Reja: Ijtimoiy normalar tushunchasi va ularning tasnifi



Download 136 Kb.
bet10/12
Sana23.01.2022
Hajmi136 Kb.
#406525
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
1352821757 38307

Tarbiyaviy funksiya - turmushda nimalarni qilish mumkin, nimalar esa taqiqlanadi, u yoki bu vaziyatda qanday harakat qilish lozimligini belgilashdan iborat. Bunda huquq ishontirish metodiga tayanadi, zarur bо`lganda majburlash metodini, xatto jazolashni nazarda tutadi.

Ilmiy va о`quv adabiyotlarda «funksiya» tushunchasi turli xil ma`nolarda ishlatiladi. Yuridik fanda «funksiya termini XIX asr oxiri – XX asr boshlarida davlat va huquqning ijtimoiy ahamiyatiga tavsif berish uchun ishlatila boshlangan.

«Huquq funksiyasi» tushunchasi tо`g`risida yagona fikr yо`q. Agar, shu masala bо`yicha bildirilgan kо`pdan-kо`p fikrlarni umumlashtirganda, huquq funksiyasi orqali huquqning sotsial maqsadi yoki ijtimoiy munosabatlarga huquqiy ta`sir etishining yо`nalishini tushunish mumkin.

Huquq funksiyasi iborasida, uning sotsial maqsadi yoki huquqiy ta`sir etish yо`nalishi kabi bir-biriga chambarchas bog`liq bо`lgan, lekin shu bilan birga, bir-biriga tо`g`ri kelmagan kategoriyalar tushuniladi. Ularning har biri о`z ma`nosiga ega va «huquq funksiyasi» tushunchasini belgilashda ma`lum metodologiya vazifani bajaradi.

Gap shundaki, xuddi sotsial maqsad kabi, ijtimoiy munosabatlarga ta`sir etish yо`nalishi ham, alohida olinganda, huquq funksiyasi tushunchasini ma`nosini kamaytirmaydi. Agar huquq funksiyasi orqali faqat uning sotsial maqsadini tushungan taqdirimizda, bu tushuncha juda ham umumiy xarakterga ega bо`lib qoladi. Agar huquq funksiyasini faqatgina ijtimoiy munosabatlarga ta`sir etish yо`nalishi singari tushunsak, bunday sharoitda uning keng ma`nodagi yо`naltiruvchi ta`siri e`tibordan chetda qoladi.

Yuqorida aytilganga bog`liq holda, biz о`z diqqatimizni huquqiy ta`sir yо`nalishi va sotsial maqsadga taqqoslashni fikran notо`g`ri ekanligiga qaratishimiz kerak, yoki aqsincha, ularni tenglashtirish kerak. Huquq funksiyasi tushunchasi bir vaqtda ham huquq yо`nalishini ham uning shu yо`nalishdan kelib chiqadigan ijtimoiy munosabatlarga ta`sirini kamrab olishi kerak. Huquq funksiyalaridan birontasining ma`nosini ochayotgan paytda, huquqning maqsadi bilan uning ta`sir etish yо`nalishining bog`liqligi va shu bilan birga, keyingisining huquqning maqsadiga tobe ekaligini doimo nazarda tutish shart. Huquq funksiyasi – bu uning sotsial maqsadining amalga oshishidir.

Huquqning sotsial maqsadi va huquqiy ta`sir etish deganda nimani tushunish kerak? Huquqning sotsial maqsadi ijtimoiy taraqqiyot ehtiyojlaridan shakllanadi, tashkil topadi; u huquqni nazorat qiluvchi akt singari о`z aksini topgan shu ehtiyojlarning «davomi» demakdir. Jamiyatning ehtiyojlari bilan muvofiq holda ma`lum munosabatlarni qо`riqlashga qaratilgan huquqlar yaratiladi. О`zining ijtimoiy о`rniga muvofiq – mustahkamlash, himoya kilish yoki ma`lum ijtimoiy munosabatlarning rivojlanishini tartibga solish kabi zarur ehtiyojlarda huquqning yuqorida aytilgan maqsadi yaqqol namoyon bо`ladi.

Ijtimoiy munosabatlarning tartibga solinishida ularning bir tizimliligi va dinamizmi jamiyatning rivojlanishi va ishlab turishi uchun zarur shart-sharoitdir. Shuning uchun huquqning sotsial maqsadi ijtimoiy munosabatlarning tо`g`ri yо`lga solib turishdan, unga kerakli darajada mustahkamlik, yaxdillik va dinamizim berishidan, sodda qilib aytganda, jamiyatning bir meyorda rivojlanishi uchun kerak bо`lgan sharoitlarning yaratishdan tashkil topgan.

«Huquq funksiyasi» tushunchasini ochish jarayonida «huquqiy ta`sir etish» va «huquqiy tartibga solish» kategoriyalarining о`zaro munosabatlariga ahamiyat berishi kerak. Huquqiy tartibga solish – bu huquq vositalari tizimlari (yuridik normalar, individual yozmalar va boshqalar) yordamida ijtimoiy munosabatlarga ta`sir etishdir. Huquqiy tartibga solish bilan bir qatorda turgan huquqiy ta`sir etish shakllari ham unga qiritiladi. Huquqiy ta`sir etish turli xil shakllarining mavjudligi yuridik bо`lmagan va yuridik bо`lgan huquqiy ta`sir etishning orasidagi farqni yaqqol ajratishga yordam beradi. Huquq funksiyasi tushunchasiga, albatta, yuqorida aytilgan ta`sir etish turlarining ikkisi ham kiradi. Bu о`rinda huquq funksiyasini uning о`ziga xos holatlarining namoyon bо`lishi deyin mumkin.


Download 136 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish