Texnologik va ishlab chiqarish jarayonlari
Reja:
1.Ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar
2. Loyihalashda boshIang‘ich m a ’lum otlar va
ishlab chiqarish dasturi
3.Mehnatni tashkil etish shakllari
Mexanika sexlarini loyihalashda hal qilinishi kerak bo'lgan
asosiy masalalarning eng murakkabi mahsulot detallarini tayyor
lash uchun texnologik jarayonni loyihalash va bu jarayonlarni
bajarilishini tashkil qilish shaklini ishlab chiqishdir.Texnologik jarayon deganda materalni yoki yarimfabrikatni ketmaket shakli, o'lchami va material xususiyatining detal yoki mahsulot olish maqsadida o'zgarishi tushuniladi
Ishlab chiqarish jarayoni deganda material va yarimfabrikat-
lardan tayyor mashina olish uchun bajariladigan barcha jarayon-
lar yig‘indisi tushuniladi.
Ishlab chiqarish jarayoniga faqatgina detal olish va mashina
yig'ish uchun asosiy jarayonlar kiribgina qolmay, balki asosiy
jarayonlarning bajarilishini ta’minlovchi yordamchi jarayonlar
ham kiradi (masalan, material va detallarni tashish, nazorat qilish,
moslama va asboblar tayyorlash, asboblarni charxlash).
Ishlab chiqarish jarayoni quyidagi bosqichlarga bo'linadi:
1) Detallar zagotovkasini tayyorlash, quyish, bolg'alash,
shtampovkalash yoki prokat materiallarga dastlabki ishlov berish.
2) Kerakli o'lchamli va shakldagi tayyor detal olish uchun zago-
tovkalarga metall kesish dastgohlarida mexanik ishlov berish.
3) Uzellar va agregatlarni yig'ish, ya’ni alohida detallarni
uzellarga, uzellarni agregatlarga biriktirish, yakka tartibli ishlab
chiqarish sharoitida chilangarlik ishlov berish va detallarni
yig'ish joyiga tashish ishlari bajariladi, ommaviy va yirik seriyali
ishlab chiqarish sharoitlarida qo'llanilmaydi. Ushbu ishlab chi
qarishlarda metall kesish dastgohlarida detallarga ishlov ben-
ganda chegaraviy kalibrlar qo'llanilib, detallarni o'zaro alma-
shuvchanligiga erishiladi.
4) Yaxlit mashinani um um iy yig'ish.
5) Mashinani sozlash va sinash.
6) Mashinani bo'yash. Bo'yash ishlari bir nechta jarayondan ibo
rat bo'lib, texnologik jarayonning turli bosqichlarida bajariladi, ma
salan, shpaklyovka, gruntovka, birlamchi bo'yash, ishlov berilgan de-
tallami bo'yash va yaxlit mashinani yakunlovchi bo'yash ishlari.
Texnologik jarayonning asosiy masalalari
Mexanik ishlov berish texnologik jarayonini loyihalash quyi
dagi asosiy masalalar asosida olib boriladi:
1) Mashina detallariga mexanik ishlov berish uchun ishlab
chiqarish turi va texnologik jarayonni bajarishning tashkiliy
shakli aniqlanadi.
2) Ishlab chiqarishga qo'yiladigan detallar partiyasi o'lcha-
mini
(seriyali ishlab chiqarish uchun) va oqim bo'yicha ishlab
chiqarish uchun tayyorlash taktini aniqlash.
3) Zagotovka turi va o'lchamlarim aniqlash.
4) Detallarni yuzalariga mexanik ishlov berish usuli va re-
jasini (texnologik jarayon, ketma-ketligi k o ‘rsatilgan holda) ish
lab chiqish.
5) Dastgohlar, moslamalar, kesuvchi va o'lchash asboblari turi
va tavsifini aniqlash hamda ishlov bensh uchun sonini aniq-lash.
6) Detallarning ishlov beriladigan sirtlari o icham ini aniqlash.
7) Tanlangan dastgoh uchun har bir jarayonga kesish reji-
mini aniqlash.
8) Har bir jarayon uchun vaqt me’yorini aniqlash.
9) Ish malakasini aniqlash.
10) Loyihalangan texnologik jarayonning texnik-iqtisodiy
ko ‘rsatkichlarini belgilash.
11) Texnologik jarayon hujjatlarini rasmiylashtirish.
Seriyali va ommaviy ishlab chiqarishlar uchun alohida detal
larga ishlov berish texnologik jarayoni mukammal ishlanadi.
Mexanika sexlarini loyihalash uchun asos bo'lib chizmalar,
detallar spetsifikatsiyasi, detallar va konstruksiyalar bayoni,
mahsulotni tayyorlash uchun qo'yilgan texnik talablar ilova qi-
lingan, korxonaning ishlab chiqarish dasturi asosida tuzilgan
sexning detalli ishlab chiqarish dasturi xizmat qiladi.
Sexni detalli ishlab chiqarish dasturida ushbu sexda ishlov
beriladigan detallar nomi, ularning soni, materiali turi, dastlabki
va toza og'irliklari ko'rsatiladi.
Agar detallarga bir nechta sexlarda ishlov berilsa, u holda
har bir sex uchun qaydnoma ko'rinishidagi dastur va har bir
sexdan ganday detal qancha miqdorda ishlov bei ilishini ko'r-
satuvchi qaydnomalar tuziladi.
Sexlar bo'yicha detalli ishlab chiqarish dasturini tuzishda de-
tallarning umumiy soniga tayyorlanayotgan mashinaga qo'shib
beriladigan va foydalanilayotgan ushbu mashinaning beto'xtov
ishlashini ta’minlash uchun zarur bo'ladigan ehtiyot qismlar ham
qo'shiladi.
Mexanika sexlarini loyihalash aniq, keltirilgan yoki shartli
ishlab chiqarish dasturlari asosida amalga oshiriladi.
Agar tayyorlanayotgan mashina va uning detallari soni aniq
ko'rsatilgan va ishchi chizmalar, spetsifikatsiyalar va texnik
shartlar bilan to'liq ta’minlangan bo'lsa, u holda
Do'stlaringiz bilan baham: |