Reja:
1.O‘yinda bolalar o‘zlarini kichkina jamiyatning a‘zosi deb bilishadi,o‘zaro kelishib harakat qilishga o‘rganishadi
2.Taqlid vositasiga o‘yinchoq ham kiradi. O‘yinchoq bola harakatini to‘ldiradi. O‘ylagan obrazi va fikrini amalga oshirishga yordam beradi
3. O‘yinda bolalarda o‘zlari o‘yinchoq yasashlari uchun kerakli materiallar bo‘lishi zarur
Bolalar o‘yin turlari
Qoidali o‘yinlar
Ijodiy o‘yinlar
Bolalarning o'ynashlari uchun malum vositalar kerak. Rolli o'yinlarda bolalar har xil vositalardan foydalanadilar, ulardan asosiylari quyidagilar; bolalarning o'z harakatlari; o'yinchoq so‘z va boshqa materiallar.
O'yinda bolalar o'zlarining kichkina jamiyatning a'zosi deb hisoblashadi, o'zaro kelishib harakat qilishga o'rganishadi.
Ijtimoiy tarbiya olayotgan sharoitda har bir bola o'ynayotgan bolalar jamoasiga kira olishi, u yerda o'z o'rnini topa olishi va shu jamoada o'rnashib olishi lozim.
Ijodiy o‘yin turlari
Syujetli rolli o‘yinlar
Sahnalashtirilgan o‘yinlar
Qurish yasash o‘yinlari
Sahnalashtirilgan o'yinlar
Sahnalashtirilgan o'yinlar ijodiy o'yinlar sarasiga kiradi. Unga ijodiy o'yinning quyidagi asosiy: niyatning mavjudligi, roli va mavjud harakatlar, xayol qilingan vaziyatning va boshqa elementlarning uyg'unligi, bolalarning mustaqillik va o'z-o'zini uyushtira olish jihatari xos. Sahnalashtirilgan o'yin badiiy asar asosida quriladi: o'yin syujeti, rollar, qahramonlarning xatti- harakatlari, ularning nutqi asar matniga ko'ra belgilanadi.
Qoidali o‘yin turlari
Didaktik o‘yinlar
Harakatli o‘yinlar
Musiqiy o‘yinlar
Qurilish o'yinlari
Qurilish o'yinlari ham ijodiy o'yinlar sirasiga kiradi. Ularda bolalar atrof-muhitdagi buyumli dunyo haqidagi taassurotlarini aks ettiradilar, mustaqil tarzda turli narsalar yasaydilar, bunyod etadilar.
Qurish-yasash o'yinlarida bir xil buyumlarning boshqalari bilan almashinishi yuz beradi. Kichik va o'rta guruh yoshidagi bolalarda qurilish o'yinlari rolli o'yinlar bilan bog‘lanib ketadi.
Qoidali o'yinlar. Didaktik o'yin turlari
Har bir xalqda asrlar davomida kattalarning bolalar uchun yaratgan o'yinlari va bolalarning o'zlari yaratgan ba'zi o'yinlari mavjud. Har qaysisi ham avloddan avlodga o'tib kelgan va xalq og'zaki ijodining o'ziga xos shakliga aylangan. Qoidali o'yinlar MTMda ta’lim-tarbiya vositasi sifatida keng qo'llaniladi. Qoidali o’yin ta’lim bilan bevosita bog'liqdir.
Didaktik o'yinlar. Didaktik o'yinlarning muhim elementi qoidalar hisoblanadi. Qoidalarni bajarish o'yin mazmunini amalga oshirishni ta’minlaydi. Didaktik o'yin ta'lim bilan bevosita bog'liq bo'lib, unga yordam beradi.
Didaktik o'yin - bu maktabgacha yoshdagi bolalarning yosh va imkoniyatlariga mos keladigan ta'lim berish metodidir.
E‘TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT