Reja: Ijtimoiy soha nima?



Download 53,5 Kb.
Sana30.12.2021
Hajmi53,5 Kb.
#196868
Bog'liq
Oʻzbekistonda ijtimoiy soha


Oʻzbekistonda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan oʻzgarishlar mazmuni va mohiyati

Insho


Reja:

1. Ijtimoiy soha nima?

2.Ijtimoiy sohani rivojlantirish umuminsoniy qadriyatlardan biridir.

3. Ijtimoiy sohani rivojlantirishning maqsad va vazifalari.

Ijtimoiy soha nima?

Buning uchun oldin “ijtimoiy” so‘zi istilohini oydinlashtirib olsak. U, asli, arabcha “jam’” dan yasalgan bo‘lib, ko‘pchilik, to‘planish degan ma’nolarda ishlatiladi.

“Jamoa”, “jamoat”, “jamiyat” so‘zlari ham bevosita shu “jam’” o‘zagidan kelib chiqadi. Tilshunoslik nuqtai nazaridan “jamiyat” so‘zi – ot so‘z turkumiga kiradi. Sifat yasash uchun unga odatdagi “-iy” sifat yasovchi qo‘shimchasini qo‘sholmaymiz, ya’ni tilimizda “jamiyatiy” degan so‘z shakli yo‘q. Shu sabab “jamiyat” kalimasining arab tilidagi sifat shakli – “ijtimoiy” so‘zini ishlatamiz. Bu aynan “jamiyatga, ya’ni ko‘pchilikka tegishli” degan ma’noni anglatadi.

Biroq “ijtimoiy soha” yoki “ijtimoiy himoya” so‘z birikmalari siyosiy, ya’ni davlatshunoslikka oid atamalar hisoblanadi. Ma’no jihatidan “ijtimoiy soha” ko‘pchilikning manfaatlariga tegishli sohani anglatadi. “Ijtimoiy himoya” esa “ko‘pchilikni himoya qilish” degan tushunchani bildirgani bilan, u amalda aholining, asosan, muhtoj va nochor toifalarini moddiy va ma’naviy himoya qilishni nazarda tutadi.

Shuning uchun ham O‘zbekiston o‘z mustaqilligiga erishgandan keyin kuchli ijtimoiy siyosat yurgizdi. Ijtimoiy soha hozirgi paytda ham davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning

“O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” gi 2017- yil 7 fevraldagi farmonida beshta ustuvor yo‘nalishdan to‘rtinchisida aynan ijtimoiy sohani rivojlantirish ko‘zda tutilgan. Unda belgilangan vazifalarni o‘qigan har bir kitobxon ko‘z o‘ngida birinchi galda ana shu chora-tadbirlar bo‘yicha mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ulkan ishlar gavdalanadi, albatta.

Bir ijtimoiy-siyosiy tuzumdan boshqasiga, ayniqsa, unga mohiyatan tamoman zid bo‘lgan boshqa tuzumga o‘tish hamisha murakkab kechadi. Bu aholining muayyan qismi hayotida keskin tarzda aks etadi. Bir tuzumdan ikkinchi tuzumga o‘tayotganda, xususan, eski ishlab chiqarish tizimi, mavjud iqtisodiy integratsiya o‘z-o‘zidan va tabiiy ravishda izdan chiqadi, ularning barini yangidan shakllantirishga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, mulkka egalik qilishning shakli o‘zgaradi, davlat korxonalari, hatto, ekin yerlari egalari o‘zgaradi, ishchi kuchi ham bevosita bozor iqtisodiyoti qonuniyatlari asosida qayta taqsimlanadi. Kimdir oldingi ishidan ajralishi, uni o‘zgartirishga majbur bo‘lishi ham zamonning zayli hisoblanadi. Demak, ijtimoiy himoyaga muhtojlar safi o‘zgarib, ya’ni kamayib-ko‘payib turishi ham – tabiiy jarayon.

Shuning uchun bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida aholining himoyaga muhtoj qismini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning kafolatli tizimi yaratilmas ekan, bu og‘ir ijtimoiy mushkulotlarga olib kelishi mumkin. Mustaqil O‘zbekistonda avval-boshdan bu borada oqilona yo‘l tutildi.

Hayot – mudom harakatda. Uni bir zum to‘xtatib turish yoki tarix g‘ildiragini orqaga aylantirishning aslo iloji yo‘q. Jamiyat doimo oldinga intilaverar ekan, u bilan birga ong ham tinimsiz o‘zgarib, taraqqiy topib boraveradi.

Lekin hech bir zamon ongni bir tuzumdan batamom voz kechib, ikkinchisiga o‘tish davridagidek o‘zgartirishga muhtoj bo‘lmaydi.

Shunday ekan, o‘zgarishlar mohiyati ham shaxs, uning manfaatlari bilan bevosita bog‘liq, islohotlar mas’uliyati ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri fuqaro zimmasiga tushadi. Shuning uchun O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov istiqlolning dastlabki yillaridanoq: “Islohot – islohot uchun emas, avvalo inson uchun, uning farovon hayoti uchun xizmat qilishi kerak”, – degan qat’iy pozitsiyani ilgari surdi.

Ko‘rinib turibdiki, kuchli ijtimoiy himoya avval-boshdan mustaqil O‘zbekiston davlat siyosatining ustuvor tamoyillaridan biri bo‘lib keldi. Mamlakatimizda davlat byudjetining asosiy qismi aynan ijtimoiy sohaga yo‘naltirilgan. Mamlakatda bu qat’iy qoidaga izchil amal qilib kelinyapti.

Ijtimoiy sohani rivojlantirish orqali aholi bandligi va real daromadlarni oshirish, aholini ijtimoiy himoya qilish va sog'liqni saqlash tizimini takomillashtirish xotin-qizlarning ijtimoiy siyosiy faolligini oshirish, kam taminlangan fuqarolar uchun arzon uy-joylar barpo etish dasturlarini amalga oshirish, taʼlim sohasini yuksaltirish va yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish kabi bir qator yoʻnalishlar ham yuksalib rivojlanib boradi. Bu esa aholining farovon hayot koʻrsatishi uchun dasturi amal vazifasini oʻtaydi. Hozirda kam taminlangan va boquvchisini yoʻqotgan oilalar uchun bir qancha imkoniyatlar yaratilmoqda. Yurtimizda shu yildan boshlab "Temir daftar" loyihasi ishlab chiqilib koʻpgina nochor oilalar ushbu roʻyxatga kiritildi va ularga amaliy koʻmaklar berildi.

Bundan tashqari bu yil xalqimiz uchun ancha sinovli yillardan boʻldi. Jumladan pandemiya tufayli xalqimiz ancha qiynalib, baʼzi oilalar kasallik tufayli oʻz yaqinlarini yoʻqotdi. Va natijada sog'liqni saqlash yoʻnalishida ham bir qancha e'tibor qaratildi va buning natijasida ushbu sohada ham ancha yangiliklar yaratildi, bu esa sohadagi yuksalishga turtki boʻldi desak mubolag'a boʻlmaydi.

Taʼlim va fan sohasini rivojlantirishda esa:

uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish;

ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash, ularni zamonaviy o’quv va laboratoriya asboblari, kompyuter texnikasi va o’quv-metodik qo’llanmalar bilan jihozlash orqali ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash yuzasidan maqsadli chora-tadbirlarni ko’rish;

maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog’ini kengaytirish va ushbu muassasalarda bolalarning har tomonlama intellektual, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash, bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishini jiddiy oshirish va foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash, pedagog va mutaxassislarning malaka darajasini yuksaltirish;

umumiy o’rta ta’lim sifatini tubdan oshirish, chet tillar, informatika hamda matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi boshqa muhim va talab yuqori bo’lgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o’rganish;



bolalarni sport bilan ommaviy tarzda shug’ullanishga, ularni musiqa hamda san’at dunyosiga jalb qilish maqsadida yangi bolalar sporti ob’ektlarini, bolalar musiqa va san’at maktablarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish kabi sohalarga aynan etibor qaratilib shu kabi sohalarni rivojlantirish davlat oldidagi eng muhim masaladan boʻlib qolmoqda

Ijtimoiy sohani rivojlantirishning asosiy maqsad va vazifalari xalq farovonligini taminlash, yoshlarning malakali kadrlar boʻlib yetishishida koʻmak berish, aholi sog'ligini mustahkamlash va shu kabi sohalardir. Zero xalqi sog'lom, ruhan barkamol va intelektual salohiyatli davlatgina yuksaladi va jahon hamjamiyatida oʻz oʻrniga ega boʻladi
Download 53,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish