Reja: Kirish 1-bob. Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning zamonaviy konsepsiyalari


Raqamli iqtisodiyotda kognitiv texnologiyalari



Download 394,46 Kb.
bet10/11
Sana12.07.2022
Hajmi394,46 Kb.
#778974
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyotda boshqaruv qarorlarini qabul qilish mezonlari

2.3. Raqamli iqtisodiyotda kognitiv texnologiyalari
“Kognitiv" so‘zi cognitio (lot . "bilmoq") so‘zidan olingan. Kognitiv fan bilish jarayonini – biz dunyoni qanday qabul qi-lishimiz, qanday fikrlashimiz, nimalarga e’tibor berishimizni o‘rgatadi. Uning kashfiyotlari asosida kognitiv texnologiyalar yaratiladi – bizning holatlarimizni hisobga oladigan, bizning e’tiborimizga e’tibor beradigan va hatto miyamizning ishlashini kuzatadigan qurilmalar, ya’ni kognitiv texnologiyalar bizning bilimimiz bilan "ishlaydigan" texnologiyalar: e’tiborimizni baholaydigan, ahvo-limizni, miyning faoliyatini kuzatib boradigan va odamni "tushu-nishga" harakat qiladigan texnologiyalar.
Qisqacha tarixi
So‘nggi yillarda kognitiv jarayonlarni o‘rganishga qiziqish tobora ortib bormoqda. XX asrning 50-yillari boshlariga qadar falsafa va mantiq bo‘yicha asarlarda bilimlar nazariyasiga
oid masalalar ko‘rib chiqilgan. XX asrning 50 yillarning bosh-larida o‘rganish mexanizmlarini psixologiya mutaxassislar tomo-nidan tadqiq qilingan. Birinchi tadqiqotlar idrok mexanizmlarini o‘rganishga bag‘ishlandi.
Hozirgi vaqtda yanada murakkab kognitiv mexanizmlar o‘rganilmoqda, masalan: qarorlarni qabul qilish mexanizmi, o‘rganish, xotira va boshqalar.
Bilim mexanizmlarini psixologik va neyrofiziologik tadqiqotlar ma’lumotlariga asoslanib, bilish hodisasini o‘rganishga tabiiy yondashuv kognitologiya deb nomlandi .
Hozirgi kunda kognitologiya tsivilizatsiyaning strategik vazi-falaridan birini hal qilish uchun zarur bo‘lgan muhim tadqiqot obyekti bo‘lib kelmoqda, uning maqsadi ongli shaxsni boshqarish va insonparvar robotlarni yaratish usullarini ishlab chiqishdir.
Kognitiv texnologiya
Kognitiv texnologiyalar deganda bilim, tajriba, aloqa va qarorlarni ishlab chiqish uchun va faollashtirish uchun aqlli tizim-larni ratsionalizatsiya qilish va shakllantirish uchun keng ko‘lamdagi texnologiyalar tushuniladi.
Kognitiv texnologiyalar tabiiy va sun’iy intellektual tizim-larning tashkil etilishi va ishlash tamoyillarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi. Ular matematik usullar, algoritmlar va komp-yuter texnologiyalar majmuasi bo‘libaqlli dasturiy-apparat tiz-imlarni yaratadi, tabiiy tilni, shaklini aniqla oladi, tizimlarni dina-mik organish, gipotezalarni tuzish, baholash va boshqa masala-larni hal etadi.
Kognitiv texnologiyalarning mohiyati - odam olingan ma’lumotni qanday qabul qilishi va ishlov berishni, qaysi shakllarni (kognitiv sxemalar)ni yarata olishini topishdan iborat. Kognitiv texnologiyalar anglashdan farq qiladi, chunki an-glash yangi axborot muhitida yuzaga keladi. Bu nafaqat odamlar, tabiat, texnologiya, kitoblar, balki kompyuterlar va tarmoqlar (ijtimoiy va kompyuter).

Ushbu texnologiyalarni rivojlantirishning eng istiqbolli yo‘nalishlari quyidagilar:


 inson qobiliyatini, shu jumladan aqlni, xotirani rivojlan-tirish uchun mo‘ljallangan kognitiv dorilar;
 kognitiv yordamchilar – turli vaziyatlarda moslashuvchan qo‘llab-quvvatlash tizimlari (kirishni boshqarish, avtopilot);
 "miya - kompyuter" shaklidagi virtual interfeyslar – intui-tiv, kompyuter tizimlarini boshqarish uchun hamma uchun ochiq.
Institute of Development Studies (IDS) ning baholari boyicha yaqin yillarda kognitiv texnologiyalar jahon bozori har yili 55% o‘rtacha o‘sadi va XXI asrning 20-chi yillarda $ 31,3 milliardga yetadi.
Bundan tashqari, bozorning 40% dan ko‘prog‘ini dasturiy ta’minot egallaydi: matnlarni va boshqa materiallarni tahlil qilish uchun ilovalar, qidirish, mashinani o‘rganish, toifalashtirish, gi-poteza (faraz) ni yaratish, navigatsiya (yo‘l qursatish), shuning-dek, aqlli dasturlarni ishlab chiqishga mo‘ljallangan bilim platfor-malari.
Kognitiv tizimlarning global xaridlarining qariyb 20 foi-zi bank sektoriga to‘g‘ri keladi. Banklarda bu tizimlar firibgarlikni aniqlash, tahlil qilish va tahdidlarni avtomatlashtirish, shuning-dek, tavsiyalar berish uchun ishlatiladi. Xarid qilish bo‘yicha ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni savdo tashkil etadi, bu erda kog-nitiv tizimlar mijozlarga xizmat ko‘rsatish, savdo va sog‘liqni saqlashning avtomatlashtirilgan agentlari ishini ta’minlaydi, bu yerda diagnostika va davolash tizimlarida qo‘llaniladi.

XULOSA
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya exnologiyalarini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar iqtisodiyot tarmoqlarini raqamlashtirishda, shu jumladan elektron tijoratni rivojlantirishda muayyan natijalarga erishish imkonini berdi. Shunga qaramay, mamlakatda elektron tijoratning to‘laqonli bozorini yaratishga, tovarlar (xizmatlar) ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalarning tashqi bozorlarga chiqishiga to‘siq bo‘layotgan qator muammo va kamchiliklar saqlanib qolmoqda. Elektron tijorat sohasidagi munosabatlarni huquqiy tartibga solishning amaldagi tizimi soha taraqqiyotining jadal sur’atlardagi o‘zgarishlariga mos kelmaydi va o‘z navbatida aholi keng qatlami va tadbirkorlik subyektlari uchun elektron tijoratdan foydalanish imkonini ta’minlamaydi, mahalliy tadbirkorlik subyektlariga tashqi bozor-larda to‘liq raqobatlashish, shuningdek, xarajatlarni optimallash-tirish imkonini bermayotgan elektron tijorat orqali tovarlar (xizmatlar)ni eksport qilishning eskirgan byurokratik to‘siqlari saqlanib qoldi.


Download 394,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish