Reja: Kirish Asosiy qisim



Download 23,63 Kb.
Sana14.06.2022
Hajmi23,63 Kb.
#671372
Bog'liq
Sanoat portlovchi moddalarini sinash usullari


Mavzu: Sanoat portlovchi moddalarini sinash usullari
Reja:
1.Kirish
2.Asosiy qisim.
1.Sanoat PM sinash mudatlari.
2.Sanoat PM larin sinash usullari.
3.Gyess usuli boyicha sanoat PM larning brizantligini aniqlash.
4.Xulosa
5.Foydalanilgan adabiyotlar.
Sanoat portlovchi moddalari (portlatish vositalari ham) ma’lum muddatlarda sinab turiladi: 1. Tarkibida suyuq nitroefirlar 15% dan ko‘p bo‘lgan va qo‘llanilish sharoiti bo‘yicha III, IV, V, VI sinflarga kiruvchi saqlagichli portlovchi moddalar kafolat muddati tugagandan so‘ng va har oyda bir marta tekshirib turiladi; 2. Tarkibida suyuq nitroefirlar 15% gacha bo‘lgan qo‘llanish sharoiti bo‘yicha I va II sinfga kiruvchi saqlagichsiz portlovchi moddalar kafolat muddati tugagandan so‘ng va har 3 oyda bir marta tekshirib turiladi; 3. Portlatish vositalari kafolat muddati tugagandan so‘ng va bir yilda bir marta tekshiriladi; 4. Agar portlovchi moddaning to‘liq portlashiga shubha uyg‘onadigan bo‘lsa yoki portlatish ishlarida «rad» (отказ) kuzatiladigan bo‘lsa, saqlash muddatidan qat’iy nazar barcha turdagi portlovchi moddalar va portlatish vositalari tekshirib ko‘riladi. Portlovchi moddalarni tekshirish, ularni portlatib ko‘rish orqali amalga oshiriladi. Bunda portlatish ishlari portlovchi materiallar saqlanadigan ombordan kamida 200m masofada joylashgan maxsus poligonda amalga oshiriladi. Bunda portlatishni amalga oshirayotgan xodim (portlatuvchi yoki portlatish ishlari ustasi) portlash amalga oshirilayotgan joydan kamida 50m masofada maxsus panagohda joylashishi kerak. Portlovchi moddalar va portlatish vositalari quyidagi usullar yordamida tekshiriladi.


  1. Tashqi ko‘zdan kechirish. Ushbu usul barcha turdagi portlovchi materiallarga taalluqli bo‘lib, yashiklarda saqlanadigan portlovchi moddalar va portlatish vositalarining qadog‘idagi plomba bog‘lami va yozuvlarining buzilmaganligini ko‘zdan kechirish maqsadida olib boriladi. Tashqi ko‘zdan kechirishda kamchilik aniqlangan yashik ichidagi qadoqlar butunligi tekshirib ko‘riladi. Agar yashik ichidagi qadoqlangan portlovchi material qadog‘ida kamchiliklar aniqlansa uning massasi tekshirib ko‘riladi. Agar hujjatda ko‘rsatilgan va haqiqiy massasi orasida farq kuzatilsa reklamatsion dalolatnoma tuziladi va birinchi nusxasi ishlab chiqaruvchi zavodga ikkinchi nusxasi “Sanoat xavfsizligi” Davlat Inspeksiyasining mahalliy idoralariga jo‘natiladi, uchinchi nusxasi esa omborxonada saqlanadi. 2. Patronlangan portlovchi moddalarni tekshirish. Patronlangan portlovchi moddalar (asosan, yer osti kon ishlarida qo‘llaniladi) bir-biriga detonatsiyani uzatishi bo‘yicha tekshirib ko‘riladi. Bunda kamida uchta patron tanlab olinadi va bir-biridan bir xil masofada simmetrik holda gorizontal joylashtiriladi. Bunda patronlarni yumshoq grunt ustiga joylashtirish tavsiya qilinadi. Grunt ustiga joylashtirilgan patronlarning birinchisiga yoki uchinchisiga kapsul detonator hamda olov o‘tkazuvchi shpur ulanadi va portlatish amalga oshiriladi. Sinash amalga oshirilgandan so‘ng grunt yuzasida hosil bo‘ladigan chuqurliklar sonining patronlar soniga mosligi tekshirib ko‘riladi. Agar sinash vaqtida birorta patron portlamay qolsa sinash 6 ta patronda amalga oshirib ko‘riladi (ya’ni, 3 tadan 2 marta amalga oshirilishi kerak). Agar 6 ta patrondan bittasida «rad» kuzatilsa ham portlovchi moddaning ushbu partiyasi yaroqsiz deb topiladi va mos holda yuqoridagi tartibda dalolatnoma tuzilib tegishli organlarga jo‘natiladi. 3. Suvga chidamli portlovchi moddalar, detonatsiya uzatishini tekshirish. Bunda portlovchi moddalar patron ichiga joylashtirilib vertikal holatda 1m chuqurlikdagi suvda 1 soat davomida ushlab turiladi va portlatib ko‘riladi. 4. Portlovchi modda tarkibidagi namlikni aniqlash. Portlovchi modda tarkibidagi namlikni aniqlash uchun kamida 5 ta pachka ichidagi portlovchi modda to‘kiladi va yaxshilab aralashtiriladi va 10 gr namuna olinadi, 10 gr namuna texnik tarozida o‘lchanadi va elektr quritish shkafida 4-6 soat davomida 60-700C haroratda quritiladi hamda quritishdan keyin texnik tarozida vazni tekshirib ko‘riladi. 5. Elektrodetonatorlarni tekshirish. Elektrodetonatorlar dastlab tashqi ko‘zdan kechiriladi. Bunda kamida 2 ta yashik ochiladi va ularning ichidan kamida 20 ta karobka olinadi. Ushbu karobkalar ichidan jami 200 ta elektrodetonatorlar tanlab olinadi va tashqi ko‘zdan kechiriladi. Agar elektrodetonator metal gilzali bo‘lsa, gilzada har xil oksidlanishlar, ifloslanishlar va zang bor-yo‘qligi tekshiriladi. Agar qog‘oz gilzali bo‘lsa yelimining butunligi tekshiriladi. Elektrodetonatorlarni tekshirish vaqtida hatto yengil siqib ko‘rish, simlari izolyatsiyasini ochib ko‘rish va simlar uchlarini ifloslantirish ta’qiqlanadi. Tanlab olingan elektrodetonatorlarni tekshirish jarayonida kamchiliklar kuzatiladigan bo‘lsa dalolatnoma tuziladi va tegishli organlarga jo‘natiladi. Bunda butun partiya yaroqsiz deb topiladi. Ushbu yaroqsiz deb topilgan elektrodetonatorlardan foydalanish masalasi ishlab chiqaruvchi zavod xodimi ishtirokida tuzilgan maxsus komissiya xulosasi asosida aniqlanadi. Elektrodetonatorlar elektr qarshiligini tekshirish sarflovchi omborlarda amalga oshiriladi. Bunda elektrodetonator qarshiligining uning etiketkasida ko‘rsatilgan qarshiligiga mosligi tekshiriladi. Elektrodetonatorlar guruhini birgalikda portlashga sinab ko‘riladi. Bunda har bir partiyadan 60 tadan elektrodetonatorlar olinib portlatib ko‘riladi. Unda ajratib olingan 60 ta elektrodetonator 20 tadan qilib 3 ta guruhga ajratiladi va tuproqli joyda ( yumshoq) bir-biridan 30-50 sm masofdada bir-biriga ketma-ket qilib ulanadi. Shundan so‘ng maxsus metal kurakcha yordamida har bir elektrodetonator orasi ro‘parasida chuqurcha hosil qilinadi va ushbu chuqurchalarga elektrodetonatorlar butun uzunligi bo‘yicha botirib vertikal holatda joylashtiriladi. Agar sinash ishlari qishki mavsumda amalga oshirilsa, elektrodetonatorlarni maxsus stakanlarga joylashtirish mumkin (bunda metal stakan diametri 10 sm dan kichik bo‘lmasligi kerak). Shundan so‘ng har bir guruhdagi elektrodetonatorlarning umumiy qarshiligi P-353 ommetri yordamida aniqlanadi. Shundan so‘ng 50 m masofadan turib portlatiladi, bunda har bir guruh alohida portlatiladi va har bir guruhga beriladigan tok kuchi 2 A dan oshmasligi lozim. Tok manbaiga ulangan guruhdagi elektr detonatorlarning barchasi portlashi shart. Elektr detonatorlar barchasi portlaganligi to‘g‘risidagi ma’lumot sinash o‘tkazilgan gruntda hosil bo‘ladigan varonkalar soni yoki metal stakanlarda qolgan qoldiq elektr detonatorlar soni bo‘yicha aniqlanadi.

Detonatsiyalovchi shnurni tekshirish Detonatsiyalovchi shnurlar partiyasidan 1 ta yashik ochilib yashik ichidagi buxtalar tashqi ko‘zdan kechiriladi. Bunda quyidagi kamchiliklar tekshiriladi: o‘ramlar buzilganligi; detonatsiyalovchi shnur o‘ramlarida singan joylari mavjudligi; detonatsiyalovchi shnur o‘ramlaridagi ingichkalashish yoki yo‘g‘onlashish hududlari mavjudligi tekshiriladi. Agar tekshirilayotgan buxtalarning 10% dan ko‘prog‘ida kamchiliklar aniqlansa detonatsiyalovchi shnur partiyasi yaroqsiz deb topiladi. Detonatsiyalovchi shnurni detonatsiya uzatishga tekshirish. Buning uchun 3 ta buxtaning har biridan 100m dan detonatsiyalovchi shnur olinadi. Har bir shnur bo‘lagidan 1m dan uzunlikda 5 ta bo‘lak qirqib olinadi va quyidagi sxema bo‘yicha ulanadi: 1-rasm. Portlatib sinashda detonatsiyalovchi shnurni ulash sxemasi Bunda detonatsiyalovchi shnur bo‘lagining qolgan 95 m uzunlikdagi qismi magistral liniya vazifasini bajaradi. Detonatsiyalovchi shnurga boshlang‘ich impuls beriladi va detonatsiyalovchi shnurga ulangan detonatsiyalovchi shnur bo‘laklarining to‘liq detonatsiyalanishi tekshiriladi. Bunda uchta guruhning birortasi portlamay qolsa yoki detonatsiyalovchi shnurga ulangan. Detonatsiyalovchi shnurdan kamida 2 tasi portlamay qolsa yaroqsiz deb topiladi. Detonatsiyalovchi shnurni suvga chidamlilikka tekshirish. Agar portlatish ishlari nam sharoitda olib borilsa detonatsiyalovchi shnur buxtasi 1m chuqurlikdagi suvda 1 soat davomida, agar portlatish ishlari suvli sharoitda amalga oshirilsa 4 soat davomida suvda ushlab turiladi va yuqoridagi tartibda tekshiriladi. Bunda detonatsiyalovchi shnur uchlari suv o‘tkazmaydigan material bilan o‘ralishi shart. Agar sinash ishlarida «rad» kuzatilsa bunday detonatsiyalovchi shnur quruq sharoitlarda qo‘llanilishga yaroqli deb topiladi. Moyga chidamlilikka tekshirish. Portlash ishlarida suyuq nitroefirlar asosida hosil qilingan portlovchi moddalarning qo‘llanilishi detonatsiyalovchi shnurni moyga chidamlilikka tekshirishni taqozo etadi. Bunda detonatsiyalovchi shnur portlovchi modda tarkibiga qo‘shiladigan suyuq yoqilg‘iga kamida 1m chuqurlikka botirib qo‘yiladi, bunda olov o‘tkazuvchi shnur uchlari moyga botirilmaydi, tashqarida turadi. Moyda ushlab turish vaqti davomiyligi detonatsiyalovchi shnur portlatish ishlarida zaryadlangandan so‘ng qancha vaqt davomida saqlansa shuncha vaqt davom etadi. Shundan so‘ng detonatsiyalovchi shnur po‘stlog‘ining butunligi tekshiriladi. Agar kamchilik aniqlansa boshqa turdagi portlovchi modda portlatish uchun qo‘llaniladi. Detonatsiyalovchi shnurni yuqori va past haroratga tekshirish. Detonatsiyalovchi shnur +600C haroratga chidamli bo‘lishi talab etiladi. Buning uchun detonatsiyalovchi shnur maxsus termostatlarda 600C haroratda 4 soat davomida ushlab turiladi. Agar portlatish ishlari -150C haroratdan past haroratda olib borilsa xuddi shu haroratda 2 soat davomida ushlab turiladi va portlatib ko‘riladi. Agar portlatishda «rad» kuzatiladigan bo‘lsa -150C dan yuqori haroratda tekshiriladi. Olov o‘tkazuvchi shnurni tekshirish. Olov o‘tkazuvchi shnur ham dastlab tashqi ko‘zdan kechiriladi. Bunda bitta yashik ichidagi barcha buxtalar tekshirib ko‘riladi. Agar ko‘zdan kechirishda kamchiliklar aniqlansa olov o‘tkazuvchi shnur partiyasi yaroqsiz deb topiladi. Kamchilik aniqlangan buxtalar yondirib yo‘q qilinadi. Tashqi ko‘zdan kechirib bo‘lingan buxtalarning yaroqli deb topilgan qismidan 2 %i tanlab olinadi va boshqa xossalari tekshirib ko‘riladi. Olov o‘tkazuvchi shnurni to‘liq yonishini tekshirish uchun olov o‘tkazuvchi shnurdan 5 sm bo‘lakcha qirqib olinadi va yondiriladi. Bunda olov o‘tkazuvchi shnur bo‘lagi to‘liq yonishi kerak. Olov o‘tkazuvchi shnur yonish tezligini tekshirish uchun har bir buxtadan 60 sm dan bo‘lakcha qirqib olinadi va yonish tezligi sekundomer yordamida o‘lchanadi. Bunda 60 sm uzunlikdagi bo‘lak yonish vaqti davomiyligi 60 sek dan 70 sek oraliqda bo‘lishi lozim. Agar birortasida farq kuzatilsa tekshirish ishlari 2 marta olib boriladi. Olov o‘tkazuvchi shnurni suvga chidamlilikka tekshirish. Buning olov o‘tkazuvchi shnur 1m chuqurlikdagi suvga botirib qo‘yiladi. Suvda saqlash vaqti davomiyligi OШA markali olov o‘tkazuvchi shnur uchun 1 soat ushlab turiladi, OШДA va OШП markali olov o‘tkazuvchi shnur uchun 4 soat ushlab turiladi. Shuningdek olov o‘tkazuvchi shnur ham xuddi detonatsiyalovchi shnur singari moyga chidamlilikka tekshiriladi. Sanoat portlovchi moddalari detonatsiya tezligini Dotrish usuli yordamida aniqlash. Ushbu usul detanatsiya tezligi ma’lum bo‘lgan detanasiyalovchi shnur detanatsiya tezligi bilan sinalayotgan portlovchi modda detanatsiya tezligini bir-biriga taqqoslashga asoslangan. Unga ko‘ra diametri 31±1 mm va uzunligi 300 mm bo‘lgan gilza tayyorlanadi (silindrik) va ushbu gilzada bir-biridan 200 mm masofada joylashgan 2 ta tuynuk (tirqish)cha hosil qilinadi. Ushbu tuynuk (tirqish)chalarga detanatsiyalovchi shnurlar uchlari mahkamlanadi. Detonatsiyalovchi shnur bo‘laklarining qolgan 2 ta uchlari qalinligi 0.3-0.5 mm bo‘lgan qattiq plastikga va qalinligi 10 mm bo‘lgan qog‘oz prokladka orasiga izayatsiyalovchi lenta yordamida mahkamlanadi. Shundan so‘ng portlovchi modda zaryadiga kapsul detonator tushuriladi. Bunda kapsul detonatordan tuynukchagacha bo‘lgan masofa 80-100 mm atrofida bo‘lishi kerak. Kapsul detonator portlatilgandan so‘ng sinalayotgan portlovchi modda zaryadi bo‘ylab detanatsiya to‘lqini tarqalishi kuzatiladi. Bunda detonatsiya zaryad bo‘ylab va detanatsiyalovchi shnur bo‘laklari bo‘ylab bir xil tezlikda tarqaladi. Detonatsiyalovchi shnur bo‘laklari uzunligini shunday tanlash kerakki (odatda detonatsiyalovchi shnur bo‘laklariining uzunligi 0.5-1.1 m qilib olinadi) ikkala shnur bo‘laklari detanatsiyaga uchrashi natijasida hosil bo‘lgan detanatsiya to‘lqinlari qattiq plastinka hududida uchrashishi lozim.
Sanoat portlovchi moddalarining brizantligini aniqash. Sanoat portlovchi moddalarining brizantligini aniqlash Gess usuli yordamida aniqlanadi. Ushbu usulga asosan balandligi 60 mm va diametri 40 mm bo‘lgan qo‘rg‘oshin ustunchasi tayyorlanadi (4-rasm). Uning ustiga diametri 40 mm bo‘lgan qog‘oz patron ichiga 25 200 200 125 1 2 4 3 а) б) 3- rasm. Trautsli usuli bo‘yicha qo‘rg‘oshin bombasi yordamida sanoat portlovchi moddalari ish bajarish qobiliyatini aniqlash sxemasi: а)- portlashgacha; б)- portlatilgandan so‘ng; 1-qo‘rg‘oshin bombasi; 2-portlovchi modda zaryadi; 3- ED; 4- zaboyka. massasi 50 gr bo‘lgan portlovchi modda zaryadi 1 gr/sm3 zichlikda joylashtiriladi. Bunda zaryad va ustuncha orasiga qalinligi 10 mm bo‘lgan va diametri 41 mm bo‘lgan po‘lat plastinka joylashtiriladi. Portlatish ishlarini olib borishda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida mazkur konstruksiya qalinligi 20 mm dan kam bo‘lmagan metall material yordamida mustahkamlanadi. Portlovchi modda zaryadiga elektrodetonator yoki kapsul detonator tushurilib portlatiladi. Portlashdan so‘ng qo‘rg‘oshin ustunchasining yuqori qismi qo‘ziqorinsimon ko‘rinishga ega bo‘ladi. Portlovchi moddaning brizantligi qo‘rg‘oshin ustunchasi portlashidan oldingi va keyingi balandliklari orasidagi farq bilan xarakterlanadi. Bunda portlashdan keyingi balandlikni aniqlashda qo‘rg‘oshin ustunchasining xarakterli nuqtalarining balandliklari o‘lchanadi va o‘rtacha qiymat olinadi.

Xulosa
Xulosa: Mazkur usul Trautsli tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, unga muvofiq balandligi va diametri 200 mm bo‘lgan qo‘rg‘oshin bombasi tayyorlanadi, so‘ngra ushbu qo‘rg‘oshin bombasining markazidan diametri 25 mm va chuqurligi 125 mm bo‘lgan kanal (shpur) hosil qilinadi (3-rasm). Maskur kanalga ish bajarilishi qobiliyati tekshirilishi lozim bo‘lgan portlovchi moddadan 10 gr miqdorda zaryad joylashtiriladi. Odatda mazkur zaryad yupqa qog‘ozdan tayyorlangan patron ichiga joylashtiiladi. Bunda zaryad zichligi 1 gr/sm3 bo‘lishi kerak. Zaryadni portlatish uchun kapsul detonator yoki elektr detonatordan foydalaniladi. Shundan so‘ng kanalning tepa qismi kvartsli qum yordamida zaboyka qilinadi. Bunda qumning maydaligi 1 sm2 yuzada 144 ta ko‘zi bo‘lgan elakdan o‘tgan bo‘lishi kerak. Portlatish ishlari olib borilgandan so‘ng qo‘rg‘oshin bomba markazidagi kanal ko‘rinishi noksimon ko‘rinishga kelib qoladi. Portlashdan so‘ng hosil bo‘ladigan noksimon ko‘rinishdagi bo‘shliqning hajmi unga distillangan suv quyish orqali aniqlanadi.


Foydalanilgan adabiyotlar.


1. Россинский H.A., Нагайченков М.А. Мастер взрывник. «Недра», М., 1998.
2. Иванов К.И., Латышев В.А., Андреев В.Д. Техника бурения при разработке полезных ископаемых. «Недра». М., 1987.
3. Кутузов Б.И. Разрушение горных пород взрывом. Издательство МГТУ, 1994.
4. Единые правила безопасности при взрывных работах. НПО ОБТ, М .,1992.
5. Мангуш С.К., Крупов Г.М. Взрывные работы при подземной разработке полезных ископаемых. М., ЛГИ, 2000.
6. Мангуш С.К. Взрывные работы при проведении подземных горных выработок. Издательство ММГУ, М., 1999. 7. Грабчак А.Г., Брылов А.С. Проведение горно разведочных работ и основы разработки месторождений полезных ископаемых. «Недра», М.
Download 23,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish