiyin «o’tish davri»dagi o’zgarishlarini hisobga olmaslikning natijasidir?
Bolalarning «o’tish davri» shveytsariyalik psixolog Jan-Piaje (1876-1980) ning fikricha, ularda obekt va umuman borliq haqida mavhum fikrlashning etilishi bilan xarakterlanadi. Bola hayotining barcha tomonlariga, uning hissiyotiga fikrlash faoliyatining murakkablashishi tasir ko’rsatadi.
Amerika psixologi Stenli Xoll (1884-1923) tabiri bilan aytganda mazkur davr bolaning ichki va tashqi ziddiyatlari kuchaygan davri bo’lib, unda o’ziga xoslik vujudga keladi.Boshqa Amerikalik psixolog Erik Erikson (1902-1981) «Bolada o’z maqsadiga erishish yo’lida «ishbilarmonlik» va «tasirchanlik» sezgilari paydo bo’ladi. Bu yonida mehnatga munosabatning asosi tarkib topadi» deydi.«O’tish davri»dagi bolalarda xayolparastlik xususiyati boshlanadi. U tevarak-atrofdagi turli hodisalar sababini bilishga intiladi. O’z ichki ehtiyojini qondirish maqsadida har-xil rejalar tuzadi va o’zining psixik holatlarini sezmaydi. Agar u xafa bo’lsa, bunga atrofdagi muhitni sababchi qilib ko’rsatishga urinadi.
O’quvchilarning «o’tish davri»dagi har-xil qiliklarini hisobga olib tashkil qilingan talimning samaradorligi ortadi. Bunda o’quvchilarning psixik o’zgarishlariga mos didaktik metodlarni qo’llab, yaxshi natijalarga erishish mumkin.Bolalarda 12-13 yosh «o’tish davri»ning eng qiyin payti yani pallasi hisoblanadi. SHu yoshda bolalarga chizmachilikdan dars beradigan o’qituvchilar ishini osonlashtirish, o’quvchilarning darslardagi faolligini oshirish maqsadida Ushbu didaktik o’yinlar qo’llanmasi tuzildi. Chunki metodika va pedagogik psixologiyada o’quv ishlarining eng yaxshi usullarini tanlashga, talim jarayonida o’quvchilar bilish faoliyatini kuchaytiradigan omillardan foydalanishga kata ahamiyat berilmoqda.
Darsda o’quvchilar faoliyatining xilma-xilligini taminlash ko’p o’quv predmetlari qatori chizmachilik o’qitish metodikasining ham diqqat markazidagi vazifalardan biri bo’lib qoldi. Grafik ishlar o’ziga xos xususiyati, o’qishga doir bilim va malakalar hajmi va texnikada taalluqli sistemalashtirilgan bilimlar bilan xarakterlanadi.
Kuzatishlardan malum bo’lishicha, o’qituvchilar chizmachilikning grafika sohasiga jiddiy qarab, chizmani o’qishga kam etibor bermoqdalar. SHunga ko’ra chizmachilik darslarining to’rtdan uch qismi grafik ishlarni bajarish bilan o’tadi. Psixologik tadqiqotlardan ayonki, hadeb bir xil ishni bajarish insonning miyasiga salbiy tasir qiladi va charchashni keltirib chiqaradi.
N .V.V.Stepakova o’quvchilarning bir darsdagi ish qobiliyatlarini tekshirib, ular dastlabki 10-15 daqiqada 10 ta so’zdan 9 tasini eslab qolishini, yani 90% o’zlashtirishini, keyingi 5 daqiqada Yаngi bilimlar ololmasligini va eski bilimlar bilan ishlashni navbatdagi 20-25 daqiqada 10 ta so’zdan 6 tasini esda saqlashni yani 60% o’zlashtirishni aniqlagan. Anna shu tadqiqot natijalariga ko’ra chizmachilik bo’yicha didaktik o’yinlarni darsning 15-20 daqiqasidan keyin 5-6 daqiqa o’quvchilarning ishini almashtirish va faolligini o’tilayotgan mavzuga qaratish maqsadida o’tkazish mumkin.
Bu didaktik o’yinlar bir mavzudan ikkinchi mavzuga, bita grafik tushunchadan ikkinchisiga o’tishda «ko’prik» vazifasini bajarish lozim.
Didaktik o’yinlarni tuzishda har bir darsni muayyan bo’laklarga ajratib, o’zlashtirilishi shart bo’lgan tushuncha va ko’nikmalarni belgilab chiqish, so’ngra dars bosqichlariga tegishli o’yinni oldindan rejalashtirib qo’yish va u darsningumumiy yo’nalishiga uygunlashib ketishi kerak. SHundagina mazkur o’yinlar bolalarning grafik savodxonligiga ijobiy tasir ko’rsatishi mumkin.
Kеyingi yillarda ilg’or o’qituvchilar tajribasida didaktik o’yinlardan ta'lim mеtodlari sifatida foydalanish odat tusini olib bormoqda. Didaktik o’yinlarning samaradorligi shundaki, ular vositasida o’quv-tarbiya ishlari hayotga yaqinlashtiriladi, shuningdеk, ularning har birida bilimlarni Og’zaki bayon etish, ko’rgazmali, amaliy mеtodlarning elеmеntlari qo’llaniladi. Shu xususiyatlariga ko’ra didaktik o’yinlar sintеtik xaraktеrga ega. Ularning quyidagicha turlari mavjud:
Stimulyativ o’yin-ta'limni hayotda bo’lib o’tgani ijtimoiy voqеalarga tеnglashtirish, ularga muqoyasa qilib tashkil etish va boshqarish mеtodidir. Bu o’yindan tarix, gеografiya darslarida unumli foydalaniladi; bir o’qituvchi Amir Tеmur, boshqasi Boyazid, qolganlari sarkardalar, askarlar rolida ishtirok etadi, shu yo’l bilan ta'lim bo’lib o’tgan tarixiy voqеaga muqoyasa qilib tashkil etiladi.Stimulyativ o’yinlarning bir ko’rinishi instsеnirovka (rollarga ajratib o’qish) mеtodidir. Boshlang’ich sinflarda badiiy mantlar, yuqori sinflarda badiiy asarlarni rollarga ajratib o’qtish an'anasi maktablarimiz tajribasida uzoq tarixga ega. Adabiyot o’qituvchilari «Tuya bilan bo’taloq« asarini o’qitganda bir o’quvchi yozuvchi ikkinchi o’quvchi tuya, uchinchisi esa bo’taloq so’zlarini o’qib ta'limda ishtirok etishadi.Stimulyativ o’yinlar ham asta-sеkin maktab tajribasida o’z o’rnini olib bormoqda. Mеhmon kutish, kasalni davolash, xarid qilish kabi turli hayotiy vaziyatlar mohiyatidan kеlib chiqib, ta'limni tashkil etish va boshqarish situativ o’yinlar sirasiga kiradi.
Amaliy mеtodlar.
Ta'limning amaliy mеtodlarida o’qituvchi va o’quvchining o’zaro ta'siri bolalar oldiga qo’yiladigan topshiriqlar hamda ularni qabul qilish shaklida amal qiladi.
Amaliy mеtodlarning quyidagicha turlari mavjud:Laboratoriya tajribasi amaliy mеtod bo’lib, ular turli ko’rinishlarga ega: kimyodan va boshqa tabiiy o’quv fanlaridan yoppasiga laboratoriya mashg’uloti, fizikadan o’quv praktikumi, yoppasiga kuzatish kabi ish turlari mashg’ulotning bir qismini oladi, ba'zan ularga bir nеcha o’quv soatlari ajratiladi.
