5. Xromatik dispersiya
Xromatik dispersiya ham dispersiyaning boshqa turlari kabi impulslarning kengayishi tufayli hosil bo‘ladi. Xromatik dispersiyani material va to‘lqin uzatuvchi (tola) dispersiyalarining yig‘indisi tashkil etadi:
Xromatik dispersiya pikosekund/nanometrkilometr (ps/nm∙km) da o‘lchanadi. (1ps=1∙10-12 s, 1nm=1∙10-9 m ). Bu 1 nm kenglikdagi impulsni 1 km uzunlikdagi tola orqali o‘tgandagi ps da kengayishidir. Masalan; bir modali standart tolalarda 1550 nm to‘lqin uzunligida xromatik dispersiya qiymati 17 ps/nm km atrofida bo‘ladi. Dispersiyaning bu turi bir modali tolalarga ham, ko‘p modali tolalarga ham xos. Lekin bir modali tolalarda ko‘proq namoyon bo'ladi.
6. Material dispersiyasi
Material dispersiyasi to ‘lqin uzunligini tola materialining sindirish ko‘rsatkichiga bog’liqligi bilan aniqlanadi. Natijada tola materiali orqali har xil to ‘lqin uzunliklari turli tezliklarda uzatiladi. Optik tola, asosan, kvars shishasidan (SiO2) ishlab chiqariladi. Har bir to‘lqin tola materialidan turli tezliklarda uzatiladi. 1- shaffoflik oynasida katta to‘lqin uzunliklari katta tezlikda, qisqa
to‘lqin uzunliklari kichik tezliklarda uzatiladi. Masalan; 865 nm to‘lqin uzunligi 835 nm ga nisbatan katta tezlikda uzatiladi. shunga teskari 3 — shaffoflik oynasida qisqa to‘lqin uzunliklari katta tezlikda, uzun to‘lqin uzunliklari nisbatan kichik tezlikda uzatiladi. Masalan, 1535 nm to‘lqin uzunligi 1560 nm ga qaraganda tezroq uzatiladi. 2—shaffoflik oynasining 1310 nm to‘lqin uzunligi nol dispersiyali to‘lqin uzunligi deyiladi. Chunki 1310 nm to‘lqin uzunligida kvars shishasini sindirish ko‘rsatkichi minimal.
Material dispersiyasi bir modali optik tolalarda dispersiyaning asosiy tashkil etuvchisi hisoblanadi. Uzatish tizimlarining tezliklari oshgan sari bitlar orasidagi interval kamayadi, natijada dispersiya oshadi.
7. To‘lqin uzatkich xossalari bilan bog‘liq dispersiya
To‘Iqin uzatish bilan bog'liq (tola) dispersiya—bu impulslarning tarqalish tezligini to‘lqin uzunligiga bog‘liqligidir. Dispersiyaning bu turi tolaning geometrik shakliga va sindirish ko‘rsatkichlari profiliga bog‘liq. Har qanday real nurlanish manbalari ma’lum chastota polosasida to ‘lqin uzunliklarini nurlantiradi desak, turli to‘lqin uzunligiga ega yorug‘lik impulslari toladan turli vaqt bo‘yicha kechikib keladi. Natijada boshlang‘ich impulslar buziladi. Signaliarning turli to‘lqin uzunligida har xil tezliklarda uzatilishi yuqorida keltirilgan edi.
Shuningdek, yuqorida aytib o‘tilgandek, 1310 nm to‘lqin uzunligida dispersiya qiymati minimal bo‘lib, nolga teng, lekin so'nish qiymati katta bo‘ladi. Shuning uchun ham dispersiya, ham so‘nish qiymatlarini kamaytirish maqsadida dispersiyaning nol qiymati so'nish qiymati kichik bo‘lgan 3-tiniqlik oynasiga surilgan. Bu kvars shishasini legirlash yordamida amalga oshiriladi. Bunday tolalar siljigan dispersiyali tolalar deyiladi. Bu tolalardan yuqori tezlikli tizimlarda,
shunigdek, oraliq punktlar soni kam bo‘lgan signallarni uzoq masofalarga uzatishda qo‘llaniladi. 12-rasmda turli tolalar uchun xromatik dispersiya qiymatining to‘lqin uzunligiga bog‘liqligi keltirilgan[2]. Uzatish liniyasining xromatik dispersiyasi qiymati quyidagilarga sezgir:
12-rasm. Xromatik dispersiyaning to‘lqin uzunligiga bogiiqligi:
1-toza kvars shishasining xromatik dispersiya xarakteristikasi;
2- siljigan dispersiyali tolaning xromatik dispersiya xarakteristikasi
WDM to'lqin uzunligi bo'yicha zichlashtirilgan tizimlarda xromatik dispersiyaga quyidagilar ta’sir qiladi:
—kanallar orasida qadamning kamayishi;
— kanallar sonining oshishi.
Xromatik dispersiyani kamaytirish uchun dispersiyani kompensatsiyalash usullaridan foydalaniladi.
8. Qutblangan moda dispersiyasi
Bir modali optik tolalarda, asosan, bitta asosiy moda uzatiladi. Biroq, qutblanishni hisobga olsak, bir modali tolalarda ikkita moda uzatiladi. Ular boshlang‘ich asosiy modaning o‘zaro perpendikulyar qutblangan ikki tashkil etuvchilaridir.
13-rasm. Qutblangan moda dispersiyasining hosil bo‘lishi
Bu tashkil etuvchilaridan biri dominant hisoblanib, gorizontal X o ‘qi bo'ylab, ikkinchisi vertikal yuzadan Y o‘qi bo‘ylab tarqaladi. X o‘qidan uzatilgan moda Y o‘qidan uzatilgan modaga nisbatan tez yetib borgani uchun X o‘qini “tez uzatadigan o‘q”, Y o‘qini “sekin uzatadigan o‘q” deyiladi. Signal ideal aniq geometriyaga ega toladan uzatilganda edi, modalar qabul qiluvchi punktga bir xii tezlik va bir xil vaqtda yetib borardi. Lekin, amaliyotda tolaning geometrik noidealligi, shuningdek, turli mexanik va optik omillar tufayli sindirish ko‘rsatkichlari assimetriyasining yuzaga kelishi sababli ikki o‘zaro perpendikulyar qutblangan modalar vaqt bo‘yicha turlicha kechikishi natijasida turli tezliklarda tarqaladi. Tola chiqishida boshlang‘ich signalning asosiy modasi buzilgan holda yetib keladi. Ikki o‘zaro perperdikulyar qutblangan tashkil etuvchi modalarning turli tezliklarda tarqalishidan boshlang‘ich signalning buzilgan holda qabul qilinishi qutblangan moda dispersiyasi (QMD) deyiladi. 13-rasmda QMD hosil bo‘lishi ko‘rsatilgan [2]. QMD hosil bo‘lishiga asosiy sabab — bu tola o‘zagi geometriyasining buzilishi va noidealligidir. Tola o'zagining noidealligi (ovalligining buzilishi), tola geometriyasining o ‘zgarishi ishlab chiqarish yoki foydalanish jarayonlarida yuzaga keladi. Shuningdek, tolaning bukilishlari, tolani jo ‘natish uchun maxsus g‘altaklarga o‘rash, so‘ng uni yotqizishdagi mexanik harakatlar tola profili yoki o‘zakning qobiq markazida joylashuvini buzadi va tola deformatsiyasiga olib keladi, bularning barchasi ham tola geometriyasining o‘zgarishiga ta’sir etib, qutblangan moda dispersiyasining hosil bo‘lishiga olib keladi. Qutblangan moda dispersiyasi pikosekund (ps) da o‘lchanadi. Tola defektlarining qo‘shilishi va qutblangan moda dispersiyasi bilan o‘zaro ta’sirda bo‘lishi natijasida seksiyadan seksiyagacha signal yetib borguncha qutblangan moda dispersiyasi ortib boradi. Tolani xarakterlovchi bunday holdagi qutblangan moda dispersiyasi ps/nm -1/2 da o‘lchanadi. Bir necha seksiyalardan iborat trassa uchun har bir uchastkalarga mos keluvchi qutblangan moda dispersiyalarining o‘rtacha kvadratik yig'indisini qo‘llash kerak.Tolali optik aloqa tizimlariga qutblangan moda dispersiyasining ta’siri ushbu hollarda oshadi:
— kanalda uzatish lezligi oshganda;
— regeneratorlar orasidagi masofa uzaytirilganda;
— kanallar soni oshganda (DWDM) — zich toiqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirilgan tcxnologiya qoilanilganda. Tolani ishlab chiqarish jarayonini qatiy nazoratga olish bilangina qutblangan moda dispersiyasi qiymatini kamaytirish mumkin.
Xulosa
Demak, Axborot uzatish sifatini yaxshilash uchun dispersiya qiymatlari iloji boricha minimal holatga olib kelish kerak, buning uchun dispersiya qiymatlari minimal bo’lgan DSF, NZDSF tolalarini qo’llash dispersiyani kamaytirish usullaridan biri ekan. O‘zbekiston Respublikasi tolali optik aloqa liniyalarida eng ko‘p yotqizilgan bu SF-standart tolali kabellardir. SF tolalarida yuqorida aytib o'tilgandek xromatik dispersiya qiymati katta. Standart tolali kabellarni olib tashlab, o‘rniga dispersiya qiymati kichik bo‘lgan DSF, NZDSF tolali optik kabellami yotqizish iqtisodiy jihatdan qimmatga tushadi. Shuning uchun bu usuldan yangi qurilayotgan tolali optik aloqa liniyalarini tuzishda foydalangan ma’qul. Eng ko‘p yotqizilgan standart tolali kabellar bo‘lgani uchun, bu tolalar qo‘llanilganda DSF (Dispersion Compensating Fiber) dispersiyani kompensatsiya qiluvchi tolallardan foydalanish kerak. DSF—dispersiyani kompensatsiyalovchi tolalardan, asosan, xromatik dispersiyani kamaytirishda, regeneratsiyalash seksiyasi uzunligini oshirishda, past tezlikdan yuqori tezlikli tizimlarga o ‘tishda, to’lqin uzunligi bo‘yicha
14-rasm. DSF yordamida dispersiyani kompensatsiyalash
zichlashtirilgan TOATda foydalaniladi. DSF tolalarida dispersiya qiymati manfiy katta qiymatlarga ega bo'ladi. Xromatik dispersiyasi musbat ishchi tolagadispersiyasi manfiy DSF tolalarini ulash natijasida dispersiya nolga yaqinlashadi, ya’ni kompensatsiya qilinadi (14-rasm). DSF tolalari “Corning”, “Lucent Technologies”, “Sumitomo Electric” kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilmoqda. Lekin DSF tolalarini qo’llash bir qancha muammolarni tug‘diradi:
— dispersiyasi musbat va manfiy turli tolalami ulash, montaj va ta'mirlashni murakkablashtiradi;
— DSF tolalari ishchi tolaga qaraganda katta yo‘qotishlarni yuzaga keltiradi, bu yo'qotishlar a= 0,4 -1,0 dB/km bo’lib, uzatish liniyasining umumiy yo‘qotishlariga qo‘shiladi;
— 10-12 km ishchi tolaning dispersiya qiymatini kompensatsiyalash uchun 1 km atrofida DSF tolalari talab etiladi;
— nochiziqli effektlarning oshishiga olib keladi.
Kompensatsiyalash samarali bo’lishi uchun ishchi tolaning umumiy dispersiya qiymati va DSF tolasining dispersiya parametrlarini o’lchash kerak. Kamchiliklarni yo‘qotish maqsadida DSF tolalari maxsus modullarga joylashtirilib, ular uzatish tizimlarining ustunlariga yoki optik kuchaytirgichlarning 1 va 2 kaskadlari orasiga qo‘yiladi. Bu dispersiyani kompensatsiyalovchi modullar DCM (Dispersion Sompensating Module) deyiladi. Dispersiyani kompensatsiya qiluvchi modullarning DCM o‘lchamlari har xil bo‘lishi mumkin. Masalan, “Corning” B turdagi modullari 235x235x40 mm, D turdagi 267x267x40 mm, C turdagi 278x432x44mm, “Sumitomo” firmasining 228x202x41 mm. Lekin, DCM qo‘llanilganda ham kamchiliklar mavjud:
— qo‘shimcha yo‘qotishga olib keladi;
— qutblangan moda dispersiyasi QMD qiymati oshib ketadi.
To‘lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirilgan tizimlarda va yuqori tezlikli tizimlarda QMD qutblangan moda dispersiyasi 0,1-0,2 ps/km -1/2 dan oshmasligi kerak. DCM modullari qo’llanganda yuqoridagi kamchiliklarni e’tiborga olish zarur.
Foydalanilgan adabiyotlar
Фриман P. Boлоконно-oптические системы связи. M. Texнocфepa, 2003.
Boлоконно-oптическая техника: Coвpeмeннoe cocтoяние и преспективы», 2-e издания.. 2005.
Optik aloqa asoslari / N. Yunusov [va boshq.]. O‘zbekiston
Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi — T.: ChoMpon
nomidagi NMIU, 2014.
Do'stlaringiz bilan baham: |