Xamirni yoyamiz
Pishirig’ingzining ta’mi va ko’rinishi uning qanday yoyganligingizga bog’liq bo’lib, quyidagi umumiy yoyish qoidalari mavjud:
xamirni o’zingiz tomingizdan boshlab, bir tomonga yoyish kerak;
xamirning barcha tomoni bir xil yupqalikda bo’lishi uchun o’qlovni bir xil ushlash kerak;
sariyog’ yoki margarin sovuqroq bo’lishi, lekin muzlagan bo’lmasligi kerak.
ko’pgina retseptlarda yozilishicha, un miqdori qancha bo’lsa, yog’ ham shuncha olish kerak. Masalan 500 gramm un ishlatsangiz, unda 500 gramm yog’ yoki margarindan foydalaning.
Xamirni yupqa yoyib, oq yog’ yoki margarinda surting va ruletga o’xshatib o’rang. So’ng ulardan qalinligi 2-3 sm li bo’lakchalarni kesib olin. Xamir bo’lakchalarini biroz ustiga bosib, laganga tering va ustini oziq-ovqat pelyonkasi bilan yopib, sovutgichga olib qo’ying.
Pishirish
Qatlamali xamirning faqat ustiga tuxum sarig’ini faqat ustiga surting. Agar chetlariga surtadigan bo’lsangiz, pishish jarayomida ko’tarilmaydi va tagi olish ehtimoli ham ko’payadi.
Bunday xamirli pishiriqlarni 200-220 C haroratda pishirish kerak. Agarda harorat past bo’lsa, yog’ eriydi va pishiriq ko’tarilmaydi.
Xamirni to’g’ri muzlatish
Qatlamali xamirning kesilgan bo’lakchalarini yelim qog’ozga solib, muzlatgichda saqlang. Pishirishdan bir kun oldin esa muzxonadan olib, sovutgichning o’zida saqlang. Xamirni xona haroratida eritish esa mumkin emas. Qatlamali xamirni muzlatgichda 5-6 oygacha saqlash mumkin.
Oshirma xamirni to’g’ri tayyorlash
Pazandachilikda eng ko’p ishlatiladigan xamirlarimizdan biri bu oshirma xamir bo’lib, uni to’g’ri tayyorlash esa bir-nechta qoidalarni talab qiladi.
Shuning uchun ham Zira bugun sizlarga oshirma xamirni to’g’ri qorish va pishirish to’g’risida bir necha maslahatlarni berishga harakat qiladi.
Oshirma xamir turlari
Oshirma xamir o’z o’rnida ikki xil bo’ladi: oddiy va yog’li (yog’ va tuxum solingan) oshxamir.
Oddiy oshxamir tarkibi 3 ta masalliqlardan tashkil topadi: un, suyuqlik (suv yoki sut), xamirturush. 1 kilo unga odatda 10 gramm quruq xamirturush yoki 20-25 gramm yangi xamirturush solinadi.
Yog’li oshxamirga esa tuxum, yog’ va shakar solinadi. Bunday oshxamirga kamroq suyuqlik, ko’proq xamirturush solinadi.
Taqqoslang:
1 stakan unga qoriladigan xamirga 0.5 stakan suv, 0.5 osh qoshiq shakar va 3 gramm quruq xamirturush solinadi.
1 stakan unga qoriladigan xamirga ¼ stakan suv, 1.5 osh qoshiq shakar, 2 osh qoshiq yog’ va 1 dopna tuxum, xamirturush esa 5 gramm miqdorda solinadi.
Xamir yanada yaxshiroq oshsin deb, ba’zilar me’yoridan ortiqroq xamirturush solishadi, bu xatoligi haqida biz yaqindagina ma’lumot berib o’tgan edik. Agarda siz endi pazandachilikka kirishgan bo’lsangiz, yuqoridagi maslahatlarga rioya qiling.
Do'stlaringiz bilan baham: |