Siyosiy huquq va erkinliklar — fuqarolarniig asosiy konstitutsiyaviy huquqlaridan bir guruhi (fukarolik, shaxsiy huquq va erkinliklar, iqtisodiy huquq va erkinliklar kabilar bilan bir qatorda). Siyosiy huquq va erkinliklar va e. fukarolarga mamlakat ijtimoiy va siyosiy hayotida qatnashish imkonini beradi. Bu huquq va erkinliklar jamiyat va davlat boshqaruvida qatnashish huquqi, saylov huquqi, qonunlarga muvofiq, jamoat birlashmalariga uyushish, mitinglar, yigʻilishlar va namoyishlar oʻtkazish, axborot erkinligi, ommaviy harakatlarda ishtirok etish, ariza, taklif va shikoyatlar berish orqali davlat organlari, muassasalar yoki xalq vakillariga murojaat qilish huquqi kabilarni oʻz ichiga oladi. Oʻzbekiston fuqarolarining S.h va e. i Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida (8bob), "Fuqarolarning saylov huquklari kafolatlari toʻgʻrisida" (1994 y. 5 may). "Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrisida" [1991 y. 18 noyabr (2001 y. 30 avg .da yangi tahrirda) qabul qilingan], "Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida" (1996 y. 26 dek.), "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida" [1991 y. 14 iyun (1998 y. 1 mayda yangi tahrirda) qabul qilingan], "Kasaba uyushmalari, ularning huquklari va faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida" (1992 y. 2 iyul), "Oʻzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari toʻgʻrisida" (1991 y. 15 fevral) kabi bir qancha qonunlar va qonun kuchiga ega boʻlgan hujjatlar bilan belgilab qoʻyilgan
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari, jumladan, shaxsiy huquq va erkinliklari, siyosiy huquklari, iq-tisodiy va ijtimoiy huquklari, shuningdek, Inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlari belgilab berilgan (18— 52-moddalar). Oʻzbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega boʻlib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qatʼi nazar, qonun oldida tengdirlar (18-modda). Jumladan, yashash huquqi — har bir insonning uzviy huquqi. Inson hayotiga suiqasd qilish — eng ogʻir jinoyat hisoblanadi (24-modda). Har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega. Hech kim konunga asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishi; qiynoqqa solinishi, zoʻravonlikka, shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas (25—26-moddalar). Har kim oʻz shaʼni va obroʻsiga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish va turar joyi daxlsizligi huquqiga; fikrlash, soʻz va eʼtiqod erkinligi xuquqiga ega (27—29-moddalar). Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xoh-lagan dinga eʼtiqod qilish yoki hech qaysi dinga eʼtiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yoʻl qoʻyilmaydi (31-modda).
Mustaqillik yillarida Oʻzbekistonda Inson huquqlari va erkinliklarining ustunligidan kelib chiqadigan, xalqaro miq-yosda qabul qilingan yangi yuridik ta-moyil va talablarga asoslangan keng hukuqiy muhit vujudga keltirildi. Totalitar tuzumning tazyiq va zoʻravonligidan huquqiy meʼyorlar sari keskin burilish yasaldi. Respublika qonunlarini Inson huquqlari sohasidagi xalqaro meʼyorlar va andozalarga muvofiklashtirish, mazkur sohada Milliy harakat dasturini ishlab chiqish, Inson huquqlarini himoya qiladigan muassasalarning yaxlit tizimini barpo etish, Inson huquqlariga oid xalqaro shartnomalar va hujjatlarga qoʻshilishda davom etib, bu hujjatlar boʻyicha majburiyatlarni bajarishning , barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolar shu hujjatlar talablariga soʻzsiz rioya qilishining mexanizmi yaratildi.Inson huquqlari va kafolatlari O'z. Res. Konst.ning 7,8,9,10 boblarida berilgan
Mustaqil demokratik yo‘ldan dadil odimlayotgan O‘zbekistonning eng ulug‘ maqsadi, avvalo, xalqimiz manfaatlari ko‘zlangan islohotlarni amalga oshirishga qaratilgani bilan e’tiborlidir. Bu jihatlar Konstitutsiyamizda ham mustahkamlab qo‘yilgan. Jumladan, Bosh Qomusimizning II bob 13 moddasida “O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy printsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi.
Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va Qonunlar bilan himoya qilinadi” deyilgan.
Yurtimizda inson huquq va erkinligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarga hamohang tarzda faoliyat yuritayotgan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi ham shu kabi ezgu ishlarni amalga oshirishga kamarbastalik qilmoqda. Joriy yil 31 oktyabrь kuni Markaz tashkil etilganligiga 18 yil to‘ladi. O‘tgan davr mobaynida mazkur Markaz o‘z oldidagi o‘ta dolzarb sanalgan milliy harakat rejasini tuzish, Konstitutsiyamiz, qonunlar va inson huquqlari sohasidagi umume’tirof etilgan xalqaro huquq me’yorlari qoidalarini amalga oshirish strategiyasini ishlab chiqish, inson huquqlari sohasida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro va milliy tashkilotlar bilan hamkorligini rivojlantirish, mamlakatimizda inson huquqlariga rioya etilishi va bu huquqlarning muhofaza qilinishi yuzasidan milliy ma’ruzalar tayyorlash, davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga, shuningdek, inson huquqlari bo‘yicha jamoat birlashmalariga maslahatlar berish, inson huquqlarini rag‘batlantirish va muhofaza qilishning turli jihatlari yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazish kabi vazifalarni muvaffaqiyatli ado etib kelmoqda.
Shu munosabat bilan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori, yuridik fanlari doktori, professor Akmal Saidov “Turkiston-press” NAA muxbiriga quyidagilarni so‘zlab berdi.
— Avvalo, shuni qayd etishni istardimki, yurtimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng har bir sohada tub islohotlar jarayoni boshlandi, — deydi Akmal Saidov. — Ayniqsa, inson huquqlarini ta’minlash borasida 1948 yil 10 dekabrda qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining O‘zbekiston parlamenti tomonidan tasdiqlanganligi istiqlolning ilk yillarida qabul qilingan muhim xalqaro huquqiy hujjat bo‘ldi.
O‘zbekistonda qisqa tarixiy muddat ichida milliy davlatchilikni shakllantirishning huquqiy asoslari yaratildi. Mamlakatimiz barcha rivojlangan huquqiy davlatlardagi kabi uch hokimiyatga, ya’ni qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga taqsimlandi. Xalq farovonligi yo‘lida kuchli huquqiy davlatdan fuqarolik jamiyati sari ildam qadam qo‘yish maqsadida erkin bozor munosabatlariga asoslangan kuchli iqtisodiyot barpo etildi. Shu tariqa, yurtimiz xalqaro huquqning to‘laqonli va teng huquqli sub’ektiga aylandi. Albatta, bularning barchasiga Prezidentimiz Islom Karimovning jonkuyarligi, tashabbuskorligi va rahnamoligi evaziga erishildi.
Inson huquqlari va erkinliklarini muhofaza qilishning ta’sirli vositasini barpo etish, xalqaro tashkilotlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikni kengaytirish, davlat muassasalari xodimlari va aholining inson huquqlari bo‘yicha madaniyatini oshirish maqsadida BMTning Inson huquqlari va boshqaruv tizimini demokratiyalashni qo‘llab-quvvatlash dasturiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 31 oktyabrdagi Farmoni bilan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tuzildi. Farmonda Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazning maqsad va asosiy vazifalari aniq belgilab qo‘yildi.
1996 yil 13 noyabrdagi “Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasining qarori Milliy markaz faoliyatining tashkiliy-huquqiy asosi hisoblanadi. Ushbu qaror orqali Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi to‘g‘risidagi Nizom va Milliy markaz tuzilmasi tasdiqlangan.
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi davlatga qarashli idoralararo tahlil, tushuntirish va muvofiqlashtirish organi hisoblanadi. Ya’ni, mazkur organ inson huquqlari sohasida davlat boshqaruv organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, inson huquqlari sohasidagi ishlar milliy rejasini ishlab chiqadi, O‘zbekistonning inson huquqlari bo‘yicha milliy ma’ruzalarini tayyorlaydi, davlat xizmatchilari uchun esa inson huquqlari muhofazasi sohasida axborot bazasini yaratadi, ularni o‘qitadi, maslahatlar beradi, tashviqot ishlarini olib boradi. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, Markazning asosiy maqsadi bu ustuvor vazifalarni har tomonlama hal etish yo‘li bilan Inson huquqlari sohasidagi Milliy faoliyat dasturini, huquq va erkinliklarni himoya etishning ko‘p jihatli tizimini ishlab chiqish va hayotga tatbiq etishdan iborat.
Shu o‘rinda, Milliy markazning xalqaro hamkorligiga ham to‘xtalib o‘tish joiz. Xususan, BMTning O‘zbekistondagi Taraqqiyot Dasturi, EXHTning O‘zbekistondagi Loyihalar Koordinatori, Xalqaro mehnat tashkiloti, O‘zbekistondagi Evropa Ittifoqi delegatsiyasi, YuNESKO, YuNISEF, Xorijiy mamlakatlarning mamlakatimizdagi elchixonalari, qator xalqaro jamg‘armalarning vakolatxonalari bilan samarali hamkorlik o‘rnatilgan. Xalqaro sheriklar bilan hamkorlikda respublikamizda inson huquq va erkinliklarini yanada mustahkamlash, himoya qilish va rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan turli loyihalar amalga oshiriladi.
Hozirda Markazning Axborot-huquq bo‘limi huzurida Markaziy Osiyoda yagona ixtisoslashtirilgan Inson huquqlari bo‘yicha ommaviy kutubxona faoliyat yuritadi. Mazkur kutubxona o‘zbek va xorijiy tillarda nashr etilgan kitoblar, jurnallar va boshqa adabiyotlardan iborat bo‘lib, 5 mingdan ziyod nomdagi inson huquqlariga doir kitob fondiga ega. Markaz tomonidan inson huquqlari bo‘yicha 150 dan ziyod to‘plamlar, kitoblar va boshqa adabiyotlar davlat tilida ko‘p ming adadda chop etildi.
O‘zbekistonda Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlarning shakllanishi mamlakatni isloh qilish va modernizatsiyalash jarayonlari doirasida davlat va jamiyatning barcha sohalarida demokratik islohotlar o‘tkazish amalga oshirildi. Jumladan, davlatimiz rahbarining 2008 yil 1 maydagi “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 60 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni O‘zbekistonda Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlarning huquqiy maqomini mustahkamlash yo‘lida yana bir muhim qadam bo‘ldi, deyish mumkin. Prezidentimiz Farmonida inson huquqlarini himoya qilish tizimini tashkiliy-huquqiy jihatdan yanada takomillashtirish, shuningdek, inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, moddiy-texnikaviy bazani mustahkamlash, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi va boshqa milliy institutlar bo‘linmalarining samarali ishlashi uchun zarur bo‘lgan sharoitlarni yaratish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni qabul qilish ko‘zda tutilgan.
Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida qabul qilingan me’yoriy hujjatlar, xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish maqsadlarida milliy institutlarning qonunchilik asoslarini takomillashtirish O‘zbekistonning demokratik o‘zgarishlarga sodiqligini yana bir karra namoyish qilmokda.
Ayni paytda mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlardan Oliy Majlis Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman), O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonunchilik monitoringi instituti hamda Milliy markazimiz zimmasidagi vazifalarni to‘laqonli bajarish yo‘lida xizmat qilib kelmoqda. Bu tashkilotlarning harakati, izlanishlari o‘laroq, yurtimizda inson huquqlari muhofazasi yo‘lida mustahkam qonunchilik tizimi barpo etildi. Istiqlol yillarida insonning asosiy huquq va erkinliklarini ta’minlashga doir konstitutsiyaviy qonunlar, kodekslar va boshqa qonunlar qabul qilinib, hayotga tatbiq etilmoqda. “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Xayriya to‘g‘risida”gi va boshqa qonunlarning qabul qilinishi inson huquqlarini himoya qilishning huquqiy asoslarini takomillashtirishga zamin bo‘lmoqda.
Ayni paytda mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarining huquqiy asoslari yaratilishi va uning amalda qo‘llanishi hamda kafolatlanishini kuzatuvchi mexanizmlardan yuqorida tilga olib o‘tilgan institutlar bilan bir qatorda Oliy sud huzuridagi Sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha tadqiqot markazi va Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligida inson huquqlari bo‘yicha bo‘linmalar va boshqarmalar samarali faoliyat yuritmoqda.
O‘zbekistonda xalqaro huquqning umume’tirof etilgan printsip va normalari ustunligi konstitutsiyaviy asosda e’tirof etiladi. Bugungi kunda mamlakatimiz inson huquqlari bo‘yicha 70 dan ziyod xalqaro hujjatlar, xususan, BMT tomonidan inson huquqlari bo‘yicha qabul qilingan 10 ta majburiy xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilib, o‘zining xalqaro majburiyatlarini muntazam ravishda bajarib kelmoqda.
Bu yil “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturi ijrosini ta’minlash borasida ham bir qancha yirik tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan, joriy yilning iyulь oyida Milliy markaz va YuNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida davlat organlari faoliyatida bolalar manfaatlarini ta’minlash, “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturining bajarilishi samaralariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. Shuningdek, oktyabrь oyi boshida Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi va Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti o‘qituvchi va talabalari bilan hamkorlikda uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Albatta, ishimizning asosiy qismi fuqarolardan bo‘ladigan murojaatlarni qabul qilish va ularni ijobiy hal etishga qaratilgan. Shu ma’noda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining asosiy faoliyat yo‘nalishlari va uning tuzilmasi haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, quyidagi raqamlarga e’tiboringizni qaratmoqchiman: birgina Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limining o‘ziga fuqarolar joriy yilning o‘tgan 9 oyi mobaynida siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, shaxsiy huquq va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan 1452 holat bo‘yicha ariza, shikoyat va takliflardan iborat murojaatlarini bildirishgan. Ayni kunda 192 ta holat bo‘yicha tegishli huquqiy maslahat berildi, 117 ta holat bo‘yicha esa huquqlarni amalga oshishiga boshqa organlar bilan hamkorlik qilindi, 92 ta holat bo‘yicha buzilgan huquqlar tiklandi. Shu bilan birga, Markazimizga telefon orqali bo‘lgan ko‘plab murojaatlarga huquqiy maslahat ham berib boriladi.
Bir so‘z bilan aytganda, O‘zbekistonning demokratik o‘zgarishlarga sodiqligini namoyish qilish, yurtimizda kechayotgan ulkan o‘zgarishlar va yangilanishlar davrida avvalo inson huquqlarini himoya qilish va rag‘batlantirish birlamchi vazifalardan sanaladi. Bunda jamiyatimizda mavjud milliy institutlar ichida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining o‘rni beqiyosdir
Bugun mamlakatimizda jamiyatning barcha sohalarida, jumladan, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash borasida keng ko'lamli demokratik o'zgarishlar ro'y bermoqda. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan Prezidentning Xalq va Virtual qabulxonalari faoliyatining yo'lga qo'yilishi bu borada muhim qadam bo'ldi. Bu chora-tadbirlar “Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak” degan insonparvarlik tamoyilini to'la ro'yobga chiqarishda muhim omil bo'lmoqda.
Ayni paytda O'zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi saksondan ortiq xalqaro hujjat me'yorlarini milliy qonunchilikka va huquqni qo'llash amaliyotiga tizimli hamda bosqichma-bosqich implementatsiya qilish masalalariga ham alohida e'tibor qaratilmoqda.
Jamiyatimizda bu borada ro'y berayotgan muhim siyosiy-ijtimoiy yangiliklardan xalqimizni o'z vaqtida xabardor etish maqsadida davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari, ta'lim muassasalari aholi orasida umuminsoniy qadriyatlar, inson huquqlarini hurmat qilish va ularga rioya etish tamoyillarini ommalashtirishga, shuningdek, fuqarolarning huquqiy axborotdan foydalanishini ta'minlashga keng jalb etilgan.
Barcha iqtisodiy va ijtimoiy dasturlar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo'yicha qabul qilinayotgan investitsiya loyihalari yangi ish o'rinlarini yaratish, shuningdek, mehnat migrantlarining huquqlari va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan. Bandlikka ko'maklashish jamg'armasi, Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo'llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg'armasi tashkil etildi.
Mamlakatimiz aholisining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va sog'lig'ini muhofazalash, ta'lim sifati va samaradorligini oshirish, ekologik muhitni barqarorlashtirish, gender tenglikni ta'minlash yuzasidan muhim loyihalar hayotga tatbiq etilayotir. Bu ishlarning natijalari xalqaro reytinglarda alohida e'tirof etilayotgani quvonarlidir. Xususan, BMT tomonidan o'tkazilgan tadqiqotlarning 2020 yilgi natijalariga ko'ra, Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) global reytingida O'zbekiston 71,02 foiz natija bilan 190 dan ortiq mamlakat orasida 66-o'rinni egalladi.
Ayni paytda bu yo'nalishdagi ishlarni yanada jadallashtirish, aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish maqsadida 2030 yilgacha kambag'allikni qisqartirish kontseptsiyasi loyihasi ishlab chiqilmoqda.
Hammaning qonun oldida tengligi, insonparvarlik, adolatlilik, sud hokimiyatining mustaqilligi ta'minlanishi ham bevosita inson huquqlari ustuvorligiga xizmat qilmoqda. SHu tufayli fuqarolarning siyosiy huquqlari, fikr, so'z va vijdon erkinligi kafolatlanmoqda. Mamlakatimizda diniy erkinlik borasida ham qator amaliy ishlar qilindi. Millatlararo totuvlik va dinlararo bag'rikenglik yanada mustahkamlanmoqda.
O'zbekistonda inson huquqlariga rioya qilish va uni himoya qilishning milliy mexanizmlari ham takomillashib bormoqda. Oliy Majlisning inson huquqlari bo'yicha vakili (Ombudsman) va Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi bilan birga Bola huquqlari bo'yicha vakil va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakil kabi yangi lavozimlar joriy etildi.
Kam ta'minlangan oilalar, nogironligi bo'lgan shaxslar, mehnat migrantlari, bolalar, yoshlar, ayollar, katta yoshdagilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, oila institutini mustahkamlash bo'yicha ishlar tubdan qayta ko'rib chiqildi. Oila institutini mustahkamlash bo'yicha kontseptsiya qabul qilinib, oilaviy mojarolarni hal etish mexanizmlari yaratildi.
Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarining huquqiy asoslari mustahkamlandi. Xususan, davlat xotin-qizlar va erkaklarga jamiyat hamda davlat ishlarini boshqarishda, saylov jarayonida teng ishtirok etishda, sog'liqni saqlash, ta'lim, fan, madaniyat, mehnat va ijtimoiy himoya yo'nalishlarida, shuningdek, davlat va jamiyat hayotining boshqa sohalarida teng huquq hamda imkoniyatlar ta'minlanishini o'z kafolatiga oldi.
Inson huquqlarining eng muhim sharti bo'lgan shaxsning fuqaroligini tiklash bo'yicha ham salmoqli qadamlar qo'yildi. Ko'p yillar davomida yurtimizda yashab kelayotgan bo'lsa-da, fuqarolik ololmay yurgan, bu yuksak maqomni uzoq vaqt intiqib kutgan 50 mingdan ziyod kishiga O'zbekiston Respublikasi fuqaroligi berildi.
O'zbekiston xalqaro maydonda inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash sohasida ham tashabbus ko'rsatmoqda. Prezidentimizning BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida kurrai zaminimizdagi ikki milliarddan ortiq yigit va qizning haq-huquqlarini ta'minlash maqsadida YOshlar huquqlari to'g'risidagi konventsiyani qabul qilish to'g'risidagi taklifi jahon hamjamiyati tomonidan yakdillik bilan qo'llab-quvvatlandi. BMT Bosh Assambleyasining 73-sessiyasida esa davlatimiz tashabbusi bilan Ma'rifat va diniy bag'rikenglik to'g'risidagi rezolyutsiya qabul qilindi.
SHu yil avgust oyida bo'lib o'tgan, eng nufuzli xalqaro, mintaqaviy va nodavlat notijorat tashkilotlarning 1000 nafardan ko'proq vakillari ishtirok etgan “YOshlar-2020: global hamjihatlik, barqaror rivojlanish va inson huquqlari” mavzusidagi Inson huquqlari bo'yicha Samarqand onlayn forumi yakunlari bo'yicha qabul qilingan rezolyutsiya BMT Bosh Assambleyasi 75-sessiyasining rasmiy hujjati sifatida taqdim etildi.
Prezidentimiz BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi nutqida esa barqaror taraqqiyot maqsadlariga erishish va inson huquqlarini ta'minlashda parlamentlar rolini oshirish to'g'risida BMT Bosh Assambleyasining maxsus rezolyutsiyasini qabul qilishni taklif etdi.
Bu yo'nalishdagi keng ko'lamli ishlarni yanada takomillashtirish maqsadida Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasi qabul qilindi. Milliy strategiyada O'zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish va ularga rioya qilish masalalari davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri hisoblanishi belgilab qo'yildi.
Mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini ta'minlash yuzasidan olib borilayotgan islohotlar dunyo hamjamiyati tomonidan munosib e'tirof etilmoqda. Bu O'zbekiston tarixda birinchi marta BMTning Inson huquqlari bo'yicha kengashiga o'z guruhidagi davlatlar orasida eng ko'p ovoz bilan saylanishida yaqqol isbotini topdi. O'zbekistonning bu nufuzli organga saylanishi uning inson huquqlari sohasidagi barqaror sa'y-harakatlari e'tirofi, xalqaro miqyosda tan olinishidir.
BMTning O'zbekistondagi doimiy vakili Helena Freyzerning ta'kidlashicha, “O'zbekistonning BMTning Inson huquqlari bo'yicha kengashiga saylanishi katta sharaf. Bu O'zbekiston inson huquqlarini himoya qilishda boshqa mamlakatlarga andoza bo'lishini anglatadi”.
Holbuki, bundan bir necha yillar avval O'zbekistonda inson huquqlari masalasida mavjud ko'plab muammolar jamiyat rivojiga jiddiy ta'sir etardi, bu holat turli xalqaro minbarlarda qattiq tanqid qilinardi.
BMTning Inson huquqlari bo'yicha kengashi inson huquqlari sohasida eng obro'li xalqaro tashkilotdir. Uning tarkibiga 47 davlat saylanadi. Kengash dunyoda umuminsoniy huquqlar yuzasidan barcha masalalarni va vaziyatlarni muhokama qilish vakolatiga ega tuzilmadir.
Xulosa sifatida aytish kerakki, yurtimizda kechayotgan ulkan islohotlar va yangilanishlar davrida inson huquqlarini himoya qilish eng ustuvor vazifalardan biriga aylangani O'zbekistonda demokratik islohotlar ortga qaytmas jarayon ekanining yaqqol ifodasidir. Bu borada BMT hamda boshqa xalqaro tuzilmalar bilan faol hamkorlikni yanada kengaytirish esa, albatta, davlatimizning milliy manfaatlariga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |