9- sinf
(haftasiga 2 soatdan, jami 68 soat)
Algoritmlash asoslari (10 soat+ 1 soat nazorat ishi)
Mazmun. Kompyuterda masala yechish bosqichlari. Model, model turlari (matematik, fizik, biologik va b.), matematik modellashtirish. Algoritm, uning xossalari (diskretlilik, tushunarlilik, aniqlik, ommaviylik, natijaviylik), turlari,tasvirlash usullari.
Dasturlash asoslari (36 soat+ 2 soat nazorat ishi)
Mazmun. Dasturlash tillari. Dasturlash tilining asosiy elementlari. Dasturlash tilining asosiy operatorlari. Miqdorlar va ular bilan ishlash protsedura va funksiyalari. Chiziqli, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi dasturlar. Shakl yasovchi va fayllar bilan ishlash protsedura va funksiyalari. Qism dasturlar.
Elektron jadvallar (15 soat+ 1 soat nazorat ishi)
Mazmun. Elektron jadval vazifalari va uning imkoniyatlari. Elektron jadvalning elementlari. Elektron jadvalda matematik amallar va funksiyalarni qo‘llash. Standart funksiyalar (matematik, mantiqiy, statistik, matnli). Matematik formulalar bilan ishlash. Diagramma va grafiklarni hosil qilish. Diagramma va grafiklarni tahrirlash. Ma’lumotlarni tartiblash va saralash. Elektron jadvalda mantiq elementlarini qo‘llash.
Do'stlaringiz bilan baham: |