5-rasm. Turli optik tolalardan yorug‘lik nurining tarqalishi va ularning sindirish ko‘rsatkichlari ko‘rinishlari: a — k o ‘p modali, pog'onali sindirish ko'rsatkichli optik tola; b — k o ‘p modali, gradiyentli sindirish ko‘rsatkichli optik tola; d —bir modali, pog‘onali sindirish ko'rsatkichli optik tola.
6-rasm. Bir modali optik tolaning sindirish ko'rsatkichlari: a-pog'onali sindirish ko ‘rsatkichli bir modali standart (SF ) optik tola; b-maxsus uch tishli, W ko‘rinishga ega sindirish ko‘rsatkichli, dispersiyasi nolga siljigan bir modali optik tola
7-rasm. To‘lqin uzunligiga bog‘liq ravishda optik toladagi
so‘nishning o‘zgarishi
Nolinchi dispersiyali to'lqin uzunligini surish maxsus turdagi W ko'rinishdagi sindirish ko'rsatkichlarini qo’llash, ya’ni optik tola o‘zagini sindirish ko‘rsatkichlari turlicha bo’lgan ko‘p qatlamli qobiqlar bilan qoplash orqali hosil qilinadi. Ikki qatlamli qobiqlarni qo‘llab, DSF tolalari, to‘rt qatlamli qobiqlarni qo’llab, 1300 nm dan 1650 nm to’lqin uzunligida dispersiya qiymati |D|=1—6 ps/nm∙km bo’lgan NZDSF tolalari hosil qilingan. 8-rasmda dispersiyaning to’lqin uzunligiga va qobiqlar soniga bog’liqligi tasvirlangan [1]. Hozirgi kunda “Korning”, “Lyusent Texnolojiz”, “Alkatel”, firmalarining standart bir modali tolalari keng tarqalgan. NZDSF tolalarida esa l=1550 nm da dispersiya noldan farqli, ishorasi bir xil va 2-4 ps/nm∙km dan kichik bo’lmasligi kerak. Hozirgi kunda «Korning» firmasi SMF—LS, LEAF, «Lyusent Texnolojiz» True Wave deb belgilangan NZDSF tolalarini ishlab chiqarmoqda. Dispersiya qiymati kichik bo‘lganligi uchun bu tolalar to'lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirilgan uzatish tizimlarida qo’llaniladi.
8-rasm. Dispersiyaning to‘lqin uzunligi va qobiqlar soniga bog‘liqligi:
BQ — birinchi qobiq; IQ — ikkinchi qobiq; TQ — to‘rtinchi qobiq
Bir tashuvchili DSF — nolga teng bo'lgan siljigan dispersiyali tolalardan SDH (asosan, STM-6 va undan yuqori) tizimlarda foydalaniladi. «Fujikura» firmasining DSM 8/125, «Korning» firmasining SMF-DS shu turdagi tolalari ishlab chiqarilgan. Bir modali standart SF tolalari qo’llanilganda, dispersiya qiymatini kamaytirish kerak. Dispersiyani kamaytirish, regeneratsiyalash seksiyasi uzunligini oshirish, 2,5 Gbit/s tezlikdan yuqori 10 Gbit/s tezlikka o‘tish, shuningdek, to’lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirish usullaridan foydalanilganda dispersiyani kompensatsiya qiluvchi—DCF (Dispersion Compensating Fiber) tolalarni yoki dispersiyani kompensatsiya qiluvchi modullarni DCM (Dispersion Compensating Module) qoTlash kerak. Dispersiyani kompensatsiya qilish usullari quyida batafsil yoritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |