Raqamli platforma infratuzilmasi
Raqamli infratuzilma platformaning ekotizim texnologik ele-mentlariga quyidagila kiradi: axborot manbalari, axborotni yet-kazib berish vositalari, ma’lumotlarni saqlash, yig‘ish va boyitish vositalari, instrumental raqamli platforma(yoki bunday platforma-lar majmuasi) va uni ochish infratuzilmasi, IT – xizmatlar (instru-mental raqamli platforma asosida dasturiy echimlarni), platformali IT-xizmatlarni ishlab chiqish va integratsiya qilish vositalari.
Raqamli platformaning infratuzilmasini aniqlash nuqtai nazaridan, IT-servis (sohaviy IT-xizmati) deganda infratuzilman-ing raqamli platformasi zahirasida saqlanadigan raqamli ma’lumotlarga asoslanib, tadbirkorlik subyektining o‘ziga xos bo‘lgan vazifalarini hal qiladigan, infratuzilma raqamli platfor-masi ekotizimi doirasida yaratilgan va ishlaydigan ixtisoslashtiril-gan dasturiy yechim tushuniladi.
IT - xizmati ma’lumotni qayta ishlash uchun funksiya va interfeyslardan foydalanadi, shu jumladan, raqamli platformada infratuzilmaning texnologik asosining tarkibiy qismi bo‘lgan instrumental raqamli platformada amalga oshiriladigan raqamli ma’lumotlarni qayta ishlash texnologiyalaridan foydalanadi.
Infratuzilmaliraqamli platformasi bilan bog‘liq aloqalarning asosiy ishtirokchilari: platforma operatori, axborot ta’minot-chilari, platforma xizmatlari va axborot manbalariga asoslangan amaliy IT xizmatlarini ishlab chiquvchilar, turli xil iqtisodiyot tarmoqlarida yechimlar iste’molchilari.
Platforma operatori quyidagi vazifalarni bajaradi: axborot manbalari egalari bilan munosabatlarni boshqarish, platforma ma’lumotlar zahira va tegishli ma’lumotlar modelini ishlatish, IT-xizmatlarni ishlab chiquvchilar uchun platforma biznes jarayon-larini qo‘llab-quvvatlash (maslahat berish, tuzatish, tarqatish va h.k.), instrumental raqamli platformani ishlab chiquvchi bilan aloqalarni boshqarish.
Raqamli platformaning infratuzilmasi asosida amalga oshiri-ladigan faoliyatning asosiy turi sohaviy iste’molchilariga ma’lum turdagi ma’lumotlarga kirish va amaliy yechimlarning bir qismi sifatida ularni qayta ishlash natijalariga asoslangan holda o‘z faoliyatlarini avtomatlashtirish bo‘yicha amaliy yechimlarni (IT- xizmatlari) taqdim etishdir.
Faoliyatning asosiy foyda oluvchisi (benefislar) IT xizmatlarining buyurtmachisi bo‘lib, u xizmatga tegishli vazifali talablarni aniqlaydi, bu esa o‘z navbatida platforma va unga ulangan axborot manbalari asosida ishlab chiquvchilar tomonidan amalga oshiriladi.
Ayrim hollarda infratuzilmali raqamli platformasi raqamli ilovalar platformalarini yaratish uchunasos bo‘lib xizmat qilishi mumkin, ularning asosiy faoliyati iste’molchilarga ekotizim doi-rasida ishlab chiqilgan AT xizmatlaridan foydalanishni ta’min-lashdir. Bunday amaliy raqamli platformalar "ilovalar do‘koni" (appstore) hisoblanib, bir joyda infratuzilmali raqamliplatforma yordamida ma’lumotni qayta ishlashga ixtisoslashgan raqamli xizmatlarning talab va takliflarini birlashtirishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |