Reja: Kirish. Asosiy qism


Yurak-qon tomir tizimining yoshga oid xususiyatlari va jismoniy faoliyat



Download 95 Kb.
bet4/7
Sana13.09.2021
Hajmi95 Kb.
#173286
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
REFERAT

2.2. Yurak-qon tomir tizimining yoshga oid xususiyatlari va jismoniy faoliyat.
Yosh bola organizmidagi yurak-qon tomir tizimi kattalarnikidan farq qiladi. Bola tug’ilishi bilan yurak-qon tomir tizimining mofo-funktsional qayta qurilishi yuz beradi, kichik qon aylanish doirasi faoliyat ko’rsata boshlaydi. Yosh bolalarda arteriyalar venalarga nisbatan kengroq bo’lib, kuchliroq rivojlangan bo’ladi. Shuningdek kapilyar tizimi ham kuchli rivojlangan bo’ladi. Yurakning qon haydash kuchi kamligi sababli kattalarnikiga qaraganda bolarda arterial bosim pastroq bo’ladi. Bunga yana qon tomirlar elastikligi va ularnig kengroqligi sabab  bo’ladi.
Yosh bolalar organizmida qon aylanish tizimi qator anatomik o’ziga xos xususiyatlar bilan farqlanib, ular yurakning patologiyasi va funktsional qobiliyatlarida o’z aksini topadi. Yangi tug’ilgan bola yuragi nisbatan yirik bo’lib, tana massasining 0,8 % ni tashkil qiladi. 3 yoshga borib yurak massasi tana massasinig 0,5 % ni tashkil qiladi, yani katta odam yuragi kabi bo’ladi. Ikki yoshgacha asosan bo’lmachalar, 10 yoshgacha qorinchalar jadal rivojlanadi. Lekin bolalik davrning barcha davrlarida yurak hajmining oshib borishi tana o’sishidan orqada boradi. Yangi tug’ilgan bola yuragi sharsimon shaklga ega bo’ladi, chunki bunda qorinchalar xali yaxshi rivojlanmagan va bo’lmachalar o’lchami nisbatan kattaroq bo’ladi. 6 yoshda yurak katta odamlarnikiga o’xshash oval shaklga ega bo’lib boradi.  Yurakning joylashishi bola yoshiga bog’liq. Tug’ilgandan ikki yoshli bo’lguncha ulada diafragma yuqori joylashganligi sababli yurak gorizontal joylashadi. 23 yoshga borib uning joylashishi qiyalashadi. Yangi tug’ilgan bolalar yuraginging o’ng va chap tomoni devorlari qalinligi deyarli bir xil bo’ladi. Asta sekin yurak yuklamasi oshib borgan sari chap qorincha devori o’ng tomondagiga nisbatan qalinlashib boradi. Bola bir necha hafta yo oylik bo’lguncha qon tomirlar va yurakning o’ng va chap tomonlari orasida turli ko’rinishdagi aloqalar, bo’lmachalar orasidagi oval  teshikcha, arterial oqim yo’li, kichik qon aylanish doirasidagi arteriolo-venulyar anastamozlar va boshqalar saqlanib qoladi. Bular natijasida qon yuqori bosimli  kameradan kichik bosimli kameraga qisman oqib o’tadi. Bazi hollarda (o’pka gipertenziyasi, nafas olishdagi yetishmovchiliklar) o’pka arteriyasida va yurakning o’ng kameralarida bosim oshib, qon oqimi buzilishi, arterial qonning venoz qon bilan qo’shilib ketishi (o’ngdan chapga shuntlanish) yuz berishi mumkin.  Yosh bola orgaizmida qon tomirlari ancha keng bo’ladi. Venalar kengligi arteriyalar kengligiga teng bo’ladi. Venalar jadallroq o’sib, 15-16 yoshga borib arteriyalardan 2 barobar keng bo’lib qoladi. 10 yoshgacha aorta o’pka arteriyasidan torroq bo’ladi, asta-sekin ular diametri tenglashadi va bolog’at yoshga borib aorta diametri o’pka arteriyasidan katta bo’lib qoladi. 

Yosh organizmda kapillyarlar yaxshi rivojlanga bo’ladi. Katta odamlarnikiga qaraganda ularning o’tkazuvanlik xususiyatlari yuqori bo’ladi. Kapillyarlar kengligi va ularning ko’pligi qon turib qolish hodisasi yuz berish ehtimolini oshiradi. Shu sababli bu yoshdagi bolalarda pnevmoniya va osteomielit kasalliklar ko’proq uchraydi. Bolalarda qon oqimi tezligi katta bo’lib, yoshi katalashgan sari tomirlar ko’lami oshishi va yurak urish chastotasi kamayishi bilan u sekinlashib boradi.  Ularda arterial puls kattalarnikiga qaraganda tezroq bo’ladi. Buning sababi shundaki yosh oragnizmda yurak qisqaruvchanligi yuqori, adashgan nervning  yurakka tasiri kam va modda almashinuvi darajasi yuqori bo’ladi. Tana to’qimalaring qonga bo’lgan talabini qondirilishi yurakning h’ajmi emas, balki uning urish tezligini oshirish bilan amalga oshiriladi. Eng katta yurak urish tezligi chaqaloqlarda kuzatiladi (1 daqiqada 120-140 ta). Kattargan sari bu tezlik kichiklashadi, va 1 yoshga borib bu ko’rsatgich 110-120 taga, 5 yoshga 100 taga, 10 yoshga 90 taga, 12-13 yoshga borib 80-70 tagacha tushadi. Kichik yoshda puls katta labillik bilan ajralib turadi. Bola yig’lashi, baqirishi  yoki tana haroratining oshishi pulsni oshirib yuboradi. Bolalar pulsi uchun nafas aritmiyasi xosdir, yani nafas olganda u tezlashib, chiqarganda sekinlashadi.  Ularda arterial bosim kattalarnikiga nisbatan past bo’ladi. Bola yoshi qancha kichik bo’lsa arterial bosim ham shuncha past bo’ladi. Arterial qon bosimning pastligi chap qorincha hajmining kichikligi, qon tomirlari ancha kengligi va arterial qon tomirlar devorlari elastikligidan kelib chiqadi.  



Bolalarda nisbiy yurak massasi va qon tomirlar kengligining katta bo’lishi kattalar organizmidagiga qaraganda qon aylanish sharoitlari ancha yengil bo’ladi. Nisbiy qon massasi kattaligi va almashinuv jarayonlarining o’ziga xos xususiyatlarga ega ekanligi yosh yurakka katta talab qo’yadi. Shunga ko’ra yosh bola yuragining ishlash qobiliyati katta odamnikiga qaraganda yuqori bo’ladi. Keksarish boshlanishi bilan organizmning anaerob imkoniyatlari kamayib keta boshlaydi. Kislorodning maksimal o’zlashtirilishi 60-70 yoshlilarda 20-30 yoshli erkak va ayollarda bo’ladigan ko’rsatgichning 45-50 % ni tashkil qiladi, xolos. Qarib borgan sari kislorod yetishmaydigan sharoitda ishlash shuncha og’ir bo’la boshlaydi. Bunday odamlar qonida kislorodning kamayishiga chidamsiz bo’ladilar, shuning uchun ham ularda nafas olishni ixtiyoriy to’xtatib turish vaqti yosh organizmlarga qaraganda ancha kam bo’ladi. Agar yoshlar qonda kislorodning kamayishi 80-84 % borguncha nafas olishni to’xtatib turish imkoniyatiga ega  bo’lsalar, keksalar bu ko’rsatgich 88-90 tushishi bilan ixtiyoriy ravishda nafas olishni  to’xtatib turishni tark etishadi. Keksarib borgan sari ateroskleroz,  gipertoniya xastaliklari tez-tez uchrab turadi. Yurakda qo’zg’aluvchanlik, o’tkazuvchanlik qisqaruvchanlik pasayadi, yurak muskullaridagi mitoxondriyalar va ularning oksidlantirish xususiyatlari kuchsizlanadi. Yana yurak muskullarida glikogen zaxirasi va ATF va kreatinfosfot kabi energiyaga boy birikmalarning  yangilanib turishi qiyinlashib qoladi. Yurak urish chastotasi kamayadi, yurakning sistolik va minutlik hajmi ozayadi. Keksa kishilarda o’rta yoshli odamlarga qaraganda yurakning sistolik hajmi 23 %, minutlik hajmi ega 24 % kamayadi. Yosh o’tib borgan sayin yurakning o’z-o’zini idora qilish qobiliyati susayib boradi. Olib borilgan tekshirishlarga ko’ra, yurak ritmidagi o’zgarishlar yosh oshib  borgan sayin tobora chuqurlashib boradi. Yani, yurakka vegetativ tizimning parasimpatik tonus tasiri kamayadi, simpatik tonuslar tasiri oshadi. Bunda  yurakning adaptatsion xususiyatlari susayib boradi, uning sistolik hajmi kamayadi. Shunday qilib, qarish natijasida qon-tomir tizimida qator strukturali va  funktsional o’zgarishlar ro’y beradi. Bu o’zgarishlar shunchaki involyutsion yoki buzilishga olib keladigan hodisalar bo’lib qolmasdan, balki kompensator va  moslashtiruvchi, yani adaptatsion mexanizm asosida organizmni adekvat ravishda qon bilan taminlanishini belgilaydigan jarayonlardir bo’lib xizmat qiladi. Yosh o’tib borishi bilan yurak-qon tomir tizimining adaptatsion chegaralari torayib boradi va bu mexanizmning ishonchliligi kamayib boradi, yurak ritmining vareabelligi  kamayib boradi.  


Download 95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish