Reja: Kirish Buxoro tarixining o’rganilishi



Download 28,35 Kb.
bet1/3
Sana13.07.2022
Hajmi28,35 Kb.
#786980
  1   2   3
Bog'liq
buxoro2500


Mavzu: Buxoro shahrining 2500 yilligining nishonlanishi
Reja:
1.Kirish
2.Buxoro tarixining o’rganilishi
3.Buxoro 2500 yilligining nishonlanishi haqidagi qaror qabul qilinishi
4.Xulosa

Kirish
O’zbekistonning janubiy-gʻarbida, Zarafshon daryosi quyi oqimida joylashgan Buxoro shahri turk-islom sivilizatsiyasida muhim o'rin tutadi.
Tarixda Ipak yo'li orqali Sharq va G'arbni bog'laydigan madaniyat, din va savdo-sotiqning kesishgan nuqtasi bo'lgan Buxoro o'zining tarixiy va madaniy boyligi bilan ko'z qamashtiradi.
Asrlar davomida O'rta Osiyoda turkiy davlatlarning siyosiy va madaniy markazlaridan biri bo'lgan Buxoro o'zi tayyorlagan olimlar bilan "Islom gumbazi" nomini olgan dunyodagi uch shahardan biri hisoblanadi.
Bugungi kunda Buxoroda davlat muhofazasida bo'lgan 700 ga yaqin tarixiy va madaniy meros asarlari mavjud. 1997 yilda 2500 yilligini nishonlagan Buxoro 1993 yilda BMTning Ta'lim, fan va madaniyat masalalari bo'yicha tashkiloti (YUNESKO) tomonidan Jahon merosi ro'yxatiga kiritilgan.
Tarixiy yodgorliklari, ko'plab bog'lari bilan ochiq osmon ostidagi muzey bo’lgan ushbu shaharning nomi "qal'a" degan ma'noni anglatuvchi "vihara" so'zidan kelib chiqqan deb taxmin qilinadi.
Buxoro o’rta asr me’morchiligining noyob namunalariga boy: Ark qal’asi, Poi Kalon ansambli, Labihovuz ansambli, Ulug’bek madrasasi, Bolohovuz ansambli, Somoniylar maqbarasi, Chashmai Ayub maqbarasi, Abdullaxon madrasasi, Baland masjidi, Xoʻja Zaynuddin majmuasi, Ko‘kaldosh madrasasi, Nodir Devonbegi madrasasi, Nodir Devonbegi xonaqohi, Abdulazizxon madrasasi, Chor Minor va boshqalar.
Buxoro tarixining o’rganilishi
Buxoro – vohadagi shahar, cho‘lning qoq o‘rtasida joylashgan eng yirik aholi punktidir. Bir vaqtlar Buyuk Ipak yo‘lida joylashgan shahar eng qadimgilardan biri bo‘lib, uning tarixi 2500 yildan oshadi.
Buxoro o‘zida qadimiy urf-odatlarning ko‘p asrlik tarixini Islom dini bilan mujassamlashtirdi. Hayratlanarli darajada donolik, muqaddaslik va ta’lim berish muhitiga ega bo‘lgan shahar. Bir marta ushbu shaharda bo‘lganingizda, o‘zingizni go‘yo boshqa dunyoda va boshqa sayyorada bo‘lgandek his etasiz. Madaniy, diniy, etnik sivilizatsiyalarning betakror aralashuvi Buxoroni unutilmas taassurotlar shahriga aylantirdi.
Buxoro viloyati hududida zardushtiylar, xristianlar, yahudiylar, buddistlar yashagan. 9-asr oxirida Buxoro O‘rta Osiyodagi eng muhim Islom va madaniyat markazlaridan biriga aylandi. Bir necha asrlar davomida bu yerga sayohatchilar, ziyoratchilar, va’zxonlar, tadqiqotchilar kelishgan. Buxoro – ilmiy, diniy va falsafiy bilimlar makonidir.
Bu yerda o‘z davrining din arboblari va ilg‘or insonlari yashab, tahsil olishgan: Alisher Navoiy, Abu Ali ibn Sino, Al Buxoriy va boshqalar respublikaning haqiqiy boyligiga aylangan. Ular tasavvuf ma’naviy va falsafiy ta’limotlarining eng taniqli tarafdorlari edilar. Bu zaminda ular haqida xotiralar saqlanib qolgan. Ular moddiy va nomoddiy yodgorliklarni yaratdilar, kashfiyotlar qildilar, aql bovar qilmaydigan darajada go‘zal madrasa va masjidlarini qurdilar.
Birinchi tarixiy yozuvlar X asrda Narshaxiy tomonidan "Buxoro tarixi"da yozilgan. U o‘z asarida hozirgi kunda ham ko‘rish mumkin bo‘lgan qadimiy Ark qal’asini tasvirlab bergan. Samarqand singari Buxoro ham ko‘p asrlar davomida bitta bosqinchidan boshqasiga o‘tgan. Buxoroning har bir fuqarosi o‘z hukmdorlarini yaxshi eslaydi va biladi.
Iskandar Maqduniy zabt etganidan keyin bu yerda Yunon-Baqtriya davlati shakllandi. Keyinchalik Kushon, Eftaliylar davlati, Turk xoqonligi, Arab xalifaligi, Somoniylar, Qoraxoniylar, Qoraxitoylar va Xorazmshohlar davlatlari vujudga keldi.
XIII asrda mo‘g‘ullar istilosi ro‘y berdi. Afsonaga ko‘ra, Chingizxon Buxoroni zabt etib, uning asosiy minorasi Poi-Kalonni ko‘zdan kechirish uchun u tomon yo‘l olgan. U boshini ko‘taradi va jang dubulg‘asi boshidan tushib ketadi. Bosqinchi unga engashib, so‘ng jilmayib: "Men Buxoroni zabt etdim, lekin minorasi oldida egildim", – deb aytadi va minorani buzmaslik haqida buyruq beradi.
Amir Temur va Temuriylar hukmronligi davrida Buxoro gullab-yashnadi. Bu davrda shahar jannat bog‘iga aylandi. Endi bu muqaddas Buxoro yoki Buxoroi sharifdir.
XVI asrdan XX asrning boshlariga qadar Buxoro xonlikning poytaxti bo‘lgan. Bu yerda Shayboniylar va Ashtarxoniylar singari mashhur sulolalar hukmronlik qilgan. Bu vaqtda shahar o‘zining maksimal rivojlanishiga erishdi. Bu yerda ilmiy bilimlar va madaniy hayot rivojlandi. Shahar zamonaviy ko'rinishga ega bo‘ldi. Hozirgacha bizni hayratga soladigan yirik me'moriy ansambllar va majmualar qurildi. Buxoro tarixida ilm-fan taraqqiyoti va rivojlanish jarayonida juda katta o’zgarishlar va yutuqlarga erishildi. Ayniqsa, arxeologik tadqiqotlar Buxoroning qadimiyligi va stivilizastiya jarayonlarining tarixi qaytadan keng o’rganildi. O’zbekiston YUNESKO ga a’zo bo’lganidan keyin, Buxoroning qadimiy yodgorliklari va madaniy obidalariga e’tibor ya’nada oshdi va tadqiqot ishlari jonlantirildi. Arxeologik obektlarga innovastion nuqtai nazardan yondashildi. Tarixdan ma’lumki insoniyatning madaniy va ma’rifiy jihatdan rivojlangan maskani bu ilk shaharlardir. Buxoroning eng qadimgi shaharlaridan biri bo’ Poykentdir. Arxeologik ma’lumotlarga qaraganda bu hududda insoniyat bronza davridan boshlab yashay boshlagan. O’zbekistonda ikkinchi jahon urushi yillarida FAning filialining tashkil etilishi Arxeologik tadqiqotlarning Buxoroda va ayniqsa, Poykentda ishlari keng olib borilgan. Jumladan, 1940 yil Ermitaj muzeyining ilmiy xodimlari A.Yu.Yakubovskiy, V.N.Kesaev va V.A.Shishkin Poykentning topografik xaritasini yaratdilar. 1980 yillarda O’z FA Arxeologiya institutining etakchi ilmiy xodimi A.R.Muhammadjonov, J.Mirzaahmedovlar va Ermitajning ilmiy xodimi G.L.Semyonov ishtirokida Poykentda qazishmalar o’tkazildi.1990-2000 yillarda O’zbekiston-Rossiya qo’shma ekspedistiyasi Poykent shahar xarobalarini o’rganib, yillik hisobotlarni yozib qoldirdilar.2000-2002 yillarda Tayvan universiteti arxeolog aspirantlari Jon Stenli Beyker boshchiligida shaharning g’arbiy qismida izlanishlar olib bordilar.Poykentdagi uylar Varaxsha va Afrosiyob uylaridan farqli ravishda qurilganligini aniqladilar. 2002-2004 yillarda shaharning ark qismida B.Abdullaev va N.Sobirovlar izlanishlar olib bordilar. 2005 yilda besh vaqt nomoz o’qiladigan masjid topib o’rganilgan. Zamonaviy innovastiyalar yordamida keyingi o’n yil davomida Poykentda arxeologik izlanishlar samarasi sezilarli darajada amalga oshirildi. 2017 yil Germaniya tadqiqotlar va tajribalari bilan hamkorlikni yanada jonlantirdilar.Zamonbobo madaniyati Qorako’l tumanimarkazidan 15 km shimoliy-g’arbda joylashgan Zamonbobo (nomi shundan) ko’li sohilidagi makon (maydoni 170 m2) va qabriston (44 qabr) o’rganilgan. Qabristonda Ya.G’ulomov (1950-1951, 1953-1954), A.Askarov(1961, 1964) arxeologik qazish ishlari olib borgan. Qabilalar yarim yerto’la, yengil chaylalarda yashagan. Yerto’la o’tov shaklida, ustunlari chuqurchalarga o’rnatilgan.


Download 28,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish