Rеjа: Kirish Asosiy qism



Download 132 Kb.
Sana22.10.2019
Hajmi132 Kb.
#24021
Bog'liq
3-sinf ona tili darslarida interfaol usullardan foydalanish



RЕJА:

  1. Kirish

  2. Asosiy qism

2.1. Ona tili fanining predmeti va vazifalari.

2.2. Boshlang`ich sinflarda ona tili o`qitish metodikasi fanining asosiy bo`limlari.

2.3. O`qituvchi va o`quvchilar o`rtasidagi faollikni oshirishda interfaol o`yinlarning tutgan o`rni.

2.4 3-sinf ona tili darslarida interfaol usullardan foydalanish


III. Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar



KIRISH.

“Insonning tafakkuri, aqliy salohiyati ijtimoiy boylik hisoblanadi. Ular har qanday jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini belgilaydi. Shunday farzandlarimiz borki, ular umumiy o`rta ta’lim jarayonida ma’lum yo`nalish bo`yicha o`zlarining iqtidorlarini, iste’dodlarini namoyon etadilar. Bu boylikdan oqilona foydalanish, uni to`g`ri yo`naltirish lozim” , – dedi I.A.Karimov o`zining “Barkamol avlod orzusi” asarida.

Boshlang`ich sinflarda o`tiladigan ona tili, matematika, o`qish, odobnoma, tabiatshunoslik darslari o`z mohiyati, maqsad va vazifalariga ko`ra ta'lim tizimida alohida o`rin tutadi. Negaki ularning zaminida savodxonlik va axloqiy-ta'limiy tarbiya asoslari turadi. Shuning uchun ham boshlang`ich ta'lim darslariga o`quvchilar qiziqishini oshirishga alohida e’tibor berish lozim. Chunki bolalar boshlang`ich sinflardanoq « dars » degan muqaddas so`zdan bezib qolmasliklari lozim. Bugungi kunda o`quvchilarni darsga bo`lgan qiziqishlarini oshirish uchun tajribali o`qituvchilar turli didaktik o`yinlardan foydalanishmoqda. Ushbu mavzuning dolzarbligi ham shundadir.

Bоlаlаrgа tа’lim-tаrbiya bеrish bоshlаng`ich sinflаrdа yaхshi uyushtirilsаginа, yuqоri sinflаrdа ijоbiy nаtijаlаrgа erishilаdi. Shunisi o`rinliki, bоshlаng`ich sinf o`quvchilаrining ish mоbаynidа o`zigа хоs tоmоnlаri bоr. Chunki o`quvchilаrning o`qishgа munоsаbаtlаri bir-birlаridаn fаrq qilаdi. Bu esа tа’lim-tаrbiya ishlаrini uyushtirishdа bir qаtоr qiyinchiliklаrni vujudgа kеltirаdi.

O`quvchilаr аktivligini оshirish, mustаqillikkа undаsh, ijоdiy fаоliyatlаrini o`stirish kаbi vаzifаlаr kichik yoshdаn rivоjlаntirilаdi.

Bоshlаng`ich sinf o`quvchilаrining o`zlаrigа хоs-хususiyatlаridаn biri shuki, ulаr hаr bir ishgа zo`r qiziqish bilаn kirishаdilаr. Lеkin o`z fаоliyatlаridа bir оz qiyinchiliklаrgа duch kеlib, ishning uddаsidаn chiqа оlmаsаlаr yoki tushunmаsаlаr ulаrning qiziqishlаri kеskin susаyib kеtаdi. Buning nаtijаsidа o`z qоbiliyatlаrigа, bilim оlishgа, o`qishgа nisbаtаn sаlbiy qаrаshlаr pаydо bo`lаdi. Shu bоisdаn tа’lim mеtоdlаridаn ustаlik bilаn fоydаlаnish zаrur.

O`zbek tili mustaqil O`zbekiston Respublikasining davlat tili bo`lib, uning o`rta umumta’lim maktablarida o`qitilishi davlat ahamiyatiga molik masala sanaladi. Yoshlarda ijodiy tafakkur, izlanish, ko`pgina imkoniyatlardan eng ma’qulini tanlay olish ko`nikmalarini milliy qadriyatlarimiz uchun va an’analarimiz ruhida tarbiyalashda ona tili fanining tutgan o`rni benihoya kattadir. Ayniqsa, mustaqil respublikamiz uchun tadbirkor va ijodkor insonni tayyorlash masalasi ko`ndalang bo`lib turgan bir sharoitda bu fanning o`qitilishi muhim ahamiyat kasb etadi.

2.1. Ona tili fanining predmeti va vazifalari.

Ona tili – nutq, o`qish va yozish sohasidagi ko`nikma va malakalar o`quvchilar o`quv mehnatining zaruriy sharti va vositasi hisoblanadi. Bola o`qish ko`nikmalarini egallash bilan birinchi navbatda, o`z ona tilini o`rganishi zarur. Chunki ona tili bilimdonlikning, aql-idrokning kalitidir. Ona tili boshqa fanlarni o`qitish vositasi hamdir, jamiyat tarixi ham, tabiiy fanlar ham ona tili yordamida o`rganiladi. Demak, ona tili bolaning umumiy kamol topishida ham, bilim va mehnatga havasini uyg`otishda ham alohida rol o`ynaydi.

Ona tili o`qitish metodikasi – pedagogik va amaliy fan. Chunki u nazariyaga asoslanib o`quvchilarni o`qitish, tarbiyalash, o`stirishning amaliy vazifalarini bajaradi.

Ona tili o`qitish metodikasi fani ta’lim berish sharoitida ona tilini egallash, ya’ni nutqni, o`qish va yozishni, fonetika, grammatika bilib olish jarayoni hisoblanadi.

Ona tilidan ko`nikma va malakalarni shakllantirish, til xaqidagi fanning ilmiy tushunchalar sistemasini o`zlashtirish qonuniyatlarini o`rganadi, til o`rganishning eng qulay metod va usullarini izlaydi.

Ona tili o`qitish metodikasi amaliy fan sifatida uch vazifani bajaradi:



  1. Nimani o`qitish kerak? savoliga javob beradi, ya’ni boshlang`ich sinf uchun dasturlar ishlab chiqadi, darslik va o`quv qo`llanmalarni yaratib beradi. Ularning samaradorligi va muvofiqligini doimiy tekshirib boradi.

  2. Qanday o`qitish kerak? savoliga ta’lim berishning metodlari, metodik usullar, mashqlar sistemasi, qo`llanmani tatbiq etish tavsiyanomalarini, yozma ish, amaliy ishlar sistemasini, dars, uning turlarini ishlab javob beradi.

  3. Nega xuddi mana shunday o`qitish kerak? Bunda ilmiy nuqtai nazardan eng foydali metodlarni o`rganish, tanlash, asoslash, tavsiyalarni eksperimental tekshirish vazifalarini bajaradi.

Ona tili o`qitish metodikasi ta’limning turli bosqichlarida o`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarini aniqlaydi, o`qitishning muvaffaqiyati va kamchiliklarini belgilaydi, sababini izlaydi, uni bartaraf etish usullarini topadi.

Nutqiy va orfografik tipik xatolarni tekshiradi, uni oldini olish chora tadbirlarini belgilaydi.

Ona tili ta’lim tizimining barcha bosqichlarida o`rgatiladi.

Maktabgacha tarbiya muassasalarida, asosan bolalarning nutqini o`stirish nazarda tutiladi. Boshlang`ich sinfda o`quvchilar nutqini o`stirishdan tashqari, ona tilidan elementar nazariy tushunchalarni amaliy o`zlashtirishlari ham nazarda tutiladi.



2.2. Boshlang`ich sinflarda ona tili o`qitish metodikasi fanining asosiy bo`limlari.

Ona tili o`qitish metodikasi fani to`rt bo`limni o`z ichiga oladi:

1. Savod o`rgatish metodikasi, ya’ni elementar o`qish va yozishga o`rgatish. Bolalarga savod o`rgatish pedagogikadagina emas, balki ijtimoiy hayotda ham juda jiddiy qo`yilgan masalalardandir. CHunki xalqning savodxonligi ozodlik uchun, siyosiy onglilik uchun, madaniyat uchun kurash qurolidir. Mustaqil respublikamizda har bir kishining savodxon bo`lishiga alohida e’tibor berilmoqda. 1-sinfga qadam qo`ygan bolalarga barcha o`quv qurollarining sovg`a qilinishi prezident I. Karimovning kelajak avlodning savodxon, yuksak madaniyat egasi bo`lib etishishlari uchun g`amxo`rlikning bir namunasidir.

2.O`qish metodikasi. Boshlang`ich sinflarda o`qish fanining vazifasi birinchi navbatda bolalarni tez (me’yorida), to`g`ri, ongli va ifodali o`qish malakalari bilan qurollantirish hisoblanadi.

3.Grammatika va imlo metodikasi. Bu bo`lim elementar to`g`ri yozuvga va husnixatga o`rgatishni, grammatik tushunchalarni, boshlang`ich imlo malakasini shakllantirishni o`z ichiga oladi

4.O`quvchilar nutqini o`stirish metodikasi. Bu bo`lim boshlang`ich sinflarda alohida o`rin tutadi. Bolalar birinchi marta tilni, nutqni o`quv fani sifatida anglaydilar. ular xohlagan va qiziqarli narsalarnigina emas, balki zaruriy narsa va hodisalar haqida o`ylab, rejali nutq tuzish zarurligini ham tushuna boshlaydilar. Ular o`zining grafik formasi bilangina emas, balki leksikasi, sintaktik va morfologik formasi bilan ham og`zaki nutqdan farq qiladigan yozma nutqni egallaydilar.

Metodika bolalarning nutqini boyitishni, sintaktik va bog`lanishli nutqini o`stirishni ham ta’minlashi kerak.

Shuni aytib o`tish kerakki, bog`lanishli nutq maktablarda alohida bo`lim sifatida o`rganilmaydi. U til fanining boshqa bo`limlari bilan bog`langan holda o`rganiladi.

Ona tili boshlang`ich sinfda asosiy o`rinni egallar ekan, har bir o`quvchida ona tiliga qiziqish va muhabbatni tarbiyalash zarur.

Boshlang`ich sinflarda ona tili mashg`ulotlari turi va mazmuni quyidagilarni o`z ichiga oladi:



  1. O`qish, yozuv, grammatik materialni o`rganish, kuzatishlar hamda o`quvchilarning ijtimoiy faoliyatlari bilan bog`liq holda ularning og`zaki va yozma nutqini o`stirish.

  2. Birinchi sinfga kelgan bolalarga savod o`rgatish, ya’ni ularni elementar o`qish va yozishga o`rgatish, bu kamchiliklarni malakaga aylantirish.

  3. Adabiy til normalarini, ya’ni imloviy va punktuasiyasi savodli yozuvni, orfoepik to`g`ri talaffuzni o`rganish nutq va uslubiy elementlarni egallash.

  4. Grammatika, fonetika, leksikadan nazariy materiallarni o`rganish, tildan ilmiy tushunchalarni shakllantirish.

  5. O`quvchilarni o`qish va grammatika darslari orqali badiiy, ilmiy-ommabop va boshqa adabiyotlar namunasi bilan tanishtirish, ularda adabiy asarni idrok etish ko`nikmasini hosil qilish.

3.3. O`qituvchi va o`quvchilar o`rtasidagi faollikni oshirishda interfaol o`yinlarning tutgan o`rni.

Interfaol metod – ta’lim jarayonida o`qituvchi va o`quvchilar o`rtasidagi faollikni oshirish orqali ularning o`zaro harakati ta’sir ostida bilimlarni o`zlashtirishni kafolatlash, shaxsiy sifatlarni rivojlanishiga xizmat qiladi.Ushbu usullarni qo`llash dars sifati va samaradorligini oshirishga yordam beradi. Uning asosiy mezonlari– norasmiy bahs– munozaralar o`tkazish, o`quv materialini erkin bayon etish, mustaqil o`qish,o`rganish, seminarlar o`tkazish, o`quvchilarni tashabbus ko`rsatishlariga imkoniyatlar yaratilishi, kichik guruh, katta guruh, sinf jamoasi bo`lib ishlash uchun topshiriq, vazifalar berish, yozma ishlar bajarish va boshqalarda iborat.

Interfaollik, bu – o`zaro ikki kishi faolligi, ya’ni, bundan o`quv- biluv jarayoni o`zaro suhbat tariqasida dialog shaklida (kompyuter aloqasi) yoki o`qituvchi – o`quvchilarning o `zaro muloqotlari asosida kechadi. Interfaollik – o`zaro faollik, harakat, ta’sirchanlik, o`quvchi – o`qituvchi, o`quvchi – o`quvchi (sub’yekti –sub’yekti) suhbatlarida sodir bo`ladi. Interfaol metodlarning bosh maqsadi - o`quv jarayoni uchun eng qulay muhit va vaziyat yaratish orqali o`quvchining faol, erkin, ijodiy fikr yuritish, uni ehtiyoj, qiziqishlari, ichki imkoniyatlarni ishga solishga muhit yaratish. Bunday darslar shunday kechadiki, bu jarayonda bironta ham o`quvchi chetda qolmay, eshitgan, o`qigan, ko`rgan bilgan fikr mulohazalarini ochiq oydin bildirish imkoniyatlariga ega bo`ladilar. O`zaro fikr almashish jarayoni hosil bo`ladi. Bolalarda bilim olishga havas, qiziqish ortadi, o`zaro do`stona munosabatlar shakllanadi .

Interfaol ta’lim o`z xususiyatiga ko`ra didaktik o`yinlar orqali evristik (fikrlash, izlash, topish) suhbat – dars jarayonini loyihalash orqali muammoli vaziyatni hosil qilish va yechish orqali kreativ – ijodkorlik asosida axborot kommunikatsion texnologialar yordamida amalga oshirish metodlarini o`z ichiga oladi .

Axborot kommunikatsion texnologiyalar asosida ta’lim o`z navbatida kompyuter dasturlari yordamida o`qitish, masofadan o`qitish, internet tarmoqlari asosida o`qitish, media – ta’lim metodlaridan iborat.

Boshlang`ich ta’limda o`quvchilarning yosh hususiyatlari, savodxonlik darajalari, shaxsiy tabiyatlariga ko`ra didaktik o`yinlar orqali evristik suhbatlar loyihalashtirish asosidagi metodlar keng qo`llanilmoqda. Agar o`qitish jarayonida har bir o`quvchi o`zining o`zlashtirish imkoniyati darajasida topshiriqlar olib ishlaganida u yuqori sifat va samaradorlikni ta’minlagan bo`lar edi. Bunday holatni faqat tabaqalashtirgan ta’lim orqaligina amalga oshirish mumkin. Endi ta’lim jarayonlarini didaktik o`yinlar orqali amallarga oshirish haqida fikr yuritamiz:

Interfaol o`yinli metodlar o`quvchi faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga asoslangan. Ular o`quvchi shaxsidagi ijodiy imkoniyatlarini ro`yobga chiqarish va rivojlantirishning amaliy yechimlarini aniqlash va amalga oshirishda katta ahamiyatga ega.

Interfaol o`yinlarning asosiy turlari: intellekual (aqlli) va harakatli hamda aralash o`yinlardan iborat. Bular o`quvchilarda aqliy, jismoniy, axloqiy, ma’naviy, ma’rifiy, psixologik, estetik, badiiy, tadbirkorlik, bunyodkorlik, mehnat, kasbiy ko`nikmalarni rivojlanishiga yordam beradi .

Bu metod o`quvchini ichki imkoniyatlarini ishga tushishiga, o`ylashga, erkin fikr yuritishga, muloqotga, ijodkorlikga yetaklaydi. Ayniqsa, unda atrof –muhit, hayotni bilishga qiziqish ortadi, uchragan qiyinchilik, to`siqlarni qanday yengish va tanqidiy fikrlash ko`nikmalarini shakllantiradi .

Ta’lim – tarbiya jarayonida asosan o`quvchilarda ta’lim olish motivlarini, ularni turi yo`lanishlardagi qobiliyat va qiziqishlarini oshiradigan, biror kasbga moyilliklarini ko`rsatadigan, interfaollikkka asoslangan didaktik o`yinlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Interfaol o`yinlar nazariy, amaliy, jismoniy, rolli, ishchanlik va boshqa yo`nalishdagi turlarga ajratiladi. Ular o`quvchilarda talil qilish,hisoblash, o`lchash, yasash, sinash, kuzatish, solishtirish, xulosa chiqarish, mutaqil qaror qaabul qilish, guruh yoki mustaqil jamoa tarkibida ishlash,nutq o`stirish, til o`rgatish yangi bilimlar olish faoliyatlarini rivojlantiradi.

Umumiy o`yinlar nazariyasiga ko`ra, mavjud barcha o`yin turlarini tasniflashga ularni funksional, mavzuli, konstruktiv, didaktik , sport va harbiy o`yinlarga ajratiladi.

Interfaol o`yin turlarini tanlashda quyidagi mezonlarga rioya qilish yaxshi natijalar beradi.

-ishtirokchilarni tarkibi bo`yicha, ya’ni o`g`il bolalar, qiz bolalar yoki arlash guruhlar uchun o`yinlar :

-ishtirokchilarning soni bo`yicha –yakka, juftlikda, kichik guruh, katta guruh, sinf jamoasi, sinflararo va ommaviy tarzdagi o`yinlar :

- o`yin jarayoni bo`yicha fikrlash, o`ylash, topag`onlik, harakatlar asoslangan, musobaqa va boshqalarga yo`naltirilgan;

-vaqt me’yori bo`yicha –dars, mashg`ulot vaqtining reja bo`yicha ajratilgan qismi, o`yin maqsadiga erishguncha, g`oliblar aniqlanguncha davom etadigan o`yinlar.

Bularning bari o`quvchilarga fanlararo bog`liqlikni o`rgatish orqali ularda olam tuzilishini ilmiy asoslarini to`liq idrok etish va ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish, ijodiy tafakkurlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.



2.4. 3-sinf ona tili darslarida interfaol usullardan foydalanish.

Darslarni nechog`lik qiziqarli, foydali va samarali tashkil etish o`qituvchilarning ijodkorligi , tashabbuskorligiga bog`liq.

Ona tili fani juda qiziqarli fan. Dars davomida bolalarni jalb etish, qiziqishini oshirish esa, o`qituvchidan juda katta mahorat talab qiladi. O`qituvchi har bir darsni to`g`ri tashkil eta olsa, dars davomida didaktik usullardan to`g`ri, mohirona foydalana olsagina, o`z maqsadiga erishadi.

Ona tili darsida interfaol o`yinlaridan foydalanish o`quvchilarning bilim samaradorligini oshirishda yordam beradi. Buning uchun har bir o`yin o`quvchi yoshiga, dars mavzusiga mos ravishda tuzilishi hamda to`g`ri tashkil rtilishi lozim.

«Guruhni himоya qil» interfaol o`yini

3- sinfda so`z yasovchi, so`z o`zgartuvchi qo`shimchalar mavzusi o`tiladi. Ana shu mavzuni o`tishda ushbu o`yindan foydalanish mumkin. Bu o`yindа guruh ishtirоkchilаri bеrilgаn tоpshiriqni, mа’lum vаqt ichidа bаjаrib bеrishlаri kеrаk. Qаysi guruh shаrtni bеrilgаn vаqt ichidа to`g`ri vа аniq bаjаrib bеrоlsа, o`yin g`оlibi bo`lаdi. Quyidagicha varaqalar har bir guruh a’zolariga tarqatiladi. O`quvchilar so`zlar qaysi turkumga oid bo`lsa (+) ishorasini qo`yib belgilaydilar.







So`zlаr

Оt

Sоn

Оlmоsh

Fе’l

Sifаt

1

kеldi










+




2.

kitоb

+













3

sizlа










+




4

mеn







+







5

bахtli













+

6

quvоnch

+













7

suvsirа










+




8

оltitа




+










9

gulzоr













+

10

biz







+











So`zlаr

Оt

Sоn

Оlmоsh

Fе’l

Sifаt

1

so`zlа










+




2.

siz







+







3

bахt

+













4

sаkkiz




+










5

suvdоn

+













6

gulsiz













+

7

ishlа










+




8

mеndа







+







9

quvоnchli













+

10

gullа










+



Biz birinchi?” interfaol o`yini.

Sifаt yasоvchi qo`shimchаlаrni mustаhkаmlаsh (-li, -siz, -dоr)

1-guruh 2-guruh 3-guruh

siz li dоr

ishsiz tuzli guldоr

gulsiz gulli puldоr

tuzsiz nurli hоsildоr

sifаtsiz suvli shохdоr

mаzаsiz zаrbdоr



Zanjir” interfaol o`yini

















Bingo” interfaol o`yini.

Bu o`yin o`quvchilаr bilаn guruh аsоsidа ishlаsh mаvzuni tеzkоr vа puхtа o`zlаshtirishgа хizmаt qilаdi. O`yinning аfzаlligi quyidаgi jihаtlаr bilаn bеlgilаnаdi:

1. O`quvchilаrdа jаmоа (yoki guruh) bo`lib ishlаsh ko`nikmаsi shаkllаnаdi.

2. Mаvzuni o`zlаshtirishgа sаrflаnаdigаn vаqt tеjаlаdi.

3. O`tilgаn mаvzu o`yin оrqаli o`zlаshtirilаdi.

«Bingо» o`yinini qo`llаsh jаrаyonidа quyidаgi hаrаkаtlаr аmаlgа оshirilаdi:

- sinf o`quvchilаri bir nеchа (5-7 tа) guruhgа bo`linаdi;

- o`tilgаn mаvzu bo`yichа guruhlаrgа bir хil tоpshiriqlаr bеrilаdi;

- o`qituvchi tоpshiriqni guruhlаrgа tаrqаtib, o`yin shаrtini tushuntirаdi;

- bеrilgаn tоpshiriqqа qаysi guruh jаvоb bеrsа, o`qituvchi shu guruhgа аytgаn sаvоlini tоpshirаdi;

- qаysi guruh bеrilgаn tоpshiriqlаrni birinchi bo`lib bаjаrsа o`yin g`оlibi bo`lаdi;

- birinchi bo`lgаn g`оlib guruh o`yindа ishtirоk etmаy turаdi vа o`yin g`оliblаri kеtmа-kеt аniqlаnib bаllаr qo`yib bоrilаdi.

Bu interfaol o`yinidan faqat guruhda ishlash vaqtida emas, o`tgan mavzuni so`rashda, yangi mavzuni mustahkamlashda, umulashtiruvchi, takrorlash darslarida ham foydalanish mumkin.



Mаsаlаn: Оnа tili fаnidаn 3-sinfdа «So`z turkumlаri»ni mustаhkаmlаshgа dоir «Bingо» o`yini o`tkаzish tartibi.

Nаmunа:

1-guruh 2-guruh 3-guruh

Оt







Оt







Оt

kitоb

Sоn







Sоn







Sоn




Sifаt

Qizil




Sifаt







Sifаt




Fе’l







Fе’l

gullа




Fе’l




“So`z yasovchi qo`shimchalar” mavzusini mustаhkаmlаshgа dоir «Bingо» o`yini o`tkаzish tartibi.

1-guruh 2-guruh 3-guruh

Оt yasovchi

chi




Оt yasovchi







Оt yasovchi




Sifаt yasovchi







Sifаt yasovchi

dor




Sifаt yasovchi




Fе’l yasovchi







Fе’l yasovchi







Fе’l yasovchi

la

O`qituvchi so`zlаrni аytаdi, qаysi guruh birinchi bo`lib аytilgаn so`z qаysi so`z turkumi bo`lishini аytsа, shu guruhgа bеrilgаn sаvоl tоpshirilаdi. Birinchi bo`lib hаmmа so`z turkumlаrigа jаvоb bеrgаn guruh o`yin g`оlibi bo`lаdi. Аytаylik «guldоr» so`zi аytilаdi, qаysi guruh birinchi bo`lib to`g`ri tоpsа, sifаt dеgаn guruhgа so`z bеrilаdi vа shu so`z turkumi yonigа qo`yilаdi.


Xulosa

Shunday qilib boshlang`ich sinflarda ona tili fanining samaradorligi o`qitish metodini to`g`ri tanlash, ona tili fanining amaliy yo`nalishidan kelib chiqib, ta'lim jarayonida ko`proq o`quvchini o`ylashga, fikrlashga undovchi o`quv topshiriqlarini ishga solish, o`quvchilarda bilish-o`rganish ehtiyojini yuzaga keltiradigan dars shakllaridan foydalanish singarilar bilan bo`g`liq o`quvchini ta'lim jarayonining sub'ektiga aylantirishda ta'limiy o`yinlar hal qiluvchi omillardan sanaladi. Ona tilidan tashkil etiladigan interfaol o`yinlar o`quvchini izlanishga ijadiy faoliyat ko`rsatishga o`rganilayotgan til hodisalarning mohiyatini aniqlab hukm va xulosalar chiqarishga undaydi. Interfaol o`yinlar har bir o`quvchiga o`zini nomoyon etish, fikr-mulohazalarni himoya qilish, topshiriqni shavq-u zavq bilan bajarish imkoniyatini beradi. Har bir shaxsda tarbiyalanish zarur bo`lgan ijodiy sifatlari tezkorlik, sergaklik, qat’iyatlilik, bilimdonlik, mustaqillik, ijodkorlik kabilar ko`pincha ta'limiy o`yinlar orqali rivojlantiradi. Interfaol metodlar ta'lim tizimini, bilimlarni o`zlashtirish va tez anglash uchun xizmat qiladi.

Kelgusida ish faoliyatimda boshlang`ich sinflarni o`qitishda zamonaviy ilg`or texnologiyalardan muntazam foydalanib, yosh avlodga ta'lim va tarbiya berishda foydalanaman. Har bir darsni, har bir mavzuni tushuntirishda shunchaki emas, balki bor imkoniyatimni ishga solib boshlang`ich sinflarni o`qitishni o`z oldimga maqsad qilib qo`ydim. Zero kelajak avlod yoshlarning ta'lim tarbiyasiga bog`liq ekan biz ham o`z burchimizni oz bo`lsada bajarish uchun xizmat qilamiz. Ta'lim sohasini boshlanishi boshlang`ich sinfdan olar ekan bu vazifa biz kabi yosh avlodlar qo`liga topshiriladi. Ona tili darsi emas balki o`qish va matematika darslarini o`qitishda ham zamonaviy ilg`or pedagogik texnologiyalardan foydalanib darsni tashkillashtiraman.

Ushbu ishimda “Kim birinchi?”, “Zanjir”, “Guruhingni himoya qil” “Bingo” kabi interfaol o`yinlardan foydalandim. Kelgusi faoliyatimda ham shu kabi texnologiyalardan ona tili fanini o`tishda foydalanmoqchiman.


Foydalanilgan adabiyotlar.

1. Karimov I.A. - Barkamol avlod O`zbekiston taraqqiyotining poydevori.

- T.: Sharq 1998.

2. Uzviylashtirilgan DTS 2010 yil iyul

3. Maktab va hayot jurnali 2001 yil 1 -son

4. Gaffarova T. va boshqalar. 1-sinf ona tili o`qituvchi kitobi 2011 yil

5. Boshlang`ich ta’lim 2006 yil 6 son

6. Boshlang`ich ta’lim 2010 yil 9 son

7. Ziyokor 2007 yil 8-son

8. Ziyokor 2011 yil 5-son

9. Ziyokor 2011 yil 6-son



10. 3-sinf ona tili kitobi.



Download 132 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish