Molekulalalaro oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida oksidllanish darajasi o’zgaradigan element atomlari turli moddalar molekulalari tarkibiga kiradi:
0 +6 +2 +4
Cu + 2H2SO4= CuSO4+SO2 + 2H2O
Cu0 – 2 e ↦ Cu+2 2 1
S+6 – 2 e ↦ S+4 2 1
qaytaruvchi Cu, oksidlovchi S bo’lsa H2SO4tarkibiga kirgan.
CuSO4+Zn=ZnSO4+Cu
Zn0 –2e → Zn+² 2 1
Cu+2 +2e↦ Cu0 2 1
Molekulalararo oksidlanish -qaytarilish reaksiyalari gazlar orasida:
3H2+N2=2NH3 4NH3+5O2=4NO+6H2O
2SO2+O2=2SO3 qattiq moddalar orasida va gazlar orasida:
2Mg(q)+O2(g)=2MgO(q)
2Sb(q)+3CI2(g)=2SbCI3(q)
qattiq moddalar bilan suyuqliklar orasida:
4HCI(s)+MnO2(q)=CI2(g)+ Mn CI2(s)+2H2O(s)
16HCI(s)+2KMnO4(q)=5CI2(g)+2MnCI2(s)+8H2O(s)+2KCI(s)
Faqat qattiq moddalar orasida:
2AI(q)+ Fe2O3(q)=AI2O3(q)+2Fe(q) C(q)+2PbO(q)= 2Pb(q)+CO2(g)
Aksariyat oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari eritmada ketadi:
3Na3AsO3+K2Cr2O7+4H2SO4= 3Na3AsO4+Cr2(SO4)3+4H2O+K2SO4 2NaCrO2+3H2O2+2NaOH=2Na2CrO4+4H2O
Bunday reaksiyalar qatoriga oksidlanish darajasi turlicha bo’lgan lekin bir hil atomlardan iborat moddalar orasidagi reaksiyalarni xam olish mumkin, ushbu reaksiyalarni sinproprsiatsiya reaksiyalari xam deb ataladi:
2H2S+H2SO3=3S+3H2O
5HCI+HCIO3=3CI2+3H2O
Disproporsiyalanish yoki o’z-o’zidan oksidlanish - qaytarilish reaksiyalarida
bitta element atomlarining o’zi xam oksidlovchi va xam qaytaruvchi bo’ladi. Molekula tarkibidagi bir hil element atomining oksidlanish darajasi xam ortadi, xam kamayadi:
3K2MnO4+2H2O=2KMnO4+MnO2+4KOH
3KCIO=2KCI+KCIO3 3HNO2=HNO3+2NO+H2O
4 Na2SO3=3Na2SO4+Na2S
6NaOH+3S=2Na2S+Na2SO3+3H2O
2KOH+CI2=KCI+KOCI+H2O
6KOH+3CI2→5KCI+KCIO3+3H2O
Ichki molekulyar-oksidlanish qaytarilish reaksiyalarida oksidlanish darajasi o’zgarayotgan turli hil atomlar bitta modda molekulasi tarkibiga kiradi:
2KNO3=2 KNO2+ O2 4HNO3=4NO2+2H2O+O2 2 Ba(NO3)2=2BaO+4NO2+O2 (NH4)2Cr2O7=Cr2O3+N2+4H2O
2HgO= 2Hg+O2 2KClO3=2KCl+3O2 Murakkab oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida ikkitadan ortiq elementlarning oksidlanish darajasi o’zgaradi.
As2S3 ga konsentrlangan HNO3 ta’sirida quyidagi reaksiya sodir bo’ladi:
3As2S3+28HNO3+4H2O→6H3AsO4+9H2SO4+28NO
2 As+3 -4e ↦2As+5 3
3S-2 -24e ↦ 3S+6 N+5 -3e ↦N+2 28
3As2S3+28NNO3+4H2O=6N3AsO4+9H2SO4+28NO
Elektron balans usuli maktab dasturi bo’yicha to’la o’rganilganligi uchun faqat yarim reaksiyalar (ion -elektron) usuliga to’xtalamiz. Bu usul faqat eritmada sodir bo’ladigan oksidlanish qaytarilish reaksiyalarini tenglatsirish uchun ishlatiladi. Elektron balans usulidan farq qilib oxirgi xolatda xaqiqiy mavjud ionlar qo’llaniladi. Elektron balans usulida esa faraz qilinadigan ionlar ishlatiladi, chunki eritmada Mn+7, Cr+6, S+6, N+5, N-3, Cl+7 va boshqa ionlar mutlaqo uchramaydi. Ayni paytda eritmada xaqiqiy bor bo’lgan ionlar Mn2+, Cr3+, MnO4-, CO32-, ClO4-,Cr2O72-, SO42- va boshqalar xisoblanadi.Yarim reaksiyalar usulida atomlarning oksidlanish darajasini bilish shart emas va reaksiya maxsulotlarini ham reaksiyani tenglashtirish jarayonida oson topish mumkin bo’ladi.
Yarim reaksiyalar usulida tenglashtirishda quyidagilarni xisobga olish kerak. Bunda oksidlovchi va qaytaruvchi xamda ularning reaksiya maxsulotlari ion xolda yozilib ular asosida yarim reaksiyalar tuziladi. Kuchli elektrolitlar ion xolda yozilib, kuchsiz elektrolitlar molekulyar xolda (cho’kma, gaz) yoziladi. Yarim reaksiyalar usulida oksidlanish - qaytarilish reaksiyalarini tenglashtirish uchun oksidlanish-qaytarilish xossalarini bilgan xolda oksidlanish yoki qaytarilish maxsulotlari topiladi. Bunda oksidlovchi va qaytaruvchi uchun 4 ta qoidadan foydalaniladi:
Kislotali muhitda oksidlovchi tarkibidagi ortiqcha kislorod vodorod
ioni bilan bog’lanib suv molekulasini hosil qiladi va qaytariladi:
[O]+ 2H++ 2 e ↦ H2O
MnO4-+8H++5e↦ Mn2+ + 4H2O
Neytral va ishqoriy sharoitda oksidlovchi tarkibidagi ortiqcha kislorod suv molekulasi bilan bog’lanib gidroksid ionini hosil qiladi va qaytariladi:
[O] + H2O +2e ↦2OH- MnO4-+2H2O+3e=MnO2+4OH- kislotali va neytral sharoitda qaytaruvchi tarkibidagi etishmayotgan kislorodni suvdan olib vodorod ionini hosil qiladi: H2O - 2e ↦ [O ] +2H+
SO3 2-+ H2O -2e ↦SO42-+ 2H+ 1 jadval. Eng ko’p qo’llaniladigan qaytaruvchi va oksidlovchilar va ularning reaksiya maxsulotlari