Mazmun. Axborot tushunchasi va bilish haqida. Axborotlar ustida bajariladigan amallar. Axborotni kodlash usullari. Sanoq sistemalari. Ikkilik sanoq sistemasida arifmetik amallar bajarish. Sonlarni bir sanoq sistemasidan boshqasiga o‘tkazish. Axborotlarning kompyuterda tasvirlanishi. Axborot miqdori va uzatish tezligining o‘lchov birliklari.
2. Internetda ishlash asoslari (9 soat + 1soat nazorat ishi)
Mazmun. Axborotli olam muammolari va Internet. WWW ning asosiy servisi. Internetda ishlashni ta’minlovchi dasturlar: brauzerlar. Axborot tarmoqlari. Internet Explorer dasturining vazifalari. Internetdan ma’lumotlarni olish usullari. Axborot bilan ishlashda ahloqiy va huquqiy me’yorlar. Axborotlarni himoyalash va antiviruslar haqida.