Reja jamiyat tushunchasi va uning strukturasi. Jamiyat haqidagi falsafiy ta’limotlar tarixi



Download 203,5 Kb.
bet11/36
Sana11.07.2022
Hajmi203,5 Kb.
#777891
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   36
Bog'liq
6 мавзу

Ikkinchidan, madaniyat mazmun–mohiyati va shakliga ko’ra, moddiy va ma’naviy madaniyatga bo’linadi. Madaniyatning har ikki ko’rinishi bir – biri bilan uzviy bog’liq, biri ikkinchisini to’ldiradi. Ma’naviy madaniyat – moddiy madaniyat ko’rinishida ifodalanganidek, moddiy madaniyat ham ma’naviy jarayon, ijodiy izlanish, badiiy tafakkur mahsuli sifatida yashaydi va amal qiladi.
Uchunchidan, madaniyat inson tomonidan yaratilibgina qolmay, yaratilish jarayonida insonning “shakllanishi”ga, o’zgarishiga ta’sir ko’rsatadi. Madaniyat boyliklaridan muttasil bahramand bo’lish (kitob mutolaasi, san’at asarlarini o’rganish, ahloqiy fazilatlardan ibrat olish, o’tmish madaniyati yodgorliklarini o’rganish v.b.) insonni komillikka etaklaydi.
To’rtinchidan, madaniyatlilik – tarbiyalilik, ziyolilik, inson komilligining muhim belgisi va sharti bo’lib, u har bir odamni madaniyat boyliklaridan bahramand bo’lishga, ijtimoiy mas’uliyatga, hayotda o’z o’rnini topishga undaydi.
I.A. Karimov (1938) tarix falsafasini tarixiy xotira bilan uyg‘un holda ko‘radi. Uning fikricha “Inson uchun tarixidan judo bo‘lish – hayotdan judo bo‘lish demakdir”1. Fikrining davomida u tarixiy xotirasi bor inson irodali inson, jamiyatning har bir a’zosi o‘z o‘tmishini yaxshi bilsa, bunday odamlarni yo‘ldan urish, har xil aqidalar ta’siriga olish mumkin emas. tarix saboqlari insonni hushyorlikka o‘rgatadi, irodasini mustahkamlaydi, o‘zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi, deb ta’kidlaydi. Buning uchun har bir millat o‘zining tarixiy ildizlariga nazar solishi, u yoki bu mafkura ta’sirida xash-po‘shlangan tarixiy xotirani o‘z holicha qayta tiklashga harakat qilishi lozim. “O‘z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo‘q”2. Shundagina millat, xalq o‘z-o‘zini anglaydi. Tarixchilar millatga uning haqqoniy tarixini ko‘rsatib, isbotlab berishlari kerak. Zotan tarix xalq ma’naviyatining asosidir.
TARIX FALSAFASINING PREDMETI.Tarix falsafasi – falsafaning tarixiy jarayonni va tarixiy bilishni talqin qilish bilan bog‘liq bo‘lgan bo‘limi”3. Shunday qilib, tarix falsafasi falsafaning tarkibiy qismi hisoblanadi. Tarix falsafasining predmeti esa tarixiy jarayon va tarixiy bilishni talqin qilish, ularning mazmunini yoritib berishdan iborat. Ammo bu tarix falsafasini tavsiflashga nisbatan birdan-bir yondashuv emas, chunki tarixiy rivojlanish jarayonida tarix falsafasining predmeti va muammolari sezilarli darajada o‘zgargan va hozirgi vaqtda tarix falsafasining turli yo‘nalishlari tomonidan har xil talqin qilinadi.
Masalan, antik davr tarixchilari va faylasuflari (Gerodot, Platon, Aristotel, va b.)ning tadqiqotlari o‘tgan va hozirgi zamon kishilarining qilmishlari, tabiat va insonning o‘zaro aloqasi haqida ma’lumotlar yig‘ishdan, ya’ni tarixiy dalillarni ularni nazariy jihatdan anglab etmasdan va yagona falsafiy-tarixiy tizimga solmasdan tavsiflash va o‘rganishdan iborat bo‘lgan. Bu tarixchi va faylasuflarning asarlarida insoniyatning o‘tmishi va kelajagi haqida muayyan tasavvurlar, odamlarning qilmishlari haqida, tarixiy voqealarning yo‘nalishi va mazmuni to‘g‘risida mulohazalar mavjud bo‘lgan. Keyinchalik bularning barchasi jamuljam holda «tarix falsafasi» deb nomlangan, lekin ular hali qarashlarning mukammal tizimini tashkil etmagan. Bundan tashqari, qadimgi faylasuflar va tarixchilarning aksariyati diniy-mifologik dunyoqarashga amal qilgan. Bu dunyoqarashga ko‘ra, jamiyatda, xuddi tabiatdagi kabi, aylanma harakat mavjud, odamlarning xatti-harakatlari taqdirga yoki xudolar irodasiga bo‘ysunadi. Buyuk shaxslar – jamoa oqsoqollari, siyosiy arboblar, qahramonlarga xos bo‘lgan, o‘z tabiatiga ko‘ra o‘zgarmas sanalgan ehtiros va iroda inson xulq-atvorini belgilovchi omil hisoblanadi.
O‘rta asrlarda (Avgustin va b.) tarix falsafasining predmeti sifatida avvalo Xudo va insonning o‘zaro aloqasi muammosi, harakatlantiruvchi kuchi ilohiy vahiy sanalgan tarixiy jarayonning mazmunini aniqlash, tarixiy asarlarning mohiyati va vazifasini o‘rganish amal qilgan. O‘rta asrlarda falsafiy tafakkurining namoyandalari Avreliy Avgustin, Foma Akvinskiy va b. Injil va yunon-rim falsafiy-tarixiy tafakkurini sintez qilib, tarixning yangi, teologik konsepsiyasini yaratdi, tarixiy voqealarning mazmuni, tarixiy asarlarning mohiyati va vazifalari haqida yangicha tasavvurlarni ilgari surdi. Mazkur konsepsiyaga muvofiq, xristian mualliflari, tarix orqali ilohiy niyatni tushunib etishga harakat qilib, aylanma harakat g‘oyasini rad etdilar va tarixiy jarayonni o‘tmishdan kelajak (bo‘lg‘usi panohga erishish, masihning kelishi) sari chiziqli harakat sifatida tasavvur qildilar.
Sharqda tarix falsafasining (A.Beruniy, Ibn Xaldun, A.B.Narxashiy, R.Hamadoniy) predmeti sifatida jahon tarixi, umumiy tarixiy taraqqiyot qoidalari, yo‘nalish va omillarini belgilovchi kishilik jamiyatining o‘ziga xos davriylik nazariyasi alohida o‘rin tutadi. “Odamlar kabi davlat ham o‘zining hayotiy davriga ega”4. Beruniy tarixni o‘rganish tahlil qilish va so‘ng xulosalar chiqarish zarurligini tavsiya qilar ekan, uni davrlarga bo‘lish, har bir davrning o‘ziga xos jihatlarini aniqlash va ana shu usul orqali ijtimoiy hayotga, kishilik jamiyatiga tegishli va asosli baho berish mumkin deb hisoblaydi. Tarix uning fikricha, fikr va tafakkur manbai. U doimo turli fanlarning o‘zaro ta’sirining uzviyligi va uyg‘unligi natijasida takomillashadi. Shu bois, tarix har qanday olim uchun tadqiqotning muhim manbai bo‘lib xizmat qiladi. Beruniy tarixiy tadqiqotlarni boshqa turdosh fanlarni o‘rganish bilan uyg‘un holda olib borish, muayyan natijaga olib kelishini ta’kidlaydi. Zero, tarixiy manbani o‘rganish, uning asosli yoki asossiz ekanligin isbotlash tarixiy tadqiqot uchun mas’uliyatli jarayondir. Chunki tarixiy manba yaratganlar, turli hujjatlarni bitganlar yoki o‘z manfaatlari, maqsadlari doirasida dalil to‘playdilar. Shu holat nuqtai nazaridan Beruniy “xabar-xabarchilar tufayli rost va yolg‘on tusini oladi”5, deb e’tirof etgan. Tarixiy haqiqatni tiklash, tarixiy tafakkur va tarixiy ma’lumotlarni yig‘ish Sharq tarix falsafasida aniq me’yorlar vositasida amalga oshirilgan.
Uyg‘onish davrida va Yangi davrda (Nikkolo Makiavelli, Jambattista Viko, Frensis Bekon, Tomas Gobbs va b.) tarixning maqsadi, yo‘nalishini, shuningdek tarixiy jarayonda insonning, sinflarning rolini aniqlash (Ogyusten Terri, Fransua Gizo, Ogyust Mine) tarix falsafasining predmetiga aylangan. Yangi davrda «tarix falsafasi» atamasi ham paydo bo‘lgan, uni ilk bor 1765 yilda tarixchi tarixiy voqealarni shunchaki tavsiflabgina qolmasdan, balki tarixiy jarayonni falsafiy jihatdan anglab etishga harakat qilishi lozim, deb hisoblagan fransuz ma’rifatchisi Volter ishlatgan. Keyinchalik tarixiy jarayonning umumiy qonuniyatlari va dialektikasini aniqlash yo‘lida izlanishlar olib borish Georg Gegel hamda dialektik materializm asoschilari Karl Marks va Fridrix Engels uchun tarix falsafasining asosiy predmetiga aylangan.
XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshida tarixiy bilim sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarildi. Turli matnlarning tarixiy va lingvistik tahlili metodlarining takomillashishi, arxeologiyaning rivojlanishi, o‘tmish guvohliklariga yanada tanqidiyroq yondashish natijasida tarixiy bilim fan maqomini qo‘lga kiritdi. Shu bilan bir vaqtda tarixiy va tabiiy ilmiy bilimlar butunlay har xil ob’ektlarga mansub bo‘libgina qolmasdan, o‘zlari ham bir-biridan butunlay farq qilishi yanada teranroq anglab etildi.
Tarixiy o‘zlikni anglash jarayoni evolyusiyasining keltirilgan tavsifi bizga tarix falsafasining hozirgi konsepsiyalariga nazar tashlash imkonini beradi. Bu konsepsiyalar orasida gnoseologik yo‘nalish (tanqidiy tarix falsafasi), ontologik konsepsiya, aksiologik konsepsiya, tarixning texnokratik konsepsiyalari alohida o‘rin egallaydi.

Download 203,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish