Hozirgi kunda yurtimizda 63 ta xorijiy investitsiya ishtirokida korxonalar davlat ro'yxatidan o'tib faoliyat yuritib kelmoqda.
Ushbu korxonalarni tashkil etilishida qo'yidagi davlatlarning investorlari o'z hissalarini qo'shgan, shu jumladan: Rossiya Federatsiyasi - 16 ta (25,4%), Xitoy Xalk Respublikasi - 16 ta (25,4%), Buyuk Britaniya - 7 ta (11,1%), Turkiya - 5 ta (7,9%), Birlashgan Arab Amirligi - 5 ta (7,9%)Janubiy Koreya - 2 ta (3,2%), Pokiston - 3 ta (4,8%), Qozog'izton – 2 ta (3,2%), Germaniya - 2 ta (3,2%) hamda viloyatda Amerika Qo'shma Shtatlari, Belgiya, Litva, Qozog'izton, Polьshava Italiya, investorlari ishtirokida1 tadan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona tashkil etilgan.
Xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar iqtisodiyotning quyidagi tarmoqlariga ixtisoslashgan:
engil sanoat tarmog'ida - 14 ta (22,2%); qishloq xo'jaligi - 9 ta (14,3%), Savdo sohasida – 2 ta (3,2%), Xizmat ko'rsatish sohasida – 5 ta (7,9%), mashinasozlik - 5 ta (7,9%), charmpoyafzal - 3 ta (4,8%), oziq-ovqat - 7 ta (11,1%), qurilish - 4 ta (6,3%), farmatsevtika - 3 ta (4,8%), neftkimyo - 3 ta (4,8%), Parrandachilikva chorvachilik sohalarida – 4 ta (6,3%), yog'ochni qayta ishlash va qog'oz sanoati - 2 ta (3,2 %), iqtisodiyotning boshqa sohalarida – 2 ta (3,2%). Shu bilan birga elektrotexnika va sanfanyans sohalarida 1 tadan korxona tashkil etilgan. Shuni ta'kidlash joizki viloyatda ro'yxatdan o'tgan xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalarning qarib 37,3% engil va qishloq xo'jaligi soxalarga to'g'ri keladi.
Viloyatda faoliyat yuritayotgan xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalardan yirik investorlari bular;
Xitoyning "Wenzhou Jinsheng trade Co. LTD kompaniyasi tomonidan quyidagi korxonalar tashkil etilgan:
“Peng Sheng” QK – keramik plitkalar ishlab chiqarish,
"Peng Sheng Feed" QK – uy xayvonlari uchun ozuqa em ishlab chiqarish,
"Peng Sheng Casing" QK – Yirik va mayda shoxli xayvonlarning ichaklarini qayta ishlash,
"AWP" QK – santexnika jixozlarini ishlab chiqarish,
"Peng Sheng Charm" XK – terini qayta ishlash,
"Peng Sheng Shoes" XK – poyabzal ishlab chiqarish;
Xitoyning "ZTE limited" kompaniyasi tomonidan "Pengzhong Xingshen" QK negizida uyali telefon apparatlarini ishlab chiqarish;
Birlashgan Arab Amirligining "West FZE" kompaniyasi tomnidan "Baraka teks" XK – ip kalava ishlab chiqarish;
O'zbekiston-Buyuk Britaniyaning "Eurocotton Impex LTD" kompaniyasi tomonidan “Mili Gulistan Textile" QK– ip kalava ishlab chiqarish;
O'zbekiston-Birlashgan Arab Amirligining "Twenty First Century Trading" CO LLC kompaniyasi tomonidan "Inzin_tex" QK– trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish;
Polьshaning "Coderharm" va Buyuk Britaniyaning "Biznes Invest LTD" kompaniyalari tomonidan "Code Pharm" XK– dori vositalarini ishlab chiqarish;
Xitoyning "Iuskaya importno-eksportnaya OZNU" kompaniyasi tomonidan “Gulistan Socks Business" QK – paypoq ishlab chiqarish;
Buyuk britaniyaning“Intexlayn liniya LD” kompaniyasi tomonidan “Guliston med texnika”QK – bir marotabalik shpritslar ishlab chiqarish;
Rossiyaning “Boroda” kompaniyasi tomonidan "Mos-Yan teks" QK – tayyor trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish;
Pakiston fuqaorosi Axmed Muxammad tomonidan "Asian Trade Link" XK – terini qayta ishlash;
Rossiyaning "TD UzTeks" kompaniyasi tomoindan "Sardoba Tekstil" QK – tayyor trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish;
Birlashgan Arab Amirligining "Bedeil General Trading" kompaniyasining "Sirdaryo Licorice Exctract" XK – shirin miya ildizini qayta ishlash;
Buyuk Britaniyaning "CNRG BUSINESS LP" kompaniyasi tomonidan "Pro Milk Technology" QK – zamonaviy chorvachilik kompleksi;
Rossiyaning Vips-Med va Buyuk Britaniyaning "Skiline industries LLP" kompaniyalari tomnidan "Reka Med Farm" QK - infuzion qorishmalar ishlab chiqarish;
Rossiyaning "Tsent polimer invest" kompaniyasi tomonidan "Sirdaryo mega luks" QK – polipropilen qoplar ishlab chiqarish;
Xitoyning "Wenzhou Xuzhan Investment Co,.Ltd" kompaniyasi tomonidan "CERAMIC RAW MATERIALS" QK – keramik plitkalar ishlab chiqarish hamda "Sirdarya Ceramic Production" XK – keramik plitkalar uchun sayqal ishlab chiqarish.
3. O'zbekistondagi tashqi kreditlar yoxud qarzlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |