4. Aralash turdagi qo‘shma gaplarning bir butun holda ma’lum bir gapga ergashuvidan tuzilgan tur. Masalan: Shuni ma’lum qilmoqchimanki, agar yerga o‘z vaqtida ishlov berilsa, hosilning unumi ortadi va biz rejani bajarishga muvaffaq bo‘lamiz.
Bunday tuzilishdagi murakkab qo‘shma gaplarning qurilish chizmasini quyidagicha belgilashimiz mumkin:
1
3
4
2 2
5. Ikkidan ortiq ergashgan qo‘shma gaplarning bog‘lanish asosida birikuvidan tuzilgan tur. Masalan: Bahor kelsa, kunlar isiydi; kunlar isib ketsa, maysalar nish ura boshlaydi; tabiat yam-yashil tusga kirib, dillar quvonchga to‘ladi. («Yoshlik».)
2
6
5
4
3
111
6. Bir bosh gapga ham ergash gap, ham ergashgan qo‘shma gapning birikuvidan tuzilgan tur. Masalan: Shuni bilingki, muammolarimiz ko‘p; agar birlashsak, uning echimi tez hal bo‘lishi mumkin. Ushbu murakkab qo‘shma gapning qurilish chizmasi quyidagicha:
2
1
4
3
Do'stlaringiz bilan baham: |