O’quv ustaxonasida turli topshiriqlarni bajarish, o’quv-ishlab chiqarish sеxida, o’quvchilar brigadasida ishlash ham amaliy mеtodlar sirasiga kiradi. O’quvchilar turli mеhnat qurollaridan qaychi, pichoq, chizg’ich, sirkul va sh.j.dan foydalanib qirqish, o’lchash kabi ishlarni bajaradi.
Elеktron hisoblash mashinalari, ovozni yozib olish va eshittirish apparatlari bilan ishlash, o’quv matеriallari asosida kompyutеrlarda dasturlar tuzish amaliy mеtodlarning yangi turlari sanaladi.Amaliy mеtodlarning eng qadimiy turi mashqdir. Mashq-o’rganilgan bilimlarni turli o’quv sharoitlariga tatbiq etish yo’lidir. Mashq vositasida turli malakalar-intеluktual va aqliy, xususiy (masalan, matеmatika bo’yicha) va umumiy (masalan, barcha o’quv fanlariga oid) malakalar tarkib toptiriladi.Mashq o’quv topshiriqlari asosida o’tkaziladi. Uni bajarishda quyidagicha bosqichlarga rioya qilinadi.
1-bosqich: mashqni bajarishda foydalaniladigan bilim, faoliyat mеtodllarini esga tushirish. Bilimlarni esga tushirish bu xotiraning oddiygina ishi emas. Bu jarayon topshiriqni bajarishga oid bilimni esga tushirish, uni bilimlar orasidan ajratib olish, ajratilgan bilimni tahlil etish, uni o’quv sharoitiga tatbiq etishni tasavvur qilish kabi aqliy ishlarni taqazo etadi.
2-bosqich: Ajratilgan bilimni, faoliyat mеtodini mashqda bеrilgan holatga tatbiq etish. Bilimni, faoliyat mеtodini tatbiq etish jarayonida o’rganilgan bilimlar ongda mustahkamlanadi, malakalar takomillashadi.
3-bosqich: Bu bosqichda topshiriqning bajarilishi tеkshiriladi, mashq qilish jarayonidagi yutuq va kamchiliklar baholanadi, mashq qilish asosida xulosalar chiqariladi.O'quv materiaiini og'zaki bayon qilish metodi bayon qilinayot-gan ma'lumotlarning to'g'ridan to'g'ri ta'lim beruvchining jonli nuqti orqali idrok qilinishi bilan tavsiflanadi va ana shu xususiyatiga ko'ra ta'limning boshqa metodlaridan farq qiladi.Ta'limning ko'rgazmalilik metodidan amaliy faoliyatda foy-dalanishda namoyish etish, tasvirlash va ekskursiya metodi bilan ish ko'rishda ta'lim oluvchilarni turli mavzularda tasviriy materiallar bilan ishlashga jalb etish muhim didaktik ahamiyatga ega.
Amaliy mashg'ulotlar metodi, asosan o'zlashtirilgan iJmiy bilim-larni mustahkamlash va uni amalda qo'llay olish, tegishli ko'nikma va malakalarga ega bo'lishni ta'minlashga xizmat qiladi.Mashq qildirish metodi o'quv predmetlarining mazmuni va tav-sifiga qarab turlicha olib borilishi mumkin. Ta'lim oluvchilarning o'zlashtirgan ko'nikma va malakalarini mustahkamlash va ularning ijodiy qobiJiyatlarini rivojlantirishda mashq qildirish lozim.Laboratoriya metodi. Bu ta'lim jarayonida ta'lim oluvchilarga atrofni o'rab turgan obyektiv borliqdagi narsa va hodisalar, ularning shakli, hajmi, tarkibi, tuzilishi, o'zgarishi va rivojlanishi qobiliyatlari haqida yangi-yangi bilimlar berish, o'zlashtirayotgan ilmiy bilimlarni mustahkamlash hamda tegishli ko'nikma va malakalar bilan qurollan-tirishda muhim ahamiyatga ega.
Laboratoriya metodi o'z xususiyatiga ko'ra quyidagicha turlarga va shakllarga bo'linadi .
1-shakl. Laboratoriya mashg'ulotlarining turlari va shakllari.
Ta'lim vositalari. Ta'lim jarayonida qo'llaniladigan vositalar ta'lim samaradorligini sezilarli darajada oshirishga xizmat qiladi. O'qitishning asosiy vositalari - bu asosiy o'quv mazmuniga ega bo'igan rejalar, o'quv dasturlari, darslik va o'quv qoilanmalari. O'qitishning qo'shimcha vositalari - bu ta'lim oluvchilardagi bilim, ko'nikma va raalakalarni shakllantiruvchi masalalar, mashqlar to'plami, ma'lumotnomalai; tarqatma materiallar, ko'rsatmali va ko'rgazmali vositalar, disketlar, EHM va boshqalar. O'qitishni takomillashtiruvchi dastur vositalari — bu mutaxassislar guruhi tomonidan ishlab chiqilgan va predmetdagi tegishli mavzular bo'yicha dars jarayonini takomillashtirishga imkon beruvchi intellektuallashtirilgan dasturlar va uni amaliyotga joriy etishga sharoit yaratuvchi dasturiy-texnik vositalar.
Sharq mutafakkirlarining didaktik qarashlarida ham ta'lim metod­lari masalasiga jiddiy e'tibor qaratilgan. Buni al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sinolarning turli ta'lim metodlari haqidagi fikrlari, qarashlari, amal qilgan ta'lim yo'nalishlarida yaqqol sezish mumkin. Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy o'zigacha boigan ta'lim metodlarini sintezlashtirishga harakat qilgan. Barcha mutafakkirlar kabi u ham ko'rgazma-tajriba metodlari, savol-javob metodlari, mala-ka va ko'nikmalarai shakllantirish metodlari, bilimlarni sinash metod-laridan keng foydalanilgan. Al-Xorazmiy matematika fanining amaliy ahamiyatini yuksak cho'qqilarga ko'tara oldi. Uning buyuk ixtirolaridan biri - «0» (nol) sonini yaratishi va bu orqali uning fanga kiritgan buyuk kashfiyoti o'nli pozitsion sanoq sistemasining iste'molga kiritilishidir.
Abu Nasr Forobiy ta'limda barcha fanlarning nazariy asoslari o'rganilsa, tarbiyada ma'naviy-axloqiy qoidalar, odob me'yorlari o'rganiladi, kasb-hunarga oid malakalar hosil qilinadi, deb o'qtiradi. Bular tarbiyachilar va murabbiylar tomonidan turli metodlar yordamida amalga oshiriladi. Forobiy ta'lim-tarbiya ishlarini nazariy yo'l bilan amalga oshi-rishga ko'proq e'tibor beradi. Shuning bilan birga u ta'lim-tarbiyada rag'batlantirish, odatlantirish va vaqti kelganda majbur etish metodla-ridan foydalanish g'oyalarini ham ilgari surgan. U matematika, mantiq, tibbiyot, ilmi nujum, musiqa, huquq, tilshunoslik, poetika kabi sohalar bilan shug'ullangan, turli tillarni o'rgangan. Manbalarda yozilishicha, u 70 dan ortiq tilni bilgan.
Abu Rayhon Beruniyning ilmiy bilimlarni egallash yo'llari, usullari haqidagi fikrlari hozirgi davr uchun ham dolzarbdir. Uning fikricha, ta'lim oluvchilarga ta'lim berishda quyidagilarga e'tibor berish kerak:
- ta'lim oluvchilarni zeriktirmaslik;
- bilim berishda bir xil narsani yoki bir xil fanni o'rgatavermaslik
kerak - bu dars jadvaliga qo'yilgan talablardan biri;
-uzviylik va izchillik;
-tahlil qilish va taqqoslash;
-takrorlash;
-materialni ko'rgazmali bayon etish va shu kabilar.
Abu Ali ibn Sino ta'lim oluvchilarni jamoa qilib o'qitishni ta'kidlaydi. U ta'lim oluvchilarni o'qitishda ularni birdaniga kitob bilan band qilib qo'ymaslik kerak, deb o'qtiradi. Shuningdek, olimning fikricha, olib boriladigan o'quv mashg'ulotlarning mazmun-mohiyati ta'lim oluvchilarning yosh xususiyatlariga ham mos kelishi va unda turli xil ta'lim metodlari va shakllaridan foydalanish zarur. Bu orqali ta'lim oluvchilaridagi zerikishning oldi olinadi. Ibn Sino ta'limoti bo'yicha bilishda qaysi metodlardan foydalanil-masin-u og'zaki ifodalash, bilimlarni tushuntirish, turli ko'rinishdagi suhbatni tashkil etish, tajribalarni uyushtirish bo'ladimi; baribir, ta'lim oluvchida haqiqiy bilim hosil qilish, mustaqil, mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, olgan bilimlarni amaliyotga tadbiq eta olish qobiliyatini tarkib toptirish asosiy maqsad bo’lgan.

Ta’lim-tarbiya jarayoniga innovatsion yondashish o‘quvchilarda yangi tajriba egallashga intilishni rivojlantiriah, ijodkorlik va tanqidiy fikrlashni ular ongiga singdirish, tafakkur qilish orqali zamonaviy fikrlash, kelajakka intilishni tarbiyalash tushuniladi.
Hozirgi kunda ta’lim jarayonida o‘qitishning zamonaviy metodlardan qo‘llanilmoqda. O‘qitishning zamonaviy metodlarini qo’llash o‘qitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi. Bu metodlarni har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib, o‘rganib tanlash maqsadga muvofiq bo‘ladi. An’anaviy darsni saqlab qolgan holda uni o‘quvchilar faoliyatini faollashtiradigan turli-xil metodlar bilan boyitish o‘quvchilarning o’zlashtirish darajasi o’sishiga olib keladi.O‘quvchilarni chizmalarni o‘qishga o‘rgatishni tezlashtirish uchun quyida, didaktikali innovatsion pedagogik texnologiyalar taklif etiladi. Ushbu taklif etilayotgan interfaol metodlar bir mavzudan ikkinchi mavzuga, bitta grafik tushunchani ikkinchisiga o‘tishni ta’minlaydi юMavzularni osonroq va chuqurroq egallashga yordam beradi hamda o‘quvchilarni dars jarayonini diqqat bilan kuzatishga undaydi. Bunda o‘quvchilarning psixik o‘zgarishlariga mos turli innovatsion didaktik metodlarni qo‘llab, ko‘zlangan natijalarga erishish mumkin. Fanlarni o‘qitish jarayonida interfaol metodlardan foydalanish o’ziga xos xususiyatga ega.
O‘qituvchi o‘quvchilarning psixologiyasiga aynan interfaol metodlardan foydalanib darslarni tashkillashtirsa, har bir darsida ko‘zlagan maqsadiga erishishi mumkin. Bordiyu bu ishga loqaydlik bilan qarab mashqlarni sust va zavqsiz o‘tkazsa, o‘quvchilarning qiziqishi yo‘qoladi .Interfaol metodlar qo‘llanilishidan maqsad shundaki, bunda o‘quvchilarning o‘tilgan mavzularni oson o‘zlashtiradi va ta’lim jarayonining faol ishtirokchisiga aylanadi.
Ta’lim jarayonida o’yinli texnologiyalar didaktik o’yinli dars shaklida qo’llaniladi. Ushbu darslarda o’quvchlarning bilim olish jarayoni o’yin faoliyati orqali uyg’unlashtiriladi. Shu sababli o’quvchlarning ta’lim olish faoliyati o’yin faoliyati bilan uyg’unlashgan darslar didaktik o’yinli darslar deb ataladi.
Inson hayotida o’yin faoliyati orqali quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:
- o’yin faoliyati orqali shaxsning o’qishga, mehnatga bo’lgan qiziqishi ortadi;
- o’yin davomida shaxsning muloqotga kirishishi ya’ni, kommunikativ – muloqot madaniyatini egallashi uchun yordam beriladi;
- shaxsning o’z iqtidori, qiziqishi, bilimi va o’zligini namoyon etishiga imkon yaratiladi;
- hayotda va o’yin jarayonida yuz beradigan turli qiyinchiliklarni yengish va mo’ljalni to’g’ri olish ko’nikmalarining tarkib topishiga yordam beradi;
- o’yin jarayonida ijtimoiy normalarga mos xulq-atvorni egallash, kamchiliklarga barham berish imkoniyati yaratiladi;
- shaxsning ijobiy fazilatlarini shakllantirishga zamin tayyorlaydi;
- insoniyat uchun ahamiyatli bo’lgan qadriyatlar tizimi, ayniqsa, ijtimoiy, ma’naviy-madaniy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o’rganishga e’tibor qaratiladi;
- o’yin ishtirokchilarida jamoaviy muloqot madaniyatini rivojlantirish ko’zda tutiladi.
Didaktik o’yinli mashg’ulotlarni o’quvchlarning bilim olish va o’yin faoliyatining uyg’unligiga qarab: syujetli-rolli o’yinlar, ijodiy o’yinlar, ishbilarmonlar o’yini, konferentsiyalar, o’yin-mashqlarga ajratish mumkin.
O’qituvchi-pedagog avval o’quvchlarni individual (yakka tartibdagi), so’ngra guruhli o’yinlarga tayyorlashi va uni o’tkazishi, o’yin muvaffaqiyatli chiqqandan so’ng esa, ularni ommaviy o’yinlarga tayyorlashi lozim. CHunki o’quvchlar didaktik o’yinli mashg’ulotlarda faol ishtirok etishlari uchun zaruriy bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’lishlari, bundan tashqari, guruh jamoasi o’rtasida hamkorlik, o’zaro yordam vujudga kelishi lozim.

Xulosa.
Didaktikaning shakllanishi va uning tarixiy taraqqiyoti. Inson zoti borki, u o‘z faoliyatida ma’lum darajada hayot va turmush tajribasini orttirib, bu tajribani o ‘zidan keyingi avlodlarga o‘tkazib ketadi. Odamlar o‘z hayot tajribasini keyingi avlodlarga qoldirishni turlicha xarakter va usullarda amalga oshiradilar. Buni «turmush va hayot darsi» deyishadi. Kishilik jamiyati rivojlanishi bilan odamlar juda oddiy bo‘lsada, mehnat qilishga kirishdilar. Asta-sekin o‘g‘il bolalarga ov, jang qilish, baliq ovlash; qiz bolalarga esa taom tayyorlash, idish-tovoq yasash, kiyim-kechak tikish kabi mehnatlar o‘rgatiIadigan bo‘ldi. Ibtidoiy jamoa davrida taibiya aqliy va jismoniy turlarga bo‘lingan. Hukmron sinf bolalariga aqliy tarbiya berildi. Bunday aqliy tarbiya maxsus maktablarda amalga oshiriladigan bo‘ldi.
Didaktika taʼlim usullari muammosini ham qamrab oladi. Oʻqituvchi biror predmet boʻyicha oʻquvchilarning tizimli bilim olishini taʼminlash maqsadi sari intilar ekan, maʼlum ishlarning bajarilish namunasini koʻrsatadi. Ayni vaqtda, u taʼlimning barcha bosqichlarida uquvchining faolligi va mustaqilligini taʼminlaydi. Oʻquvchilar oʻqituvchi rahbarligida tajriba va kuzatuvlari asosida yangi bilimlarni oʻzlashtiradi. Ularga chuqur va mustaqil oʻzlashtirishlari, oʻrgangan bilimlarini amaliyotda ijodiy qoʻllashlari uchun maxsus topshiriqlar beriladi.




Download 4,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish