Axborot texnologiyalardan foydalanishda tavakkalchiliklar
Hozirgacha axborot texnologiyalarni afzalligi to’g’risida so’z bordi, biroq, axborot texnologiyalardan foydalanish korxona uchun muammolar to’g’dirishi mumkin. Axborot texnologiyalarni joriy qilishdagi tavakkalchiliklar, qoidaga ko’ra, texnik va texnologik muammolar bilan emas, balki loyihalarni strategik zaifligi bilan bog’liqdir.
Axborot texnologiyalarni joriy etishda raqobat xarakterining o’zgarishi kompaniya uchun noqulay sharoit to’g’dirishi.
Bir tomondan axborot texnologiyalar raqobat afzalligiga erishish uchun foydalanilsa, boshqa tomondan – ularni qo’llab quvvatlash va modernizasiyalashga doimiy sarf xarajatlarni talab etadi. Axborot texnologiyalarga doimiy investisiyalarga tayyor bo’lmagan korxonalarda mazkur poygada ishtirok etish tavsiya etilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |