Reja: Kirish. Asosiy qism



Download 95 Kb.
bet3/7
Sana13.09.2021
Hajmi95 Kb.
#173286
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
REFERAT

 


2.1. Yurak va uning tuzilishi
Yurak ko'krak bo‘shlig‘ida joylashgan. Yurak konus shaklida bo‘lib, uning asosi birinchi va ikkinchi qovurg‘alar oralig‘ining, uchi esa to‘rtinchi va beshinchi qovurg‘alar oralig‘ining ro‘parasida turadi. Yurak sirtqi tomondan biriktiruvchi to‘qima pardasi yurak xaltasi bilan o‘ralgan. Yurak devori ko‘ndalang-targ‘il muskuldan tuzilgan, yurak bodmalarining muskul devori yupqaroq bolib, chap qorincha devori o‘ng qorinchanikiga qaraganda qalinroqdir. Yurak bodmasi bilan yurak qorinchasi tabaqali klapan bilan tutashib turadi. Klapanlar yupqa, ammo cho‘zilishga yaxshi qarshilik ko‘rsatadigan pishiq pardadir. Tabaqalar chetidan qorinchalarning ichki yuzasiga borib birikadigan pay iplari chiqadi. Yurakda tabaqali klapanlardan tashqari, yarimoysimon klapanlar ham bor. Ular chap qorincha bilan aorta va o‘ng qorincha bilan o‘pka arteriyasi chegaralarida joylashgan.

Yurak muskulli aʼzo boʼlib, koʼkrak qafasining chap tomonida joylashgan. Uning vazni erkaklarda 220—300 g (ayollarda 180—220 g.). Har bir odamda yurak katta—kichikligi uning yoshi, jinsi, jismoniy tayyorgarligi va harakat faolligiga bogʼliqdir. Oʼrta yoshli, oʼrtacha jismoniy tayyorgarlikka ega boʼlgan hamda oʼrtacha boʼy uzunligi va tana ogʼirligiga ega boʼlgan odamlarda yurakning uzunligi 14 sm, eni esa 12 sm va qorinchalar hajmi 250—350 ml. Аyol kishining yuragi, albatta, erkaklarnikidan bir oz kichikroq boʼladi. Yurakning umumiy hajmi erkaklarda 760—900 ml boʼlsa, ayollarda 500—600 ml ga tengdir. Jismoniy tarbiya va sport mashqlari bilan doimiy ravishda shugʼullanib turish yurakni baquvvat qilib, hajmining tobora oshib borishiga olib keladi. Organizm oʼsgan sari yurakning kattaligi va vazni oshadi. Bolalarni yuragini tana vazniga nisbatan hisoblanganda katta odamlarning yuragidan katta. Masalan, bolalarni yurak ogʼirligi tana massasiga nisbatan hisoblaganda 0,63— 0,80 % ni tashkil qilsa, kattalarda esa 0,48—0,52 % ni tashkil qiladi. Postnatal ontogenezning birinchi yilida yurakning oʼsish tempi eng yuqori boʼladi. Sakkiz oylik davrda yurak birinchi kunga nisbatan ikki barobar, uch yoshli davrda uch barobar, besh yoshli davrda u toʼrt barobar va oʼn olti yoshli davrda—oʼn bir barobar kattalashadi. Yurak toʼrt kamerali aʼzo boʼlib, ikkita boʼlmacha va ikkita qorinchadan iboratdir. Yurakning oʼng va chap yarimlari bir-biridan toʼsiq bilan chegaralangan va har biri boʼlmacha va qorinchaga ega. Ular orasidagi toʼsiqlarda tutashtirib turuvchi teshik boʼladi. Teshikchalar klapanlar bilan taʼminlanganlar va qon bir tomonlama —boʼlmachalardan qorinchaga oʼtadi. Chap boʼlmacha va chap qorincha oʼrtasida ikki tabaqali, oʼng boʼlmacha va oʼng qorincha oʼrtasida uch tabaqali klapanlar joylashgan. Chap qorincha va aorta chegarasida, oʼng qorincha va oʼpka arteriyasi chegarasida yarimoysimon klapanlar joylashgan. Hamma klapanlarning asosiy vazifasi—qonni bir taraflama yoʼnalishini taʼminlab berishdir. Homila tugʼilishiga yaqin yurak toʼrt kamerali strukturaga ega boʼlib, ikki boʼlmachalar oʼrtasida teshik ochiq boʼladi. Tugʼilgandan keyin bir necha oy oʼtib bu teshik bitib ketadi. Yurak muskullarining xossalari . Yurak devorining asosiy massasini yurak muskuli—miokard tashkil qiladi. Miokardning tuzilishi skelet muskullariga oʼxshagan koʼndalang targʼil boʼlib, qalinligi boʼlimlarida bir xil emas. Yurak muskul tolalari tarkibida miofibrillar mavjud boʼlib, ularning tola diametri 12—24 mikron, uzunligi esa 50 mikrongacha yetadi, chap qorincha muskul qavati oʼng qorincha muskul qavatidan 2,5 barobar yoʼgʼonroq. Buning asosiy sababi shundaki, chap qorincha qisqarganida katta kuch bilan qisqarishi kerak, chunki katta qon aylanish doirasidagi qon oʼpkadan tashqari organizmning barcha aʼzo va toʼqimalarga boradi. Yurak muskullarini tojsimon arteriya qon bilan taʼminlab, u aortaning yurakning chap qorinchasidan chiqadigan qismidan boshlanadi. Yurak boʼshagan paytda bu arteriyaga aortadan qon oqib oʼtadi. Katta odamlarda yurakning tojsimon arteriyasiga 1 daqiqada 200—250 ml qon kiradi. Kuchli jismoniy mehnat bajarilganida tojsimon arteriyaga kiradigan qon miqdori
1 daqiqada 4 martagacha (800—1000 ml gacha) koʼpayishi mumkin. 

Yurak g`ovak organ bo`lib, uzunasiga chap va o`ng qismlarga bo`lingandir. Har bir qism o`z o`rnida qorincha va bo`lmalardan iborat. Chap qorincha va chap bo`lma orasidagi klapanni ikki tabaqali, o`ng qorincha va o`ng bo`lma orasidagi klapanni uch tabaqali klapan deyiladi. Bu klapanlarning ochilishi va yopilishi qorincha hamda bo`lmachalarda qon bosimining o`zgarishiga bog`liq.





Download 95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish