55-modda. Majburiyatlarni taʼminlash
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning mol-mulki
va mulkiy huquqlaridan ular oʻz majburiyatlarining barcha turlarini taʼminlash sifatida, shu jumladan qarz mablagʻlarini jalb etishni taʼminlash uchun foydalanishi mumkin. Uning savdo va xizmat koʻrsatish obyektlariga, shuningdek turar joylarga va turar joylar joylashgan yer uchastkalariga boʻlgan mulk huquqi, binolarga, inshootlarga, uskunalarga boʻlgan mulkiy huquqlari, shuningdek boshqa ashyoviy huquqlari majburiyatlarning taʼminoti sifatida koʻrsatilishi mumkin.
Chet ellik investorga mulk huquqlari asosida tegishli boʻlgan barcha mol-mulk va mulkiy huquqlardan, ular qayerda turganligidan qatʼi nazar, investor tomonidan oʻz majburiyatlarining taʼminoti sifatida foydalanilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |