Ilmiy matnni rasmiylashtirish qoidalari
Reja:
2. Ilmiy matnni rasmiylashtirish qoidalari.
3. Havolalarni berish tartibi va namunalari.
4. Ilmiy matnga reja tuzish, uni tahrir qilish.
5. Ilmiy ishga taqriz va ilmiy xulosa yozish.
Ilmiy ishning tuzilmaviy xususiyatlari fikrning mantig`i bilan belgilanadi va matnning tuzilmaviy unsurlari, kompozitsiya va rubrikatsiyasini belgilab beradi. Ilmiy tadqiqot, izlanish jarayonini quyidagi tartibda borishini ko`rsatib o`tish mumkin:
-Talqiqot mavzusi va sarlavhasini aniqlash
-tadqiqotning dolzarbligi, yangiligi, obhekti, predmeti va uslubini asoslab berish;
-tadqiqot jarayonini tasvirlash;
- xulosalar chiqarish va umumlashtirish
Bularning barchasi ilmiy ishlarning kompozitsiya va rubrikasini belgilab beradi. Biroq ular fan sohasi, janriga va muallif uslubiga ko`ra o`zgarishi mumkin.
Kompozitsiya – asarning tuzilmasi, qismlarining mutanosibligi va o`zaro joylashuvi bo`lib, u ikki o`zaro bog`liq qismdan, yahni tasviriy - obzor qismi va asosiy - tadqiqot qismlaridan iborat. Kompozitsiyani tanlash, uni detallashtirish, avvalo, hal qilinayotgan ilmiy vazifaning turi, tanlangan uslub, fan sohasi, janr va muallifning individual uslubiga bog`liq.
Rubrikatsiya – kompozitsion tuzilmaning tashqi ifodasi bo`lib, ilmiy tadqiqotning mantiqiy qismini tashkil etadi. Rubrikatsiya matnni tarkibiy qismlarga bo`lish, bitta qismni boshqasidan grafik tarzda ajratish hamda nomlar, raqamlarni qo`llash jihatlariga ega.
Har qanday ilmiy-ijodiy ishda (ilmiy maqola, ilmiy ma`ruza, BMI, dissertatsiyalar) tadqiq manbai va predmeti aniqlanib, tadkikot, uning asosiy bosqich va xatto, xulosalari olim miyasida pishib yetilgach, ilmiy ishga sarlavha tanlanadi. Sarlavha ishda nima va kanday o`rganilayotgani haiqda aniq ma’lumot berishi lozim.
Ilmiy ishlar, odatda, kirish, asosiy qism va xulosa qismlaridan iborat bo`ladi.
Kirish - mazkur ishda o'rganilayotgan muammolar bo'yicha ilmiy adabiyotning obzoridir, kitobxon masalaning qaysi tomonlari tadqiq etilganligi, qay jabhalari o'rganilganligi, nima o'rganilmay qolganligini va bu o'rganilmagandan mazkur tadqiqotchi nimani o'rganmoqchi bo'lganligi va nima sababdan aynan shu savollarni hozirda o'rganishga qaror qilib, zarur deb to’ganini aniqlay oladigan tarzda tuziladi. Bu savollarga javoblar mavzuni tanlashni asoslab beradi va shu bilan bir qatorda uning dolzarbligini ham isbotlaydi. Kirishda tadqiqotning maqsad va vazifalari aniqlanadi, material tahlilda tadqiq etilgan uslubni ko'rsatish ham maqsadga muvofiq. Bundan tashqari til materialining umumiy xarakteri - uning manbalari, tanlash tamoyillari, o'rganilganlik darajasini ko'rsatish ham maqsadga muvofiq bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |