Karbonat angidrid gazi.
Hozirgi kunda tashqi muhit havosi tarkibida karbonat angidrid gazi ko`payib bormoqda. Bunga quyidagilar sabab bo`layapti:
- Avtotransport sonining ko`payishi. Ayniqsa, ta`mirlanmagan avtotransportdan karbonat angidrid ko`p ajraladi;
- chiqindilarni yerga ko`mib, chiritish va o`g`itga aylantirish kerak. Ko`pchilik aholi esa chiqindilarni yoqadi. Uning dudi tarkibida ko`p miqdorda karbonat angidrid va dioksin ajraladi;
- tamaki dudida ham ma`lum miqdorda karbonat angidrid va dioksin bo`ladi.
Endoekologiya haqida tushuncha
(Tibbiyot fanida keyingi 20 yilda kashf etilgan yangiliklarning biri).
Rossiya Klinik Limfologiya Markazining boshlig`i professor Levin Yu.M. 1989 yilda Limfologiya atamasi o`rniga Endoekologiya atamasini tavsiya etgan (Meditsinskaya gazeta. 24.12.1989).
Endoekologiya atamasi – tibbiyot faniga kiritilishiga asos shundaki, limfa aylanishi tizimi odam organizmi ichki muhitining tozaligini ya`ni endoekologik muvozanatni ta`minlaydi.
Iste`mol qilingan ovqat moddalari oshqozon-ichaklarda hazm bo`lib, qonga so`rilib, jigarda zaharli moddalardan ma`lum darajada tozalangach, arterial qon tomirlari orqali organizmning hamma hujayralariga boradi. Hujayralarga o`zlashtirilgan ovqat moddalarining qoldiqlari va karbonat angidrid vena qon tomirlar hamda limfa tomirlariga so`rilib, ayirish a`zolari orqali tashqi muhitga ajratiladi.
E`tiborlisi shundaki, hujayralarda moddalar almashinuvi natijasida hosil bo`lgan qoldiq moddalarni maydalari hujayralardan vena tomirlariga o`tadi. Qoldiq moddalarning yiriklari esa hujayralardan limfa tomirlariga o`tadi. Limfa tomirlariga o`tgan zaharli qoldiq moddalar limfa tugunlarida zararsizlantiriladi. Tozalangan limfa suyuqligi limfa tomirlaridan qon aylanish tizimiga quyilib, to`qima-hujayralarga boradi.
Limfa tomirlarini kengaytiruvchi dorilarni aniqlab, ularni vena tomiriga yoki limfa bezlariga in`yeksiya qilish orqali, kasallangan to`qima-a`zolarda limfa aylanishini yaxshilash natijasida, mazkur to`qima-a`zoning kasalligini tuzatishga erishilayapti.
Masalan, no-shpa limfa tomirlarini kengaytirib, kasallangan to`qima-a`zoda limfa aylanishini yaxshilaydi. Natijada mazkur to`qima yoki a`zoning kasalligini tuzalishiga erishilmoqda. Bu usul yurak, jigar, buyrak, oshqozon-ichak kasalliklarini davolashda yaxshi natija berayapti.
Limfa aylanishini yaxshilovchi dorilar vena tomiriga, limfa tugunlariga (intranodulyar usul) in`yeksiya qilish yo`li bilan yuboriladi, shuningdek, limfa tomirlari va tugunlari sohasiga elektrofarez usuli yordamida ham yuboriladi.
Ta`kidlash lozimki, miokard infarkti, gepatit, nefrit, piyelonefrit, pnevmoniya va boshqa kasalliklarda kasallangan a`zo sohasidagi limfa tomirlari va tugunlariga limfa tomirlarini kengaytiruvchi, limfa tugunlarida limfotsitlar ishlab chiqarilishini yaxshilovchi dorilarni yuborish orqali kasallangan, zaharlangan a`zolarni davolash usuli keng qo`llanmoqda.
Shuni e`tiborga olish zarurki, kordiamin yurak faoliyatini yaxshilash uchun qo`llanadi. Ammo, u yurak muskullari orasida joylashgan limfa tomirlarini toraytirib, limfa harakatini sekinlashtirib, miokardni kuchsizlantirishi aniqlangan. Aksincha, no-shpa miokarddagi limfa tomirlarini kengaytirib, limfa aylanishini va umuman miokardni ishini yaxshilar ekan.
Limfa aylanishini yaxshilovchi dorilarni qo`llash usuli Rossiyada 70 dan ziyod kasalliklarni davolashda qo`llanmoqda.
Ekologiya muammosi XX asrning 20-nchi yillarida AQSh da vujudga keldi.
Iqtisodiy raqobat ta`siridan saqlanish maqsadida turli hududlarning sharoitidan kelib chiqqan holda aholini joylashtirish, odamlarga yashash uchun qo`lay joy topish zaruriyati vujudga kelgan.
Ekologiya so`zini turlicha ifodalash mumkin. Masalan,
- Ekologiya – odamning yashash sharoiti;
- Ekos – bizning uyimiz, bizning vatanimiz, degan ma`noni anglatadi.
Ensiklopedik lug`atda – “Ekologiya – o`simlik va hayvon organizmi hamda atrof-muhitning bir-biriga munosabati”, sifatida ta`riflangan.
Bunda odam organizmi o`simlik va hayvon, ya`ni barcha tirik mavjudotlar organizmiga tenglashtirilgan.
Ammo, masalaga kengroq yondashadigan bo`lsak odam organizmi, boshqa barcha tirik mavjudotlarga nisbatan, nihoyatda murakkab tuzilganligi bilan farq qilibgina qolmay, balki u shaxs ekanligi bilan ham farq qiladi.
Shunday ekan, odam ekologiyasi odamning atrof-muhitga munosabatini belgilabgina qolmay, avvalo odamning o`zini – o`ziga, oila-a`zolariga, barcha yaqinlariga, shuningdek, jamiyatga, Vatanga munosabatini ham belgilaydi.
Odam sog`lig`iga zarar yetkazadigan faktorlar (omillar) juda ko`p.
- Dunyo fani ro`yxatida 6 mln turdagi kimyoviy moddalar bor (Бочкoв Н., академик. Генетик. Журнал “Врач”. 1991 № 10, стр. 11-14).
- shulardan hozirgi kunda 60 mingtasi sanoatda, qishloq xo`jaligida, turmush jarayonida keng qo`llanmoqda;
- sanoatda qo`llanayotgan kimyoviy moddalar: og`ir metall tuzlari (qo`rg`oshin, simob, benzin, gaz);
- qishloq xo`jaligida qo`llanayotgan kimyoviy moddalar: gerbitsidlar, pestitsidlar.
- turmush jarayonida qo`llanayotgan kimyoviy moddalar: dorilar, ovqatga, pishiriqlarga qo`shiladigan kimyoviy moddalar, ayollarning sochi, tirnoqlarini bo`yashga ishlatiladigan lak va bo`yoqlar. Shuningdek, sigaret, nos, narkotik moddalar, spirtli ichimliklar.
Do'stlaringiz bilan baham: |