Reja: Kirish Asosiy qism


Ishlab chiqarish omillari va uning tarkibi



Download 2,11 Mb.
bet4/19
Sana04.08.2021
Hajmi2,11 Mb.
#138362
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Nuriddin Aka KURS ISHI

Ishlab chiqarish omillari va uning tarkibi

Iqtisodiy ne’matlarni yaratish, xizmatlar ko‘rsatish inson hayoti, uning yashashi va kamol topishi uchun moddiy asosdir. Shuning uchun ishlab chiqarishning to‘xtovsiz takrorlanishi va uni rivojlantirish har doim eng muhim obyektiv zaruriyatdir.

Har qanday jamiyatda ishlab chiqarishning amalga oshishi, eng avvalo, uning ro‘y berishi uchun bu jarayonda qatnashadigan re- surslar, ya’ni uning omillari mavjud bo‘lmog‘i lozim. Iqtisodiyotning tizimi va shaklidan qat’iy nazar ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatishning hamma sohalari uchun umumiy bo‘lgan omillar: yer, ishchi kuchi, kapital va tadbirkorlik layoqati bo‘lishi shart. Ishchi kuchi deb, insonning mehnat qilishga bo‘lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yig‘indisiga aytiladi. Ishchi kuchi mehnat qobiliyatiga ega bo‘lgan kishilar uchun xosdir. Lekin ishchi kuchi insonning o‘zi emas yoki mehnati ham emas, uning qobiliyatidan iboratdir.

“Кapital” tushunchasi har xil yondashuvlarda turlicha maz- munga ega. Iqtisodiy resurs sifatidagi kapital ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida qo‘llaniladigan investitsion vositalardan, ya’ni barcha turdagi mashinalar, asbob-uskunalar, binolar, inshootlar, ombor xo‘jaliklari, saqlash va transport vositalari hamda boshqa shu kabilardan iborat bo‘ladi. “Кapital” tushunchasiga birinchi yondashuvda uning iqtisodiy resurs sifatidagi moddiy va ashyoviy ko‘rinishini, ikkinchi yondashuvda esa uning umumiy ma’nodagi qiymat ko‘rinishi e’tiborga olinadi. Umumiy ma’noda kapital tushunchasi o‘z egalariga daromad keltiradigan barcha sohalarda ishlatiladigan ishlab chiqarish vositalarini, sotishga tayyor turgan tovarlarni, moliyaviy resurslar va ishchi kuchini sotib olishga mo‘ljallangan pul mablag‘larini qamrab oladi.

Bu yerda umumiy ma’nodagi kapital turli shaklda: pul, ishlab chiqarish vositalari, tovar va boshqa moddiy vositalar shaklida bo‘lishi mumkin.

Кapital omil sifatida inson tomonidan yaratilgan ishlab chiqarish vositalar, ya’ni mehnat vositalari va predmetlarini o‘z ichiga oladi.

Mehnat vositalari deb, inson uning yordamida tabiatga, mehnat predmetlariga ta’sir qiladigan vositalarga aytiladi (mashinalar, stanoklar, traktorlar, qurilmalar, uskunalar va boshqalar). Mehnat predmetlari esa bevosita mehnat ta’sir qiladigan, ya’ni mahsulot tayyorlanadigan narsalardir (yer-suv, xomashyo va boshqa turli materiallar). Mehnat predmetlari tabiatda tayyor holda uchrashi mumkin yoki oldingi davrdagi mehnat mahsuloti, ya’ni xomashyo bo‘lishi mumkin. Mehnat qurollari va mehnat predmetlari birgalikda ishlab chiqarish vositalari deb yuritiladi. Bu esa mehnat jarayonining tabiatidan kelib chiqadi, shuning uchun ham ishlab chiqarish vositalari hamma ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar, insoniyat jamiyati taraqqiyotining hamma bosqichlari uchun xosdir. Mehnat vositalarini mehnat predmetlariga ta’sir etish xarakteriga ko‘ra, bir nechta katta guruhlarga bo‘lish mumkin. Birinchi guruhga mashinalar, mexanizmlar, stanoklar, uskunalar va boshqalardan iborat mehnat qurollarini kiritish mumkin. Ularning yordamida ishchi tabiat ashyolari va kuchlariga bevosita ta’sir qiladi va bu ashyolarni o‘zining iste’moli uchun zarur bo‘lgan shaklga keltiradi.

Ikkinchi guruhga materiallarni saqlash uchun mo‘ljallangan mehnat vositalari sisternalar, turli xil quvurlar, omborlar va boshqalar kiritiladi.

Uchinchi guruhga ishlab chiqarish jarayonida bevosita qat- nashmaydigan mehnat vositalari kiradi. Lekin bu vositalarsiz ishlab chiqarish jarayonining amalga oshishi mumkin emas yoki to‘la va samarali amalga oshmasligi mumkin. Bularga binolar, yo‘llar va boshqalar misol bo‘la oladi.

Hozirgi fan-texnika inqilobi davrida ishlab chiqarishning rivojlanishida mehnat predmetlarining ahamiyati o‘zgacha. Mate- riallarning tabiatda tayyor holda uchramaydigan yangi turlari paydo bo‘lib boradi. Ishlab chiqarish vositalari uning moddiy, ishchi kuchi esa shaxsiy omilini tashkil qiladi.





Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish