QTIDORLI O’QUVCHILAR BILAN ISHLASH
Iqtidorli o’quvchilar bilan ishlashda tabaqalashtirilgan (differensiallashgan) o’qitish metodlari yaxshi samara beradi. Bunda o’qituvchi faqatgina iqtidorli o’quvchilar bilan emas, balki qiyin o’zlashtiruvchi o’quvchilar bilan ishlashga muvaffaq bo’ladi.
Tabaqalashtirilgan o’qitish metodi haqida
Tabaqalashtirib oqitishda o’quvchilar bilim darajasiga, aqliy rivojlanganligiga qarab tabaqalashtiriladi. Informatikada esa, bundan tashqari kompyuterda ishlash darajasiga ko’ra ham tabaqalashtirish extiyoji tug’iladi.
Tabaqalashtirib oqitishning asossiy maqsadi:
- Har bir o’quvchini uning imkoniyatlari va qobiliyati darajasida o’qitish;
- O’qitish usulini o’quvchilarning xususiyatlariga moslashtirish.
O’qitishning bunday usuli informatika o’qitishning asosiy o’ziga hos muammolarini hal etishga qaratilgan. Ya’ni, o’quvchilarning informatika fanidan har xil bilim darajasiga egaligi; kompyuterda ishlash darajasining har xilligi, uy vazifalarini bajarish yoki zamonaviy kompyuter texnologilari bilan bog’liq bo’lgan o’z qiziqishlarini qondirish (matn yoki grafik muharrirlardan, elektron pochta, internet resurslaridan foydalanish) uchun kompyuterdan foydalanish imkoniyati (kompyuteri bor yoki yo’q).
Tabaqalashtirib o’qitish texnologiyasida odatda sinfni bilim va ko’nikmalari darajasiga qarab uchta: A, B, C guruhlariga bo’lish nazarda tutiladi. O’qituvchi uchta guruh uchun uch xil dastur ishlab chiqadi. Dasturlar o’rtasida uzviylik bo’lib, ular bir birini to’ldirishi kerak. C dastur majburiy minimumni tashkil etadi. Bu dastur tapshiriqlarini har bir o’quvchi bajara olishi kerak. B dastur C dasturni to’ldiradi. A dastur esa iqtidorli o’quvchilarga mo’ljallanadi. Bunday tabaqalashtirish o’quvchilar rivojlanish darajasini ko’proq hisobga olish, o’quvchining individual o’zlashtirish tempiga moslashish imkonini beradi.
Ushbu usulda o’qituvchining maxorati nuqtai nazaridan o’quvchilarni baholash jarayoni anncha qiyinchilik tug’dirishi mumkin. Chunki bu usulning asosiy shartlaridan biri har bir o’quvchining shaxsiy rivojlanish darajasi, o’quv faoliyatining sifati baholanishi kerak. Har bir guruhning ichida o’z “a’lochilari”, “qoniqarli” o’zlashtiruvchilari bo’lgani sababli, o’qituvchi har xil qiyinlik darajasidagi topshiriqga bir xil masal, besh baho qo’yishi kerak bo’ladi. Lekin bu vaqtinchalik hol bo’lib, kuchsiz guruhlarga besh baho qo’yilishi o’quvchining o’ziga bo’lgan ishonchini orttiradi. Natijada uning bilim olishga intilishi kuchayadi.
Informatikada boshqa fanlardan farqli o’laroq, deyarli har bir mavzudagi har bir topshiriqni hech bo’lmaganda ikki hil qiyinlik darajasiga ajratish imkoni mavjud. O’quvchi berilgan topshiriqni shartiga qat’iy rioya qilgan holda bajarishi yoki axborot texnologiyalini o’llab bajarishi mumkin.
Masalan,
- “Algoritmlar” mavzusidan topshiriq berildi. Zaif o’quvchi masalani yechish algoritmini tuzib, uni daftariga yozib kelishi mumkin. Iqtidorli o’quvchidan esa, o’qituvchi tuzilgan algoritm asosida ishlaydigan kompyuter dasturini talab qilishi mumkin.
- Berilgan mavzu bo’yicha dokladni daftarga ruchka bilan yozsa ham bo’ladi, huddi shuning o’zini biror matn muharrida yoki Power Point dasturidan foydalanib amalga oshirish ham mumkin.
- Sanoq sistemari mavzusi bo’yicha topshiriqni “qo’lda”, kalkulyatordan foydalanib, Excel dasturi yordamida yoki biror dasturlash tilida berilgan masalani yechish dasturini tuzish kabi usullardan birini o’zi tanlad bajarishi mumkin
olimpiada
1
- saralan aniqlanadi va tanlanadi
Iqtidorli o’quvchilar uchun bilimni baholash, musoboqa tarzidagi saralash hisoblanadi..
2
3
4
E’tiboringiz uchun raxmat
Do'stlaringiz bilan baham: |