Reja: islom dining paydo bo’lish tarixi. Islom dininig mazmun va mohiyati



Download 85,19 Kb.
bet5/8
Sana14.01.2022
Hajmi85,19 Kb.
#364350
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Reja islom dining paydo bo’lish tarixi. Islom dininig mazmun va

Ro‘za hayit (arabchada – Iyd al-fitr) Ramazon oyining tugaganligi sharafiga o‘tkaziladigan musulmonlar bayrami. U 3 kun davom etadi. Bayram namozgohda ertalab namoz o‘qish, o‘lganlarni yod olib xudoyi, duoi fotiha qilish, yo‘qsillarga sadaqa berish bilan boshlanadi. Barcha musulmonlar Ro‘za hayiti kunlari xursandchilik qiladilar, bir-birlariga sovg‘alar in’om qiladilar.

Qurbon hayit – musulmonlarning Olloh yo‘lida muayyan jonzodlarni qurbonlik qilish kuni. U ro‘za hayitidan 70 kun o‘tganidan so‘ng nishonlanadi. Qurbon hayitning mohiyati shundaki, diniy rivoyatlarga ko‘ra, Ibrohim payg‘ambar o‘zining chin e’tiqodini isbotlash uchun o‘g‘li Ismoilni Olloh yo‘lida qurbon qilmoqchi bo‘lganda, xudo uni to‘xtatib

qo‘y so‘yishga buyurgan. Islomda qurbonlik haj marosimining majburiy elementlaridan biriga aylangan. Rivoyatlarga ko‘ra, marhum narigi dunyoda qurbon qilingan jonivor tufayli Sirotdan (jannat ko‘prigi) oson o‘tishi mumkin. Agar musulmon kishi qurbonlik qilmasa, ko‘prikdan o‘tishi murakkablashadi va ko‘prik ostidagi do‘zaxga qulab tushishi mumkin. Qurbon hayit katta xursandchilik bilan nishonlanadi, bayram munosabati bilan ajoyib taomlar tayyorlanadi, ertalab masjidda hayit namozi o‘qiladi, musulmonlar o‘z ajdodlarining qabrlarini ziyorat qila- dilar, kambag‘allarga sadaqalar ulashiladi. Muqaddas joylar, sajdagohlar va masjidlarga xudo yo‘lida ehson berish udumlari amalga oshiriladi.



Me’roj – Muhammadning mo‘jizaviy ravishda Buroqda Makkadan Quddusga va undan osmonga – Olloh oldiga qilgan safar kuni. Muhammad Olloh bilan suhbatda 99 mingta so‘z aytgan. Bu safar shunchalik tez bo‘lganki, u qaytib kelganida hali yotgan o‘rni sovimagan, ag‘darilgan ko‘zadagi suv hali to‘kilib ulgurmagan. Muhammadning tungi parvozi xotirasiga bag‘ishlab har yili rajab oyi (qamariy taqvim bo‘yicha yettinchi oy)ning 27-kunida bayram o‘tkaziladi.

Mavlud (arabchada – tug‘ilish, payg‘ambarning tug‘ilgan kuni degan ma’nolarni anglatadi) – Muhammadning tug‘ilgan kuni bayrami. Bu kun masjidlarda marosimlar o‘tkaziladi, ularda payg‘ambar sha’niga madhiyalardan iborat she’rlar o‘qiladi, ruhoniylar va’zxonlik qiladilar, yo‘qsillarga sadaqa beriladi. Islom davlat dini sifatida tan olingan mamlakatlarda Muhammad payg‘ambarning tavallud ayyomi dam olish kuni deb e’lon qilinadi.

Juma (arabchada – jamlik, jam bo‘lish degan ma’nolarni anglatadi) – musulmonlarning dam olish kuni. Musulmonlar namozgohda peshinni o‘qish va xutba (arabchada – targ‘ibot, nutq degan ma’nolarni anglatadi) eshitish uchun to‘planadilar. Odamlar bu kunda bayramona liboslarini kiyadilar, mazali taomlar tayyorlaydilar, mehmondorchilikka boradilar.

Islomda diniy targ‘ibot markazi, diniy marosimlarni bajarish joyi machit (masjid) hisoblanadi. Sharqda masjidlar azaldan diniy ta’lim maskani va madaniy markaz vazifasini bajarib kelgan. Masjidlarda diniy marosimlarni bajarish bilan birga yangiliklarni eshitish, kundalik ishlarni hal etish mumkin bo‘lgan. Musulmon ruhoniy (mulla)lari maktablarda o‘g‘il bolalarga ilohiyotdan dars berganlar. Ayrim yirik machitlar qoshida madrasalar tashkil etilgan.

Musulmonlar yagona ummani (arabchada – ma’lum dinga e’tiqod qiluvchilar jamoasi degan ma’noni anglatadi) tashkil etadilar. Umma diniy jamoalarga bo‘linadi. Diniy jamoaga imom (arabchada – oldinda turuvchi degan ma’noni anglatadi) va mulla (arabchada – yaqinlashgan, yaqin odam

degan ma’nolarni anglatadi) rahbarlik qiladilar. Yirik machitlarda ruhoniylar jamoasiga muftiy (arabchada – fatvo beruvchi, diniy masalalarda qaror chiqaruvchi degan ma’noni anglatadi) rahbarlik qiladi. Mulla unvoniga musulmon jamoasi vakillari orasidan maxsus ma’lumotga ega yoki diniy marosimlarni bajarish malakasiga ega nomzodlar saylanadilar. Islom davlat dini sifatida tan olingan mamlakatlarda muftilik lavozimiga nomzod tayinlanadi. Islom davlat dini maqomiga ega bo‘lmagan mamlakatlarda esa muftilar ruhoniylar va mutavalliyat vakillarining qurultoyida saylanadilar.



Islom diniy tizimining muhim tarkibiy qismlaridan biri shariat (arabchada – to‘g‘ri yo‘l, ilohiy yo‘l, qonun degan ma’nolarni anglatadi) hisoblanadi. Shariat musulmonlarning ijtimoiy va shaxsiy hayotini tartibga soladigan axloqiy, huquqiy va madaniy normalar to‘plamidir. Uning normalari islom yuzaga kelganidan keyingi ikki asr davomida ishlab chiqilgan. Ularga asos qilib Qur’oni karim va sunnat, keyinchalik ijmo va qiyos olingan. Shariat musulmonning xatti-harakatlarini besh toifa (kategoriya)ga ajratadi. Bular: farz – bajarilishi qat’iyan majburiy hisoblangan xatti-harakatlar; mandub (sunnat) – amalga oshirilishi majburiy emas, lekin ma’qul, lozim deb hisoblanuvchi normalar; muboh – bajarilishi ixtiyoriy normalar; makruh – amalga oshirilishi noma’qul sanaluvchi normalar; harom – qat’iy ravishda taqiqlangan xatti-harakatlar.

Islom jamiyatning asosiy bo‘g‘ini hisoblanuvchi oilaga katta e’tibor beradi. Ayollar taqvodorligi – islom e’tiqodining yuzaga kelishi va mustahkamlashning asosiy omillaridan biri. Dindor ayol, birinchi galda ona, ya’ni oilada islom an’analari saqlanishining posbonidir. Onaning bolalar bilan uzviy aloqasi islomiy an’analarning avlodlar o‘rtasida vorisligini ta’minlaydi, islom qadriyatlarining tarixan saqlanib qolishi va mustahkamlanishiga xizmat qiladi.

Islom dinida oila-nikoh munosabatlari ham alohida o‘rin tutadi. Islomda uch xil nikoh: doimiy, vaqtinchalik va kanizaklar bilan bo‘ladigan nikohlar tan olinadi. Hozirgi zamonda doimiy nikoh udumi saqlanib qolgan. Vaqtinchalik nikoh deyarli uchramaydi, faqat hozirgi Eron Islom Respublikasining shia mazhabiga mansub musulmonlar yashaydigan ayrim hududlaridagina saqlanib qolgan. Islom nikohsizlikka va e’tiqodiga ko‘ra uylanmaslikka qaror qilgan ruhoniylarga salbiy munosabat bildiradi.

Islomda ajralish, ya’ni er-xotinning nikohdan chiqishi sod- dalashtirilgan va rasmiyatchiliklarga e’tibor berilmagan. Masalan, er xotiniga taloq e’lon qilishi mumkin.

Islomda, bundan tashqari, bir qator boshqa cheklashlar ham mavjud. Masalan, savdo-moliya munosabatlarida zo‘rlab tortib olingan narsalar

bilan savdo-sotiq qilish, sotuvchining o‘z mulki bo‘lmagan tovarlar bilan savdo qilishi, qarz berish evaziga daromad olish (sudxo‘rlik) kabilar harom hisoblanadi.

Islom dini oziq-ovqat masalasida ham o‘ziga xos cheklashlarni targ‘ib qiladi. Jumladan, cho‘chqa go‘shti, spirtli ichimliklar va o‘limtik narsalarni iste’mol qilish man etiladi.

Bunday cheklashlarning ildizi juda qadimga borib taqaladi. Masalan, cho‘chqa go‘shtini iste’mol qilishni man etish Qadimgi Misrda va yahudiylar orasida keng tarqalgan.

Islom dinida ortiqcha zeb-ziynatga berilish, masalan, tilla va kumush taqinchoqlarni haddan ziyod ko‘p taqish qoralanadi. Bunday taqinchoqlar jamoa nochor qatlamlarining hasad qilishi va g‘azablanishiga olib keladi, deb hisoblanadi.

Xulosa qilib aytganda, islom e’tiqodi asoslari mustahkam va serqirra hayotiy voqealarga tayanadi. Islom dinining deyarli bir yarim ming yil mobaynida yashab kelayotganligi va barhayotligining sababi ham shunda.


Download 85,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish