Kommunikatsion jarayonlarning kechishi bilan bog’liq o’ziga xos holatlar.
Muloqot jarayonida muqobil aloqaning o’rnatilishi:
* ushbu xolat ro’y bersa, axborot uzatuvchi va uni qabul qiluvchi shaxslar navbati bilan o’rin almashadilar. Bunda kommunikatsion jarayonning ilk bosqichida axborotni qabul qiluvchi shaxs o’z rolini o’zgartirib, yuborilgan ma’lumotni qanday o’zlashtirgani haqidagi tegishli axborotni muqobil aloqa kanali orqali yuboradi;
* muqobil aloqaning mavjudligi tashkiliy boshqaruvchilikka oid axborotning samarali almashinuviga jiddiy yordam beradi;
* o’zaro axborot almashish jarayoni bir oz sustroq kechsada, aloqa kanali bo’ylab uzatilayotgan ma’lumotlarni tomonlar to’g’ri talqin etishiga qulay sharoit yaratiladi;
* qayta aloqa o’rnatilishi oqibatida axborot almashinuvi ancha samarali kechib, oradagi to’siqlar bartaraf etiladi.
Unumdorlikni o’lchash – mamlakatda hayot darajasini oshirishni ta’minlash imkoniyatlarini baholash usulidir. Teskari aloqa, ishlab chiqarish jarayoni samaradorligini, iste’mol talabini qondirish darajasini baholashga imkon beradi.
Unumdorlikni oshirish ishlab chiqarish jarayonini takomillashtirishni ya’ni, sarflangan resurslar miqdorini (ishlab chiqarish tizimini kirishi) va olingan tovar hamda xizmatlar miqdori (tizimni chiqishi) o’rtasidagi nisbatni yanada saramarali variantini topishni ko’zda tutadi. Tizimni kirishida resurslar oqimini kamayishi, shu bilan birga uning chiqishi (tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish) doimiy bo’lib qoladi, yoki tizim chiqishda mahsulot oqimini o’sishi tizim kirishi doimiy bo’lgana unumdorlikni oshganini ifodalaydi. Iqtisodiy nuqtai nazardan ishlab chiqarish tizimini kirishi - bu ishlab chiqarish jarayonida kombinasiyalanadigan ishlab chiqarish omillaridir (yer, mehnat, kapital va menejment).
Iqtisodiy jihatdan yetarli darajada rivojlanmagan davlatlarda mazkur ko’rsatgichlarni nazorat qilish menejer uchun murakkabdir. Shu bilan birga industrial taraqqiy etgan davlatlarda ishchi kuchlarining salomatligi unumdorlikni oshirishning kritik o’zgaruvchisi hisoblanadi. Menejment unumdorlikni oshirish imkoniyatlarini kengaytirishni ta’minlaydi. Menejment ishlab chiqarishni takomillashtirish, yangi fan va texnologiyalarni joriy etish uchun javobgardir.
Ishlab chiqarishni takomillashtirish ishchi – xodimlarning yuqori darajadagi bilimini talab etadi. Ta’lim postindustrial jamiyatni rivojlantirishda muhim bo’lgan yuqori sarf – xarajatli jihati hisoblanadi. G’arbning aksariyat davlatlari postindustrial bo’lib hisoblanadi, bularda ishchi kuchlarning kattagina qismi ilmga asoslangan ishlarda foydalinaladi.
XX asrda menejment taraqqiyotida katta progress amalga oshirildi, biroq moddiy ishlab chiqarishni takomillashtirishga bo’lgan urinishlar ancha avval kayd etildi. Unumdorlikni o’sishini ta’minlashda asosiy rol, unumdorlikni katalizatorlari sifatida faoliyat ko’rsatuvchi menejerlarning tadbirkorligi, uddaburonligi hamda, ularni ishlab chiqarishni yangilashga bo’lgan urinishlari bilan bog’liqdir.
Ayniqsa, menejmentni rivojlantirishga bo’lgan muhim ta’sirni ma’lumotlarni tizimlashtirish va axborotlarni qayta ishlash jarayoniga asoslangan boshqaruvning axborot texnologiyalari ko’rsatadi. Axborotlar material, energiya va kapital bilan bir qatorda resursga aylandi. Yangi iqtisodiy kategoriya – milliy informasion resurslar vujudga keldi.
Tabiiy resurslarni kamayib ketishi, ilmiy fanlarni qo’llashga asoslangan, takror ishlab chiqariladigan resurslardan foydalanishga olib keldi. Shaxsiy kompyuterlar asosida kattagina ilmni talab etuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarishda foydalanadigan malakali bilimlarni olishdagi sarf xarajatlar tannarxning o’rtacha 70% -ni tashkil etadi, ma’lumotlarni qayta ishlash sohasida band bo’lganlar soni – industrial taraqqiy etgan iqtisodiy jixatdan faol aholining 60
Professional bilimlar kattagina ilm hajmini talab etuvchi mahsulotlarni sotish vositasi orqali eksport qilinadi. Ishlab chiqarish mehnat unumdorligini tezda o’sishi va ishlab chiqariladigan tovarlar nomenklaturasini qo’paytirish bilan yana kam seriyali bo’lib kolmoqda. Axborotlar strategik resurs bo’lib qolmoqda. Tabiiy boyliklarni, ekologiyani, xukumatlarning axborot siyosatini boshqarish bo’yicha geoinformasion tizimlar loyihalashtirilmoqda. Mamlakatlar axborot manbalaridan, axborotni uzatish, qayta ishlash vositalaridan ishlatishni rivojlantirishdan va samarasidan bog’liq bo’lib qolmoqda. Jamiyatni informatizasiyalash jarayoni amalga oshirilmoqda. Informatizasiyalash bu barcha faoliyat sohalarida axborot texnologiyalardan keng foydalanishni anglatadi. Informasion xizmatlar industriyasi vujudga keldi.
Agar industrial jamiyatda kapital strategik resurs hisoblansa, unda informasion jamiyatda – axborotlar, bilim, ijodiyot strategik resurs sifatida
. Ishlab chiqarish jarayonida band bo’lgan kishilarning ijod salohiyati ham materiallar, energiya va kapital bilan bir qatorda strategik resursga aylandi. Jamiyatni informatizasiyalashning o’tish davridagi asosiy qirralari qo’yidagilardir: iqtisodiyotni informasion resurslarni ekspluatasiyasiga qayta yo’naltirish, professionallarni «bilim – ishlab chiqarish – bilim» rivojlantirish texnologik bosqichini jadallashtirish jarayoniga jalb etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |