2. BOB. Turkistonda sovet hokimiyatini o’rnatish g’oyatda murakkab jarayoni
2.1. Turkiston ishchi, askar va dehqon deputatlari sovetlarining III o’lka qurultoyi
Turkistonda sovet hokimiyatini o’rnatish g’oyatda murakkab jarayonda
kechdi. Buning boisi, avvalo, oktabr g’oyalarining mahalliy tub joy aholining dili va shuuriga botmaganligidadir. Negaki, bu zamin aholisi sotsialistik o’zgarishlar orqali hamma narsani umumlashtirish va milliylashtirishni, asrlar davomida shakllangan o’ziga xos turmush tarzini, yashash sharoitini, xo’jalik yuritish, idora qilish tartibqoidalarini bir lahzada tubdan o’zgartirishni xohlamasdi.
Binobarin, bu begona maslak va g’oyalar bolsheviklar firqasi va uning Turkistondagi yalovbardorlari tomonidan kuch va zo’rlik bilan o’lka xalqlariga majbur qilindi. Bu esa joylarda xalq qonining daryo yanglig’ to’kilishiga, mislsiz qurbonlar berilishiga sabab bo’ldi. Chunki bolsheviklar tuzumi tomoniga o’tishni xohlamagan, uning maqsad-mohiyatini yoqtirmagan ko’pchilik aholiga nisbatan o’lkaning ko’plab hududlarida ochiq-oshkor tarzda talon-torojlik, bosqin va xunrezliklar uyushtirdilar.
Aholini ma'naviy-ruhiy kamsitish, diniy e'tiqodini, islomiy qadriyatlarini tahqirlash, muqaddas qadamjolarni haqoratlash, diniy kitoblarni gulxanda yondirish — bular s6vet tuzumi zo’ravonlari uchun o’sha kezlarda odatiy tus bo’lib qolgandi. Aniq rasmiy ma'lumotlarga ko’ra, Farg’ona vodiysida sovet hokimiyatini o’rnatish chog’ida Marg’ilonda 7 ming, Andijonda 6 ming, Namanganda 2 ming,
Bozorqo’rg’on va Qo’qonqishloq (hozirgi Paxtaobod tumani) atroflarida 4,5 mingdan ziyod begunoh kishilar qirg’in qilingan. Bunday qirg’inlik Turkistonning boshqa shahar va qishloqlarida ham sovet hokimiyatini o’rnatish chog’ida sodir etildi.
Sovet hokimiyati dohiylari o’zlarining qator rasmiy dasturiy hujjatlari va
shiorlarida bor ovoz bilan olamga jar solib, barcha mazlum xalqlar, elatlarga huquqiy tenglik, o’z taqdirini o’zi belgilash, milliy davlatchiligini tuzish va mustaqil davlat sifatida ajralib chiqishga qadar ularning haqli, huquqli ekanligini e'lon qilgan edilar. Masalan, oktabrning muhim hujjatlari hisoblangan «Rossiya xalqlari huquqlari Deklaratsiyasi», «Ezilgan va ekspluatatsiya qilinuvchi xalq huquqlari Deklaratsiyasi», «Rossiya va Sharqning hamma mehnatkash musul-monlariga» da'vatnomasi va boshqa hujjatlarda mazlum xalqlarning ozodlik va mustaqillikka erishuvini rasman qo’Uab-quvvatlagan holda, amalda zimdan boshqacha siyosat tutib, bu jarayonning yuzaga chiqishiga butun choralar bilan to’sqinlik qildilar.
Buning yorqin ifodasi Turkistonda sovet hukumatini tuzish chog’ida to’la
kuch bilan ayon bo’ldi. Gap shundaki, o’lka hududlarida sovetlar hokimiyatini zo’rlik bilan o’rnatish jarayoni davom etayotgan bir kezda Turkiston bolsheviklari o’zlariga o’xshagan boshqa siyosiy partiyalar namoyandalari bilan til biriktirib, mahalliy millat namoyandalarini bu ishdan mustasno tutib, o’z hukumatini tuzishga kirishadilar. Bu hiyla-nayrangning hidini oldindan sezgan turkistonlik mahal-liy taniqli arboblar mabodo yevropalik ozchilikning manfaatini ko’zlaydigan hukumat tuziladigan bo’lsa, bu turgan-bitgan adolatsizlik bo’ladi va ko’pchilik aholining keskin noroziligiga olib keladi, deb o’z nuqtai nazarlari-ni oshkora bayon qildilar.
1917-yilning 12—15-noyabr kunlari Toshkentda bo’lib o’tgan Turkiston musulmonlarining III qurultoyi qabul qilgan qarorlarda: «hokimiyatning mahalliy aholi manfaati uchun deyarlik zid bo’lgan begona va o’tkinchi, tasodifiy kishilar guruhi — harbiylar, ishchilar va dehqonlar tashkilotlari qo’lida bo’lisbi demokratik qoidalar talabiga javob bermaydi va mahalliy^aholiga xalqlarning o’z taqdirini o’zi belgilashi asosida to’g’ri hayot qurishiga kafolat berolmaydi», deb qayd etilgan edi.
Biroq bu haqqqniy talab va ogohlantirishlar Turkistonda sovet hokiiniyati mutasaddilari sifatida ish yuritayotgan,, joylarda esa bu hokimiyatni zo’rlik yo’li bilan qaror toptirayotgan bolsheviidar va ularning muvaqqat ittifoqchilariga zarracha ham ta'sir etmadi. Ular o’z muddaolariga erishish maqsadida Turkiston ishchi, askar va dehqon deputatlari sovetlarining III o’lka qurultoyini chaqirdilar. Mazkur qurultoy 1917-yil-ning 15—22-noyabr kunlari Toshkentda bo’lib o’tadi. Biroq uning ishida Turkiston musulmonlari vakillari teng huquqli asosda ishtirok eta olmadilar. Bu hol qurultoy-ning butun faoliyatida, xususan, u tashkil qilgan hukumat tarkibida aniqravshan namoyon bo’ladi. Bolshevik (kommunist) F. I. Kolesov raisligida tuzilgan 7 bolshe-vik va 8 so'1 eser komissarlardan iborat Turkiston Xalq Komissarlari Soveti tarkibiga butun o’lka aholisining qariyb 95 foizini tashkil etgan yerli mahalliy xalqlarning birorta ham vakili kiritilmadi. Bu endi sovet hokimiyati hukmdorlariga xos shovinistik va ulug’ davlatchilik siyosatining tipik namunasi sifatida mahalliy aholini mensimaslik, uning manfaatlarini sariq chaqaga arzit-maslikni bildirardi. Shu xildagi nuqtai nazarni ular ochiq-oshkora tarzda bayon etishdan ham o’zlarini tiyolmadilar. Masalan, o’lka sovetlarining IV qurultoyida so’zga chiqqan xalq komissari, shovinist Uspenskiy: «O'rtoq musulmonlar, shuni bilingki, biz sizlarning katta og’alaringmiz. Siz kichiksiz va tushunarliki, bizga bo’ysunishingiz kerak!» deb dag’dag’a qilgandi. Yana bir sovet kazolaridan A. Kazakov bu xususda o’z qarashlarini shunday bayon etgandi: «Turkiston jumhuriyatida 95 foiz musulmonlar va faqat 5 foiz ruslar yashaydi va shu 5 foiz butun hokimiyatni deyarli o’z qo’lida ushlab turibdi. Shunday qilib, ozchilik hukmronligi davom etmoqda. Lekin bu vaqtinchalik hol. Musulmonlar dunyosi tayyor bo’lgach, biz jumhuriyatni boshqarish ishini unga topshiramiz. Biz ularga yordam beramiz».
Yuqorida aytilganlardan mantiqiy xulosa shuki, turkistonliklar hali o’z
yurtlarini mustaqil idora qilish, boshqarish darajasiga «o'sib chiqmaganlar». Shuning uchun uning jilovi hozircha yevropalik «katta og’alar» qo’lida bo’lmog’i kerak emish! Bu o’zining buyuk, be-takror tarixini yaratgan, milliy davlatchilik tarixi esa ming yilliklar qa'riga borib tutashadigan, yurt kelajagi, istiqbolini belgilashga qodir, yuksak ezgu maqsadlarga o’zini tikkan qanchalab o’ta zakovatli, salohiyatli o’g’lonlari muhayyo xalqqa nisbatan bepisandlik, takabburlik edi.
Shu bois ham Turkiston yerli aholisining mutlaq ko’pchiligi bunday
shovinistik va ulug’ millatchilik siyosatini yuritishga mukkasidan ketgan yangi sovet hokimiyatidan hafsalasi pir bo’lib, unga nisbatan g’azab-nafrati oshib bordi.
Bir tomondan, mehnatkashlarning fidokorona mehnati tufayli respubli-ka iqtisodiyoti rivojlandi. Ikkinchi tomondan, ijtimoiy, iqtisodiy, ma'naviy hayotda muammolar, noxush holat-lar to'planib borib, pirovardida inqirozli vaziyatni keltirib chiqardi. Respublikaning iqtisodiy rivojlanish yo'lida to'xtab qolishlar yuz bermasada, olg'a tomon siljish sur'atlari tobora sekinlashib, pasayib bordi. 20-yiI-lar oxiri — 30-yillarda shakllangan xo'jalik yuritish tizi-mi boshqaruvning ma'muriybuyruqbozlik usuli 30-yillarda, urush davrida, tiklash yillarida muayyan samara bergan bo'Isa-da, 50-yillardan e'tiboran ijtimoiy-iqti-sodiy taraqqiyotga to'siq bo'la boshladi. 1956-yilda ijtimoiy hayotda iqtisodiyotni qayta qurishlar, boshqaruvni demokratiyalashtirishga urinishlar bo'ldi. Awallari Markazda hal etilgan ayrim mahalliy masalalarni respub-likalar ixtiyoriga berish, ijtimoiy hayotni demokratlashtirish, boshqaruvni joylarga yaqinlashtirish, boshqafuv apparatini qisqartirish, korxonalarning xo'jalik mustaqflligini kengaytirish, xo'jalik tomorqalari-ni boshqarishning hududiy tartibiga o'tish tadbirlari ko'rildi. Biroq bu tadbirlar yarimyorti o'zgarishlar bo'lib, iqtisodiy aloqalar va munosabatlarning chuqur qatlamlariga borib yetmadi. Uning ustiga bu o'zgarishlar, demokratlashtirish jarayonlari konservativ kuchlarning qarshiligiga duch keldi va to'xtab qoldi.
60-yillarning o'rtalarida iqtisodiy islohotlar qilishga kirishildi. 1965-yilgi islohotda sanoat, qurilish va qishloq xo'jalik korxonalarini xo'jalik hisobiga o'tkazish, rag'bat-lantirish tizimini takomillashtirishni ko'zda tutgan tadbirlar mo'ljallandi. Korxonalar uchun yuqoridan rejalashtiriladigan ko'rsatkichlar qisqardi, korxonalar iyatiga baho berishda ishlab chiqilgan yalpi mahsulot is realizatsiya qilingan mahsulot asosiy ko'rsatkich ; belgilandi- Biroq siyosiy vaziyat o'zgarmadi, u iqti-jy islohotga zid bo'lib qolaverdi. Markaziy siyosiy bkimiyatning iqtisodiyotni nazorat qilishi, buyruqbozlik anada kuchaydi, rejadagi tadbirlarga tez-tez tuzatishlar iritila boshladi, korxonalar huquqlari cheklana bordi. qtisodiy metodlar yana ma'muriyatchilik bilan almashtirildi. Islohot boshqaruvning o'rta qismiga, korxonalargagina daxldor bo'lib, u boshqaruvning yuqori eshelonlarini o'zgartira olmadi. Qarorlar qog'ozda qolib ketdi. Ularni amalga oshirishni ta'minlovchi jiddiy o'zgarishlar bo'lmadi, rahbariyatda siyosiy iroda yetish-madi. Islohotlar 60-yillarning ikkinchi yarmida biroz samara bergan bo'lsa-da, biroq umuman ko'zlangan natijani bermadi. 60-yillarning iqtisodiy islohoti jamiyat-ning siyosiy, ijtimoiy va ma'naviy rivojlanishiga, ishlab chiqarish munosabatlarining tub mohiyatiga daxl qilma-di. Shu sababli muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
Boshqaruvning ma'muriy-buyruqbozlik tizimi yarat-gan to'g'onoqli mexanizm keyingi yillarda ham ijtimoiy-iqtisodiy hayotda progressiv qayta o'zgarishlarni, 1979-yilgi iqtisodiyotni isloh qilish yo'lidagi urinishlarni bar-bod qildi. 70—80-yillarda bo'lib o'tgan KPSSning bar-cha s'ezdlarida rivojlanishning intensiv shakliga o'tish zarurligi qayta-qayta ta'kidlangan edi. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, rahbarlikda iqtisodiy usullarga o'tish vazifalari qo'yilar edi. Ammo bu vazifalar amalda ktivaligicha qolardi. So'z bilan ish o'rtasida uzilish >*y berdi. Taraqqiyotda depsinish, inqirozli holatlar yuz
Jamiyatning siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotida ga kelgan inqirozli holatning sabablari va ildizi fikr-_aing orqada qolganligida, muayyan tarixiy sharoitga yetarli siyosiy baho bera olmaganlikda edi. 60-yillarning oxirida ilmiy va siyosiy hayotga kirib kelgan «rivojlangan sotsializm» tushunchasi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasini aniqlashda jiddiy nazariy xatoga yo'1-qo'yil-ganligining oqibati bo'ldi. Sovet jamiyatining holati qay darajada ekanligiga ob'ektiv baho bermaslik real hayotga to'g'ri kelmaydigan strategik va taktik yo'l yo'riqlarni belgilashga olib keldi.
Qo'lga kiritilgan yutuqlarni g'lash, miqdor ketidan quvish, kamchiliklarni payqa- maslik singari yaramas illatlar borgan sari hayotda mus-tahkam o'rnasha
bordi.
Natijada respublika iqtisodiyotida, butun SSSRda bo'lganidek, inqirozli vaziyat belgilari vujudga kela bosh-ladi. Rasmiy ma'lumotlarga binoan, milliy daromadnLng o'rtacha yillik o'sishi pasayib, 1960—1965-vilardagi 7,8 foizdan, 1981—1985-yillarda 3,3 foizga tushib qoldi. Aholi jon boshiga to'g'ri keladigan sof daromadning o'sish sur'ati 1965—1985-yillarda yetti marotabaga kamaydi.
Iqtisodiyotda ishlab chiqarishning intensiv usullariga o'tish, moddiy xom ashyo va energetika boyliklaridan foydalanish sohasida juda katta xatoliklarga yo'l qo'yildi. Moddiy boyliklarni saqlash o'rniga ulardan ayovsiz foy-dalanishga yo'l tutildi, mehnat unumdorligi pasayib ketdi. Iqtisodiyotdagi inqiroziy holatlar ijtimoiy sohaga ham o'z ta*sirini o'tkazmay qolmadi. Ijtimoiy ehtiyojlar uchun mablag'lar taqsimlashning qoldiq prinsipi va taqsimotda tekischilik qonun-qoidasining ustun bo'lishi ijtimoiy adolatsizlikning avj olishiga olib keldi. Ijtimoiy tanglik, millatlararo munosabatning keskinlashuvi ichki-likbozlik, giyohvandlik, chayqovchilik, poraxo'rlik va boshqa shu kabi illatlarning keng yoyilishida o'z ifodasi-ni topdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |