Reja: Ilk bolalik davrida fiziologik va jismoniy rivojlanish, harakat malakalari, kognitiv rivojlanishi



Download 50 Kb.
bet1/4
Sana22.07.2022
Hajmi50 Kb.
#839196
  1   2   3   4
Bog'liq
psix


Reja:

1. Ilk bolalik davrida fiziologik va jismoniy rivojlanish, harakat malakalari, kognitiv rivojlanishi
2. Ilk bolalik davrining psixologik xususiyatlari
3. Ilk bolalik davrida o‘z-o‘zini anglash

Ilk bolalik davrida fiziologik va jismoniy rivojlanish, harakat malakalari, kognitiv rivojlanishi
Ilk bolalik davri: go‘daklik davridan so‘ng rivojlanishning yangi bosqichi — ilk bolalik (1—3 yosh) davri boshlanadi. Ilk bolalik davri bola hayotidagi eng ahamiyatga molik, uning kelajakdagi psixologik rivojlanishini belgilab beruvchi muhim davr hisoblanadi. Bu davrdagi rivojlanishning asosini bolaning to‘g‘ri yurishi, muloqotga kirishishi va predmetli faoliyatni egallash xususiyatlari tashkil etadi. Tikka va to‘g‘ri yura olish imkoni bolani doimiy ravishda yangi ma’lumotlarni egallashga zamin bo‘ladi. Bu yoshdagi bolalar o‘z xatti-harakatlari bilan juda faol va kattalar bilan muloqotga kirishishga intiluchan bo‘ladilar.
Yurishni o‘rganish bolaning jismoniy o'sishi uchungina emas, balki uning psixik taraqqiyoti uchun ham muhim ahamiyatga egadir. Bolaning mustaqil harakat qilishi — yurishi tufayli ko‘plab predmetlarga duch keladi, ularning nimalarga ishlatilishini «amal»da ko‘rib biladi va o‘zi ham ulardan kerakli o‘rinda foydalana boshlaydi. Bola yurishni o'rgangach, fazoni ham bila boradi. Kichkintoy bolalar «yaqindagi» fazoni qo'llarining harakati yordamida bilib oladilar, bunda ko‘z ham ishtirok eta boshlaydi. Bog'chagacha yoshdagi bola «uzoqdagi» fazoni oriyentirovka qila boshlaydi. Bola yura boshlaganda, o'z oyog‘i yordamida masofa va yo‘na!ish bilan tanishadi, uning ko‘z, qo‘l va oyoqlarining o'zaro kelishib harakat qilishi, boshlang‘ich ko‘z o'lchovi o'sadi hamda masofa va predmetlarning turgan joylarini birmuncha aniq aytib berish ko‘nikmasi vujudga keladi. Bog‘chagacha bo'lgan yosh davrining birinchi yarmida bola-llar predmetlar bilan harakat qilib, tanishib boradilar. Harakatlarning barcha koordinatsiyasi bolada barqaror diqqatning rivojlanishiga, idrokning aniq bo'lishiga va iroda kuchining o'sishiga olib keladi. Ammo bolalarning harakatlari kattalarning harakatlariga taqlid qilish xarakteriga ega bo'ladi. Biror-bir harakatni o‘z vaqtida o'zlashtirishi bilan bola uni asta-sekin mustaqil bajara boradi, bu harakat unda dadillik, ishonch va sabr-matonatlilik kabi ijobiy xislatlarning tarkib topishiga yordam beradi.
Bola hayotining uchinchi yilida, ya’ni organizmning intensiv o'sishi va rivojlanishi davrida harakatlarning kam bo'lishi bolaning umumiy o'sishiga salbiy ta’sir etadi. Shu sababli asosiy harakatlar (yurish, yugurish, predmetlarga tirmashib chiqish) bilan birgalikda, qo‘l harakatlarining ham to‘g‘ri va o‘z vaqtida rivojlanishi haqida g‘amxo‘rlik qilish zarurdir. Bolaning harakatlarini asosan uning kundalik faoliyati jarayonida o‘stirib borishga e’tibor berish kerak. Masalan, mustaqil ravishda yuvinish, kiyinish, ovqatlanish, gigiyenik mashqlar, o‘yin va boshqalar.Har xil harakatlarni bajarish va predmetlar bilan harakat qilish tevarak-atrofdagi olamni bilishga olib keladi. Bola predmetlarning fazodagi o‘rni, joylanishi, sifati, hajmi, shakli va holatlari bilan tanishadi. Bularning hammasi sezgi organlarining o‘sishiga ijobiy ta’sir etadi. Bir yoshlik bola nisbatan yaxshi rivojlangan sezgirlikka egadir. Bola bog‘cha davrining boshlanishida ba’zi tovushlarni, o'ziga yaqin kishilarning ovoz tempini aniq ajrata oladi, ba’zi bir narsalarning ta’mi va hidini farq qiladi, ranglarni taniy boshlaydi. Bu yosh davrida ko‘rish va eshitish analizatorlarining rivojlanishi ayniqsa yuksak darajaga yetadi. Bola asosiy ranglarni bir-biridan farq qiladi. Lekin bolaga ranglarning nomini aytishga qaraganda, ularni bir-biridan ajratish osonroqdir. Bolalar ranglarni bilsalar ham, bu sohadagi o‘z bilimlaridan yetarli darajada yaxshi foydalana olmaydilar. Bolalar qizil rangni osonlik bilan ajrata oladilar-u, binafsha rangni ajratishda ko‘pincha yanglishadilar. Ko‘pincha bolalar har bir rangning tusini, tovlanishini yaxshi ajrata olmaydilar.
Lekin bola hali predmet va hodisalarni har tomonlama kuzatib, uning asosiy, muhim tomonlarini ajratib, ayrim elementlarini o‘zaro boglab olishning uddasidan chiqa olmaydi. Bolada kuzatuvchanlikni o‘stirishda sayr va ekskursiyalar muhim ahamiyatga egadir. Bunda bolalar kattalarning rahbarligida tevarak-atrofdagi predmet va hodisalarda o‘zlari uchun yangi bolgan muhim va qiziqarli narsalarni aniqlashga olganadilar. Rasmlarga qarash, o‘simlik va hayvonlarni parvarish qilish idrokning o'sishiga juda yaxshi ta’sir etadi.
Ilk yoshdagi bolalarning yetakchi faoliyat turi — predmetlarni olganish, predmetlar bilan manipulyativ harakat hisoblanadi.


Download 50 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish