Reja Kirish Asosiy qisim


Xususan, Markaziy bank iqtisodiyotdagi va bank tizimidagi holatdan kelib chiqib, ochiq bozor operatsiyalari turlari va hajmlarini belgilaydi, ular qatoriga



Download 259 Kb.
bet14/16
Sana14.06.2022
Hajmi259 Kb.
#670459
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
O`zbekiston Respulikasida Pul -kredit siyosati va uning tahlili

Xususan, Markaziy bank iqtisodiyotdagi va bank tizimidagi holatdan kelib chiqib, ochiq bozor operatsiyalari turlari va hajmlarini belgilaydi, ular qatoriga:

  • o‘zgarmas va o‘zgaruvchan stavkada cheklangan hajmdagi kimoshdi savdolari;

  • garov ta’minoti asosida milliy valyutada kreditlar berish;

  • davlat qarz majburiyatlari chiqarilishi bilan ular bo‘yicha RYePO operatsiyalari;

  • milliy valyutadagi muddatli depozitlar va boshqalar kiradi.

Ochiq bozor operatsiyalarini o‘tkazishda asosiy e’tibor o‘tkaziladigan operatsiya muddatlarining likvidlik maqsadli darajasi bilan muvofiqlashtirish, bozorni yanada rivojlantirish, operatsiyalarni amalga oshirish jarayonlarining ishonchliligi va shaffofligini ta’minlash qabi vazifalarga qaratiladi.Qayd etish lozimki, respublikamizda 1996 yildan 2011 yilgacha davlat qimmatli qog‘ozlari muomalaga chiqarilib ular tijorat banklari o‘rtasida joylashtirilgan. 2012 yilga kelib davlat qimmatli qog‘ozlarini muomalaga chiqarilishi to‘xtatilgan.Davlat qimmatli qog‘ozlarini muomalaga chiqarish, joylashtirish va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha barcha imkoniyatlar mavjud bo‘lib, bu borada yetarlicha tajriba shakllangan.Xalqaro amaliyotda davlat qimmatli qog‘ozlarining doimiy muomalada bo‘lishi nafaqat davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirishning maqbul yo‘li, balki mamlakat moliya bozorini rivojlantirishning muhim instrumenti bo‘lib hisoblanadi.O‘z navbatida, Markaziy bank ochiq bozor operatsiyalarini faollashtirish maqsadida 2018 yilda davlat qimmatli qog‘ozlarini muomalaga chiqarish borasida Moliya vazirligi bilan tegishli tadbirlarni amalga oshiradi.Shu bilan birga, Markaziy bank operatsiyalarini takomillashtirishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish ishlari davom ettiriladi.

Xulosa va takliflar


Asosiy makroiqtisodiy hisoblar orasida pul-kredit hisoblari bir qancha sabablarga ko‘ra muhim rol o‘ynaydi.
Birinchidan, asosida pul yotgan bozor iqtisodiyotida moliyaviy tizim sektorlararo resurslar oqib o‘tadigan vositachi vazifasini bajaradi. Pul-kredit sektori iqtisodiyotdagi barcha moliyaviy oqimlar bo‘yicha hisob-kitob markazi hisoblanib, ushbu sektorning hisoblarida moddiy resurslarni sektorlararo harakatini ifodalaydigan oqimlar dinamikasini aks etadi.  Pul, pul aylanishi, pul tizimi iqtisоdiyotning eng asоsiy markaziy muammоlaridan biri, ya’ni «qоn tоmiri» hisоblanadi. Pul tizimining to`g`ri faоliyati darоmadlar va хarajatlarning dоiraviy aylanishiga hayotiy kuch bеradi. Ayni vaqtda yagona elektron platforma Markaziy bankning bozor operatsiyalari orqali qisqa muddatli foiz stavkalariga tezkor ta’sir ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytiradi va pul-kredit siyosati uzatish mexanizmining foiz kanali ta’sirini kuchaytiradi.Inflyatsion targetlash rejimida pul-kredit sohasida amalga oshiriladigan choralar shaffofligini oshirishga va asossiz inflyatsion kutilmalarning oldini olishga qaratilgan kommunikatsion kanalining amal qilishi muhim ahamiyat kasb etadi.Shundan kelib chiqqan holda, Markaziy bank qabul qilinayotgan qarorlar sabablari hamda mohiyatini elektron va bosma ommaviy axborot vositalari orqali aholi va biznes hamjamiyatiga tushuntirish bo‘yicha faol ish olib boradi.Pul-kredit siyosati sohasida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar va kutilayotgan natijalarni keng jamoatchilikka yetkazish va ular tomonidan ma’lumotlarni to‘g‘ri qabul qilinishini ta’minlash maqsadida e’lon qilinadigan axborotlarda soha mutaxassisi bo‘lmaganlar uchun tushunarli bo‘lgan til va atamalardan foydalaniladi.Shu bilan birga, aholining moliyaviy savodxonligini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar ko‘lami kengaytirib boriladi Pul-kredit siyosatini amalga oshirishning aniq strategiyasini ishlab chiqish va uning instrumentlaridan samarali foydalanish vazifasi ko‘p jihatdan Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladigan tahlil va prognozlar sifatiga bog‘liq.Puxta ishlab chiqilgan makroiqtisodiy prognozlarga asoslangan pul-kredit siyosati ichki moliya bozorlaridagi noaniqliklarni kamaytiradi, qabul qilinayotgan qarorlar mohiyatini tushuntirishni yengillashtiradi va uning yo‘nalishlarini oldindan aniqlash imkonini yaratadi.Bugungi kunda Markaziy bank xalqaro amaliyotlar asosida prognozlash ishlarini tashkil etishning boshlang‘ich bosqichida turibdi. Bunda inflyatsiya darajasini prognozlashning dastlabki modellarini tuzish borasida ilk qadamlar tashlangan.Xususan, ARIMA (avtoregressiya – suzuvchi o‘rtachaning integrallashgan modeli) modelida iste’mol narxlarining guruhlashtirilgan indeksini qo‘llash va sinovdan o‘tkazish boshlandi.Shu bilan birga, OLS (eng kichkina kvadratlar usuli) i VAR (vektorli avtoregressiya) modellari ham qo‘llanmoqda.2018-2021 yillarda inflyatsiya va bank tizimidagi likvidlilikni omillar bo‘yicha tahlil qilish, to‘lov balansi statistikasini zamonaviy usullar asosida tuzish, asosiy makroiqtisodiy hamda pul-kredit ko‘rsatkichlarini prognozlash va modellashtirish instrumentlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlar yanada kuchaytiriladi. Zaruriy ma’lumotlar bazasini shakllantirish bilan bir qatorda yarimtarkibiy va tarkibiy modellar asosida qo‘llaniladigan modellar ro‘yxatini kengaytirish ko‘zda tutilmoqda.Shu bilan birga, Markaziy bank tomonidan 2018 yildan boshlab iqtisodiyotdagi inflyatsion kutilmalarni aniqlash borasida o‘tkazilayotgan so‘rovlar va kuzatuvlar inflyatsion xatarlarni chuqur o‘rganish, pul-kredit siyosatini ishlab chiqish va samarali amalga oshirishda ko‘mak beradi.Markaziy bank xalqaro moliya institutlari va xorijiy mamlakatlar markaziy banklari bilan ham hamkorlikni sifat jihatdan yangi darajada davom ettiradi.Pul-kredit siyosatini takomillashtirish va uning instrumentlari rolini kuchaytirish, bank tizimi likvidligini tahlil qilish va prognozlash hamda pul bozoridagi operatsiyalar samaradorligini oshirish maqsadida 2018-2021 yillarda Xalqaro valyuta jamg‘armasining maxsus texnik missiyalarini jalb qilish, xorijiy mamlakatlar markaziy banklari ilg‘or tajribasini o‘rganish va o‘zaro tajriba almashish amaliyotini kengaytirish ko‘zda tutilmoqda.


Download 259 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish