II.1 Masala tushunchasi
II.2 Fizikadan masalalar yechish usullari va bosqichlari
Metodik qism
III.1 O’quv jarayonida MATHCAD dasturi va uning grafik imkoniyatlaridan foydalanish
III.2 “Gorizontga burchak ostida otilgan jism harakati” mavzusida bir soatlik namunaviy dars ishlanma
III.3 Mathcad dasturidan foydalanib “Gorizontga burchak ostida otilgan jism” harakatini o’rganish
Xulosa
V.1 Adabiyotlar
V.2 Dasturiy ta’minot
V.3 Internet ma’lumotlari
Kirish XX asrning buyuk mo’jizasi bo’lmish kompyuterlar XXI asr- axborot asri bo’lishiga zamin yaratdi. Hozirgi paytda kompyuterlar kirib bormagan xalq xo’jaligining bironta soxasini ko’rsatish qiyin. Ayniqsa, ularning fizikada qo’llanish ko’lami benihoya kengdir. Hozirgi kunda kosmik kemalardan yuborilayotgan axborotlarni qayta ishlash, tezlatgichlardagi zarralar harakatini boshqarish, fizikadan o’ta nozik tajribalar o’tkazish, nazariy fizikaning murakkab masalalarini yechishni kompyuterlarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Ikkinchi tomondan umumiy fizika kursidagi masalalar sodda bo’lib, sonlar yaxlitlab beriladi. Bu fizikaviy tushuncha va qonunlarni dastlabki o’rganish uchun juda muhim. Lekin hayotda uchraydigan fizik masalalarning deyarli barchasi analitik usulda yechilmaydi va ularni yechish uchun kompyuterlardan foydalanishga to’g’ri keladi. Shuning uchun ham har bir fizik mustaqil ravishda kompyuterda masala yechishni bilishi foydadan xoli bo’lmaydi. Bu soxada adabiyotlar kamligi va o’zbek tilida deyarli yo’qligi hali qilinishi kerak bo’lgan ishlarning naqadar ko’pligidan dalolat beradi.
Fizik masalalarni kompyuterda yechilish usullariga ko’ra quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
Oddiy hisoblashlar va grafik chizishga oid;
Algebraik bo’lmagan har qanday tenglama transedent tenglamalar deb ataladi. Masalan: ko’rsatkichli, logarifmik, trigonometrik, teskari trigonometrik va boshqalar.
II. Asosiy qism Rejamning asosiy qismida “masala” tushunchasi va uning ma’nosi, masalalar klassifikatsiyasi, fizik masalalarni yechish usullari va bosqichlari haqida bilib olasiz.