Reja: Jag’lilar va baliqlar katta sinfiga umumiy tavsif. Akulaning tashqi tuzilishi. Akulaning ichki organlar sistemasining tuzilishi. Tog’ayli baliqlarning yashash sharoitiga mos holda tuzilishidagi harakterli belgilari



Download 0,91 Mb.
bet6/7
Sana11.06.2022
Hajmi0,91 Mb.
#653591
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
10-Maruza matni

Tog’ayli baliqlar sistematikasi
Tog’ayli baliqlar sinfiga 650 tadan 730 tagacha tur kiradi va ular
Kenja sinf: Plastinkajabralilar(Elasmobranchid)
Kenja sinf : Yaxlitboshlilar (Halacephali) yoki Ximarasimonlar kiradi

Plastinkajabralilar kenja sinfi


Akulalar turkumi (Selechoidea)
Skatlar turkumi( Batoidea)


Akulalar turkumi (Selechoidea)
1) Plashli akulalar oilasi (Chlamydoselachidae), tirik tug’adi
2) Kitsimon akulalar oilasi(Rhincodontidae), tuxum qo’yadi
3) Tikanli akulalar yoki qatransimonlar(Squalidae), tirik tug’adi
4) Selodsimon akalalar yoki lamnalar(Lamnidae), tuxum qo’yadi
5) Gigant akulalar (Geterhinidae), ( 2 yildan so’ng 1.5 metr bola tug’adi)
6)Mushuksimon akulalar (Seyliorhinidae), tuxum qo’yib ko’payadi
7) Arraburun akula (Pristiophoridae), tirik tug’adi
8) Kulrang akula (Carchorhinildae), tirik tug’adi.
9)Bolg’aboshli akulalar(Sphyrnidae), tirik tug’adi
Skatlar turkumi( Batoidea)
1)Arrabaliqlar oilasi(Pristidae)
2)Elektrik skatlar(Torpedinidae)
3)Dengiz ajinalari(Mobulidae)


Yaxlit boshlilar kenja
Bitta Xemirasimonlar(Chemaeniformes) turkumi 3ta oila, 30 ta tur kiradi.
Tanglay kvadrat tog’ayi miya qutisiga qo’shiladi.
Bu sinf ikkita kenja sinfga bo’linadi.

  1. Kenja sinf. Plastinka jabralilar (Yelasmobranchii).

Bu kenja sinfga akula va skatlar kiradi. Plakoid tangachalarining bo’lishi ular uchun harakterlidir. Har bir tangachasi qalin va yuzasidagi o’siqlar qattiq emal bilan qoplangan tishchilar bo’ladi. Har bir jabra teshiklari mutsaqil ravishda tashqariga ochiladi. Kloaka teshigi mavjud. Ko’pchilik turlarida tanasining oldingi qismi uzun ingichka ko’rinishda bo’ladi, og’z teshigi bosh qismining patsida joylashgan bosh suyagi giostilitik tipda, ayrimlarida amfilitsik bo’ladi.
Turkum: Akulalar ( Selachoidei).
Tanasining shakli duksimon bo’lib, ayrim turlari bir oz yassi. Jabra yoriqlari tananing oldingi qismida, suzgich qanotlari esa proporsianal joylashgan. Ko’p sondagi tishlari mavjud. Tananing uzunligi 20 sm dan 15 m gacha bo’ladi, bu turkumga 10 ta oila kiradi. Barcha okean va dengizlarda uchraydi (Kaspiydan tashqari), 250 turi mavjud. O’ziga xos oilalardan plashli akulalar (chlamydoselachidae) yagona turi mavjud: (Chlamydoselachus angineus)
Tanasining ikkita tomonida 6 ta jabra teshiklarini teri o’simtalari qoplab turadi, xuddi plashchga o’xshaydi. Tanana shakli ilonbaliqnikiga o’xshash, uzunligi 1,5-2 m keladi. Dum suzgich qanotida pastki qismi rivojlangan, og’zi ko’pchilik akulalarda singari tananing oldingi qismida joylashgan. Tuxum qo’yish yo’li bilan ko’payadi. Atlantika, Xind va Tinch okeanlarining subtropik zonalarida tarqalgan.
Kitsimon akulalar (Rhincodontidae) oilasining faqat bitta turi mavjud-Rhincodon typus. Bu hozirgi eng yirik baliqlardir. Tanasining uzunligi 20 metr, tanaga nisbatan bosh qismida og’zi joylashgan, planktonlar va mayda baliqlar bilan oziqlanadi. Odam uchun xavsiz, ko’payishi yaxshi urug’lanmagan tuxumi 0,5 m dan biroz kattaroq. Butun tropik va subtropik okeanlarda tarqalgan.
Mushuksimon akulalar (Scyliorhinidae) oilasi o’ziga 60 ga yaqin turini birlashtiradi, uzunligi 1,5 m keladi. Ikkita bel suzish qanotlari harakatlanadi, qirg’oqdagi kichik suvlarda yashaydi. Vakillaridan: Oddiy mushuksimon akula (Scyliorhinus canicula) uzunligi 0,5 m, Yevropa va Shimoliy Amerikani Atlantika qirg’oqlarida yashaydi. Bentos hayvonlar bilan oziqlanadi. Jumladan (Mollyuskalar, qisqichbaqasimonlar, chuvalchanglar), 2-20 tuxum qo’yadi. Tuxumi ustki tamoni zich mo’ylov bilan qoplangan bo’lib, bu substratlarga yopishishga yordam beradi. Tuxum ona organizimidan tashqarida - 9 oy davomida rivojlanadi.
Tikanli akula (Sgualldae) oilasi 20 ga yaqin turini birlashtiradi. Harakat belgisi birinchi va ikkiinchi bel suzgich qanotlarida tikanlari bo’ladi.
Vakil: Katran (Sgualus ahanthies) janubiy va shimoliy zonadagi suvlarda uchraydi. Bu akula Qora, Barentsov, Oq, Yapon, Oxota, Bering dengizlarida oziqlanadi. Uzunligi 1m, tuxumi yirik, tirik tug’uvchi, hayot tarzi gala bo’lib yashaydi. Baliq, mollyuska, qisqichbaqa bilan oziqlanadi. Odam uchun havfsiz.
Arraburun akula (Pitsiophjriddae) oilasi o’ziga hos bo’lgan 4-5 turni o’z ichiga oladi. Bosh qismining oldida uzun o’simtasi bo’ladi. Yelkasiga tishli o’simtalari joylashgan, uzunligi 1,5 m bo’ladi. Tinch va Hind okeani Yapon dengizida tarqalgan. Arraburun akula Koreya qirg’oqlarida umurtqasizlar va kichik baliqlar bilan oziqlanadi. Tirik tug’adi.
Turkum: Skatlar (Batoidei). Skatlarning tanasi qorin bel qismi yassilashgan disksimon bo’ladi. Ko’krak suzgichlari yaxshi rivojlangan tanasi yassilashgani uchun jabra teshikchalari qorin qismida joylashgan, skatlar kam harakat qiladi, hayot tarzi shundan iborat. Dum suzgich qanoti ingichka xivchinga aylangan. Skatlar dum suzich qanotlarini to’lqinsimon harakatlantirib suzadi. Mollyuska, qisqichbaqalar bilan oziqlanadi. Tishning ustki qismi to’mtoq bo’ladi. Oddiy skat (Rajidae) oilasi keng tarqalgan, yassi dumi uzun ingichka bo’lib suzib yuruvchi hayvonlarni yeydi. Shimoliy va Tropik dengizlarda tarqalgan. Tipik vakillari tikanli skat (Raja clavata) Atlantika okeanida yashaydi. Shu’lali skat (Raja radiata) Shimoliy Atlantika suvlarida yashaydi. Ular 850 m chuqurlikkacha yashaydi. Nayza dum skat (Trigonidae) oilasi uzun dumi uchida zaharli tikani bo’ladi. Bu dushmanlardan himoya qilish vazifasini bajaradi. Janubiy dengizlarda Azov, Qora dengizda uchraydi.
Elektr skatlar (Torpedinidae) oilasi dumi kalta suzgichlari bir oz rivojlangan. Terisi silliq. Ko’krak suzgichlari va bosh qismi orasida joylashgan elektr organlari skatlardan ham katta hayvonlarni falajlaydi. Ular 70 V gacha elektr zaryadi chiqaradi. Asosan janubiy dengizlarda shimolda O’rta yer dengizida uchraydi.
Dunyoda ovlanadigan baliqlarning 1.5-2 % ini tog’ayli baliqlar tashkil qiladi. Ayniqsa , tog’ayli baliqlar go’shti Avstraliya va Yaponiyada yashaydigan aholi tomonidan ovkat sifatida iste’mol qilinadi. Yevropa mamlakatlari va AQShda tog’ayli baliq mahsulotlari qayta ishlanib , baliq uni tayyorlanib qishloq xo’jalik hayvonlariga va parrandalarga ozuqa sifatida beriladi. Akula yog’idan optik asboblarni yog’lash va pardozalsh maqsadida ham foydalaniladi. Akulaning boshi va suzgich qanotlari qaynatilib qimmatbaho yelim olinadi. Hozirgi vaqtda har yili 300ming tagacha akula ovlanadi, 50 ga yaqin turi odam uchun xavfli hisoblanadi.2



Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish