III.2 “Gorizontga burchak ostida otilgan jism harakati” mavzusida bir soatlik namunaviy dars ishlanma
Fan: Fizika
Sinf: 10
Mavzu: “Gorizontga burchak ostida otilgan jism harakati”
Darsning maqsadi:
Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga gorizontga otilgan jism harakati haqida tushunchalarni shakllantirish
Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilar bilan dars davomida tarbiyaviy ishlarni olib boorish va o’quvchilarni guruh bo’lib ishlashga o’rgatish
Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning gorizonga burchak ostida otilgan jism harakati haqidagi bilimlarini rivojlantirish
Dars turi: Noan’anaviy
Darsda qo’llaniladigan metodlar: “Bumerang”,
Dars qurollari: Sinf taxtasi, 10-sinf darsligi, tarqatma materiallar (skanvord)
Darsning borishi:
1
|
Tashkiliy qism
|
2 daqiqa
|
2
|
Uyga topshiriqni so’rash
|
10 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzuni tushuntirish
|
20 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
10 daqiqa
|
5
|
Uy vazifasini berish
|
3 daqiqa
|
Darsni tashkillashtirish (Salomlashish, davomat tekshirish, sinf ozodaligini tekshirish)
Uy vazifasi “Aylanma va ilgarilanma harakatni o’zaro uzatish”
Kundalik turmushda harakatlanuvchi transport vositalarining harakati
kuzatilsa, ularning dvigateli bir xilda ishlab tursa-da, ular turlicha tezlikda
harakatlanishi kuzatiladi. Avtomobil tekis yo’lda katta tezlik bilan qiyalikka chiqishda, botqoqli joylarda sekin yuradi. Xuddi shunday to’qimachilikda, sanoatda ishlatiladigan dastgohlarda ham ularning turli qismlari turlicha tezlikda aylanayotganligini kuzatish mumkin. Kundalik turmushda ishlati-ladigan tikuv mashunasida ham aylanma harakat va uni borib-keluvchi (ilgarilanma) harakatga aylantirib beruvchi mexanizmlar ishlatiladi. (1-rasm)
1-rasm
Bunday mexanizmlarda aylanma harakatni uzatishning friksion, tasmali va tishli g’ildirak kabi usullari mavjud bo’lib, mazkur mavzuda siz ular bilan tanishasiz.
III. Yangi mavzu bayoni “Gorizontga burchak ostida otilgan jism harakati”
Ba`zan gorizont bilan biror burchak hosil qilib yo’nalgan boshlang`ich tezlik olgan jismning harakati bilan ish kurishga tug`ri keladi. Bunday jism gorizontga nisbatan burchak ostida otilgan jism deyiladi.
Havoning qarshilik kuchini e`tiborga olmasak jismga faqat og`irlik kuchi ta`sir qiladi. Jism otilgan nuqtani sanoq boshi deb hisoblab X o’qni gorizontal, Y o’qni vertikal yo’naltiramiz. (1-rasm)
1-rasm 2-rasm
Vaqtni jism otilgan paytdan boshlab hisoblaymiz. U holda jismning tezlanishi pastga vertikal yo’nalgan bo`lib –g ga teng. Tezlanish vektorning X o’qidagi proyeksiyasi nolga teng. Y o’qidagi proyeksiyasi manfiy bo`lib, g= -9,8 m/s2
Harakat boshlangan paytdan t vaqt o’tgach, jismning koordinatalari quyidagicha bo’ladi:
(1)
(2)
bunda (3)
(4)
(3) va (4) ifodalar boshlang’ich tezlik vektorining koordinata o’qlariga proeksiyalaridir. Jism otilgan nuqta va uning tushish nuqtasi bir gorizontalda yotgan bo’lsa, jismning vertikal hamda gorizontal yo’nalishlar bo’yicha harakat vaqti t bir xil bo’ladi. Harakatlanish vaqti eng yuqoriga ko’tarilish vaqti t1 ning ikkilanganiga teng:
(5)
Gorizontga nisbatan burchak ostida otilgan jismning traektoriyasi paraboladan iborat ekanini ko’rsatish qiyin emas. Buning uchun (1) va (2) formulalardan t vaqtni yo’qotish kifoya. Amalda havoning qarshiligi tufayli jismning uchish uzoqligi qisqaradi. Jism parabola bo’yicha emas, balki ballistik egri chiziq bo`ylab harakat qiladi. (2-rasm). Jismning ko`tarilish vaqti tushish vaqtiga teng. Trayektoriyaning eng yuqori nuqtasida tezlikning vertikal tashkil etuvchisi o ga teng. Shuning uchun
Bundan
yoki (6)
-jismning uchish vaqti. Jismining ko`tarilish balandligini quyidagi tenglamadan topish mumkin.
(7)
Jismga gorizontal yo’nalaishli kuch ta`sir qilmaydi. Shuning uchun tezlikning gorizontal tashkil etuvchisi o`zgarmaydi.
(8)
Shu sababli bu yo’nalishda jismning uchish uzoqligi:
(9)
(9) ifodaga ko`ra uchish uzoqligi burchakka bog`liq. Agar bo`lsa, uchish uzoqligi eng katta bo`lishiga ishonch hosil qilish mumkin.
(10)
bundan
(11)
ekanligi kelib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |