Reja: Ijtimoiy normalar tushunchasi va ularning tasnifi


Huquq prinsiplari va funksiyalari



Download 136 Kb.
bet8/12
Sana23.01.2022
Hajmi136 Kb.
#406525
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
1352821757 38307

Huquq prinsiplari va funksiyalari.
Huquqiy prinsiplari (tamoyillar) – bu rahbarlik qiluvchi dastlabki g`oya bо`lib, insonlarni о`z oldilariga qо`ygan maqsadlariga erishish uchun xizmat qiladigan, asosiy yо`nalishlarni kо`rsatib beruvchi faoliyatidir10[14]. Huquqiy tizimni shakllantirishda huquqiy tamoyillar (rahbariy g`oyalar) ning faol harakatini ta`minlash muxim ahamiyat kasb etadi.

Mohiyat-mazmuniga kо`ra huquq prinsiplari huquqiy tizimning tarkibiy qismi hisoblanadi. Huquqiy tizim prinsiplari, uning butun ichki tuzilishini, mohiyatini qamrab oladi va boshqa ijtimoiy tizimlar bilan bо`ladigan aloqasi va о`zaro harakatiga hal etuvchi ta`sir kо`rsatadi. Ular huquqqa ma`no va mazmun baxsh etadi, uni muayyan yо`nalishga yо`naltiradi. Bu shunday rahbariy holatlarki, ular jamiyat taraqqiyotining eng muhim qonuniyatlarini, huquqiy tizim tiplarini ifodalaydi, uning bosh mazmunini tashkil etadi, oliy imperativlik va umum ahamiyat kasb etadi. «Huquq prinsiplari huquqning shakllanish jarayoni, rivojlanishi va harakatlanishining rahbariy g`oyasi, ibtido qoidasi, yetakchi mezon sifatida maydonga chiqadi»11[15].

Yuridik adabiyotlarda huquq prinsiplari turli nuqtai nazardan talqin etiladi. Jumladan, rus olimi S.S.Alekseyev huquq prinsiplarini – huquq mazmunining yaxlit holda ifodasi, eng oliy darajadagi normativ umumlashuvi deb hisoblaydi12[16]. Prof. Islamov Z.M. huquqning mazmuni, uning mohiyati va jamiyatda tutgan о`rnini belgilab beruvchi g`oyalarni – huquq prinsiplari deb biladi. Uning fikricha, huquq prinsiplari bir tomondan, huquqning qonuniyatlarini ifodalaydi, ikkinchi tomondan, huquqiy tartibga solishning barcha sohalariga ta`sir etuvchi va huquqiy munosabatlarning hamma ishtirokchilariga tarqaladigan eng umumiy normalardan iboratdir13[17]. Huquq prinsiplarini umumiy huquqiy prinsiplar, maxsus-yuridik, tarmoqlararo va sohaviy prinsiplarga bо`lish qabul qilingan.

Ba`zi mualliflar huquq prinsiplari qonun yoki boshqa kо`rsatmalarda aniq ravishda о`z ifodasini topishini ta`kidlaydi. Huquqiy adabiyotlarda kо`rsatilganidek, prinsiplar «qonuniyatlar», yoki «mohiyat» kabi kategoriyalar bilan chambarchas bog`liq bо`lib, huquqiy normalarda sо`z orqali ifodalanmasligi mumkin. Lekin huquq ijodkorligi va huquqni tatbiq etish faoliyatini umuman butun huquqiy tizim taraqqiyoti yо`nalishini belgilaydi. Demak, umumiy huquqiy prinsiplar mamlakat huquqiy tizimining mazmun mohiyatini, uni rivojlanish yо`nalishini belgilaydi.

Nazariyotchi huquqshunos olimlar umumiy huquqiy prinsiplar sifatida quyidagilarni ajratib kо`rsatadilar: huquqni shakllantirish va amalga oshirishda demokratizm prinsipi; qonuniylik prinsipi; insonparvarlik prinsipi; fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipi; davlat va shaxsning о`zaro mas`ulligi prinsipi; ijtimoiy erkinlik prinsipi; fuqarolik majburiyati prinsipi; obyektiv haqiqat; ayb uchun javobgarlik prinsiplari; huquq va majburiyatlarning yagonaligi prinsipi; ishontirish va majburlashning uyg`unligi prinsipi; adolat prinsipi; milliy teng huquqlilik prinsiplari.14[18]

Huquqiy tizimni shakllantirishda huquqiy prinsiplar (rahbariy g`oyalar) ning faol harakatini ta`minlash muxim rol о`ynaydi. Rahbariy g`oyalarga:

Qonuniylik;

Davlat va shaxsning о`zaro mas`ulligi;

Fuqarolarning qonun oldida tengligi;

Insonparvarlik;

Demokratizm;

Ijtimoiy adolat va boshqalarni kiritishimiz mumkin.

Mamlakatimizda istiqomat qilayotgan barcha fuqarolar yuqoridagi prinsiplar asosida о`z faoliyatini amalga oshiradigan bо`lsa, nafaqat huquqiy tizimning faol harakati ta`minlanadi balki, undanda yuqoriroq natijalarni qо`lga kiritishimiz mumkin.

Huquq jamiyat hayotida muayyan funksiyalarni bajaradi.




Download 136 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish