Reja Kirish 1 Bob. Ijtimoiy ish xodimining axloqiy majburiyatlarini umuminsoniy munosabatlarda namoyon bo’lishi



Download 357,5 Kb.
bet20/26
Sana15.08.2021
Hajmi357,5 Kb.
#148177
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26
Bog'liq
Samarqand davlat universiteti ijtimoiy ish kafedrasi 5760100 – “

d) Pedagogik xizmatlar:

- bolalar qiziqishlarini himoya qilishda pedagogik yordam berish;

- bolalarda muloqot va emosional doirasidagi ko’nikmalarni o’stirish bo’yicha guruxiy ish yuritish;

- nutqni rivojlanmagan, autizm, nevrozga uchragan bolalarga korreksion yordam berish;

- bolalarning madaniy dam olish faoliyatiga ko’maklashish;

- nogiron bolalarni uyda o’qitishni tashkil etishda amaliy yordam berish;

- nogiron bolalarning o’yin va o’quv faoliyatini tashkil etishning usullarini ota-onalarga o’rgatish.

e) Ijtimoiy tibbiy xizmatlar:

- muhtoj shaxslarni, shu jumladan bolalarni stasionar tibbiy narkologik muassasalariga yo’nallashda ko’mak berish;

- oilada, jinsiy munosabatlarni va psixojinsiy buzilishlarni bartaraf etishni astalashtirish, sog’lom turmush tarzini tarbiyalashda maslahatlar berishni tashkil etish;

- nogiron bolalarni zaruriy yordam beruvchi vositalar bilan ta’minlashda ko’mak berish;

- jismoniy yoki aqliy imkoniyatlar cheklangan bolalari bo’lgan oilalarda patronaj yordam;

- ota-onalarga nogiron bolasiga qarashni o’rgatish;

- homilador va emizikli bolalari bo’lgan ayolarni uylariga borib, doimiy ravishda tibbiy-profilaktik yordam ko’rsatish1.

Ijtimoiy xizmat hodimlarining asosiy vazifasi ijtimoiy ishning ijtimoiy psixologik, ijtimoiy pedagogik, ijtimoiy iqtisodiy va boshqa metodlar yordamida me’yoriy hayot faoliyatiga xalaqit beruvchi muammolarni anglashda oila a’zosiga yordam berish (yoshi va ijtimoiy mavqyeidan qatiy nazar). Bu yerda oila a’zosining reabilitasiya darajasi, ya’ni uning mehnat faoliyatiga avvalgi qobiliyatini tiklash, uni jamiyatga qaytarish samara o’lchovi bo’ladi.

Biz qarab chiqayotgan konkret ijtimoiy psixologik xizmat aholining turli kotegoriyalari bilan o’zaro harakatda bo’ladi. Oldindan yordamga muhtoj bolalar va o’smirlar doirasini belgilab olinadi; shuningdek ota-onalarga, yolg’iz onalarga, maktab o’qituvchilariga-bola muhitidagi barcha yordam ko’rsatiladi; hayot qiyinchiligini bartaraf etilishida manfaatdor kishilarni qo’shgan holda guruhlar tuziladi: xulq-atvorida psixologik qiyinchiliklari bor bolalarning ota-onasiga ko’mak berish guruhi-zo’ravonlik qurboni bo’lgan ayollar va bolalarga; nogiron bolali ota-onalarga; ko’p bolali ota-onalarga, tarbiyasi og’ir o’smirlar bilan ishlovchi o’qituvchilarga. Madad (o’zaro yordam) guruhlari xizmat hodimlari tomonidan maqsadga muvofiq tuziladi. Avval shaxslar, muammolar doirasi aniqlab olinadi va katta tayyorgarlik ishlaridan so’ng kishilar 2-4 kunlik seminarga taklif etiladi (guruhiy maslahat metodi). Ishtirokchilarning tashabbusi bilan seminar va individual konsultasiya berishdan so’ng madad guruxini tashkil etish uchun asos yuzaga keladi.

Boshqalarga yordam bergan holda, xizmat hodimlari o’zlariining ko’ngilli yordamchilari (valonter)ning keng bazasini yaratadilar, bular o’z navbatida boshqalarga yordam beradilar.

Rossiyaning ko’pgina xududlarida teritorial-hududiy xizmatlar (TIX-teritorial ijtimoiy xizmat tashkilot TS) shakllana boshlandi, ular barcha muhtojlar (kattalar va bolalar)ga kompleks ijtimoiy xizmat ko’rsatadi, u o’ziga ijtimoiy struktura muassasalarni, ijtimoiy xizmatlar ishini boshqarish organlari, o’quv va ilmiy-tadqiqot muassasalarini kiritadi. Bu hududiy ij xizmatlar konkret shahar yoki qishloq rayoni hududida faoliyat yuritgan uchun aholiga maksimal yaqinlashish va hammaga daxldor bo’ladi.

TIX strukturasi quyidagi ixtisoslashgan xududiy markazlardan tashkil topgan:

- ijtimoiy reabilitasiya va profilaktik ishlar, konsultativ yordam, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va hokozo, bo’limlari, shuningdek amaliy yordam ko’rsatuvchi quyidagi bo’limchalari bor: ko’chma kompleks brigadalar; shoshilinch psixologik yordam xizmati; yuridik va psixologik-pedagogik konsultasiya; tanishish xizmatlari; ijtimoiy boshpana; bolalar va onalarga kunduzgi boshpana berish bo’limi;

- oiladagi ziddiyatni bartaraf etishda yordam beruvchi, oilaviy, er-xotin, ota-onalar muloqoti doirasida aholining psixologik madaniyatini oshirishga; bolalarni tarbiyalashda, emosional va psixik tanazzulni bartaraf etishda qiynalayotgan oilalarga yordam beruvchi; turli xavfli vaziyatlarda shaxslarga malakali psixologik-pedagogik yordamni ta’minlashga yordam beruvchi oila va bolalarga psixologik-pedagogik yordam markazi;

- telefon orqali shoshilinch psixologik yordam xizmati (ishonch telefoni), uning vazifasi, psixologik diskomfortni, oila a’zolarining tajavuzkorlik darajasini pasaytirish;

- voyaga yetmaganlar uchun ijtimoiy reabilitasion markaz, bu hayotda tanazzulli vaziyatga tushib qolganlarga ijtimoiy va tibbiy psixologik yordam, madad beradi. Voyaga yetmagan o’zlarining reabilitasiyasi uchun zarur bo’lgan vaqt mobaynida Markazga qatnaydilar va u yerda vaqtincha bo’ladilar. Markaz o’ziga shoshilinch ijtimoiy yordam, tibbiy-psixologik diagnostika va orreksiya, bolalar va o’simrlarni ijtimoiy adabtasiya va ijtimoiy reabilitasiya qilish xizmatlarini, ba’zida stasion sharoitdagi boshpana xizmatini kiritadi;

- qarovsiz qolgan bolalar va o’smirlarni qutqarib qolish uchun vaqtincha boshpanalar, ularga tibbiy-psixologik yordam, ularni hayotini yo’lga qo’yish masalalarini hal etish maqsadida tuzilgan bolalar va o’smirlarning ijtimoiy boshpanasi. Boshpana TIXning mustaqil muassasasi yoki voyaga yetmaganlar uchun ijtimoiy reabilitasion markazning bir qismi sifatida tashkil etilishi mumkin;

- ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarga yordam berish markazi, bu ota-onalar qarovisiz qolgan (tug’ilganidan 18 yoshgacha bo’lgan) bolalarni ta’minlash, ularni oilalarga yoki davlat muassasalariga joylashtirishni amalga oshiradi;

- imkoniyati cheklangan bolalar va o’smirlar uchun reabilitasion markaz, bu jismoniy va aqliy kamchiliklari bo’lgan bolalarni ijtimoiy adaptasiyalash, unda hayotga, jamiyatga, oilaga kompleks tibbiy, ijtimoiy, pedagogik-psixologik va boshqa tadbirlar yordamida ijobiy munosabatlarni shakllantirishga yordam beradi.

TIX o’ziga sharoitlar va rayonning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olib yoshlar markazi, maktabgacha tarbiya va maktabdan tashqari ishlarning yangi shakllari markazlarini; tabiiy ofatlar va jinoyatlardan zarar ko’rganlar, jinoiy jazoni o’tab kelganlar, qochoqlarga yordam berish markazlari; bepul va imtiyozli oshxonalar, oziq-ovqat, kiyim-kechak, bolalar oziq-ovqati tarqatish punktlarini kiritish mumkin;

Ijtimoiy xizmat ko’rsatish boshqaruvi organlari tomonidan qonunchilik bo’yicha boshqarish funksiyalarini davlat va ijtimoiy muassasalar amalga oshiradi. Xududiy daraja (shahar, qishloq rayon, shahar rayonlari)da davlat-ijtimoiy (jamoatchilik) organlarini-vasiylik kengashlari (ijtimoiy kengashlar) tuziladi (ma’muriyat qoshida, ijroya organlari tarkibida). Ular o’zlariga manfaatdor tashkilot vakillarini kiritadilar: moliya fondlari, kasaba uyushmalari, jamoatchilik assasiasiyalari, xayriya fondlarini kiritadilar.


Download 357,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish