3. So`z-gaplar xususida umumiy ma’lumot.Badiiy matnlarda
qo`llanishiga oid misollar
Bir so`zdan iborat bo`lib,tarkibga ajralmaydigan, boshqa so`zlar bilan kengaya olish imkoniyatiga deyarli ega bo`lmagan gaplar so`z-gaplar deyiladi. Ular tasdiq,inkor,so`roq, taajjub,his-hayajon kabilarni ifoda etib,matn bilan bog`liq bo`ladi.So`z-gaplar,asosan,modal va his-hayajon munosabatlarini ifoda etgani uchun ham ko`proq dialogic,ba’zan monologik nutqqa xosdir.Masalan:
- Sog`liklaringiz yaxshimi?
-Rahamat.Tuzukman.
-Ertalab uchrashamiz-da.
-Albatta.Bekatda.Soat 9 da.
-Qabulga birga kirasizmi?
-Yo`q.Avval siz kiring.
-Bo`pti. Ma’qul.
-Oh-o! Savollaringiz tugamaydi-ku.Mayli,marhamat.
Kishilar o`rtasida oddiy muomalada tez-tez ishlatilib turiladigan bir so`z yoki ibora (birliklar) so`z-gaplar vazifasida qo`llanadigan bo`lib qolgan: assalomu alaykum,yoqimli ishtaha,marhamat,salomat bo`ling,yaxshi boring,xush ko`rdik,labbay,jonim bilan, bajonidil kabi.
Ba’zan so`z-gaplar takrorlanib qo`llaniladi:
Ergash tushunmadi:
-Nima – nima? - dedi ko`zini katta ochib.
-Biror gap eshitdingizmi?- so`radi Jo`raxon.
-Yo`q-yo`q!
So`z-gaplar shaklan to`liqsiz gaplarga o`xshab ketsa-da,ular bir-biridan farq qiladi.To`liqsiz gap nutq vaziyatidan kelib chiqqan holda ayrim gap bo`laklari tushirilgan gap bo`lib,uni boshqa gap bo`laklari bilan kengaytirish mumkin, so`z- gapning esa boshqa bo`laklar bilan kengayishi o`ta chegaralangan.Qiyoslaymiz:
-Ertalab uchrashamiz-da.
-Albatta. Soat 9 da.
Ushbu dialogik matnda “Albatta” so`z-gap, “bekatda”, “soat 9 da” birliklari esa to`liqsiz gaplar hisoblanadi.Chunki “albatta”so`zini boshqa bo`laklar bilan kengaytirib bo`lmaydi.”Bekatda” gapini “Bekatda ertalab uchrashamiz.” “soat 9 da “ gapini “Soat 9da ertalab uchrashamiz” deya oldingi gap mazmuniga qarab kengaytirish mumkin.
Modal so`zlar,undov so`zlar dialogik matnda so`z-gaplar bo`lib keladi.Albatta,xo`p,yo`q,ehtimol,mayli kabi birliklar nutqiy odat undovlari hisoblanadi.
So`z-gaplar bilan birga boshqa gap bo`laklari kelsa,so`z-gaplar boshqa gap bo`laklari bilan aloqaga kirishmasligi uchun sintaktik jihatdan kiritma hisoblanadi.Qiyoslaymiz:
-Ertalab uchrashamiz-da.
-Albatta.- so`z-gap
-Ertalab uchrashamiz-da.
-Albatta,uchrashamiz.-kiritma.
O`zbek tilshunosligida so`z-gapning mohiyati ,turlari,ularning leksik material tavsifi,qo`llanish xususiyati empirik asosda yetarlicha o`rganilgan.Substansianal yondashuvda gapning eng kichik qurilish qolipi sifatida qayd etilgach,ziddiyatli,izohtalab nuqtalarga ega bo`lgan so`z-gapga ham “lison-nuq”tamoyili asosida yondashish zaruriyati paydo bo`ldi va har bir gapning o`z qolipi mavjud bo`lgani kabi , so`z- gapning ham o`ziga xos muayyan bir lisoniy qurilish modeli bo`lishi shartligi e’tirof etildi.
So`z-gap umumiy atamasi osida birlashtiriladigan so`zlarning alohida belgilari mavjudki,ular shu belgisi bilan mustaqil,yordamchi so`zdan,yoxud qo`shma gapdan farq qiladi.Bular quyidagilar:
mustaqil holda gap bo`la olish;
gap tarkibida shu gapning biror bo`lagi bilan sintaktik aloqaga kirisha olmaslik;
o`ziga xos g`ayrioddiy ma’noga ega bo`lish;
bog`lamalar bilan birika olmasligi va shuning uchun mayl,zamon, shaxs-son shakllariga ega emaslik.
So`z-gap sirasiga shu to`rt asosiy belgi bilan bir majmuaga birlashuvchi belgilar kiradi (bu tipdagi birliklar kirish so`z vazifasida ham keladi,lekin ularning substansial belgisi-so`z-gap bo`lib kelishi). Quyida ularning har biri alohida – alohida ko`rib o`tiladi.
1.Musaqil holda alohida gap bo`la olish belgisi.Bu belgi 4-belgi bilan chambarchas bog`langan.O`zbek lisoniy tizimi gapda ma’lum bir axborotni tashuvchi tasdiq/inkor,mayl/zamon,shaxs/son ma’no va munosabatini ifodalovchi tarkibiy qism zarur bo`lishini talab qiladi.So`z-gapda bunday tarkibiy qismni alohida -alohida ajratish mumkin emas.Lekin kesimlik ma’no va munosabati so`z-gapning o`zida mujassamlashgan va ularning ichki mohiyatini tashkil qiladi.Bunday gaplarda kesimlik kategoriyasi ma’nolari hamda kesimlik-gap markazi mavqeyida kelishida- fikrni shakllanirish,ifodalash vazifasi bor. Ular gap sifatida voqealanuvchi so`zning leksik ma’nosida mujassam.Shu sababdan bunday gapda kesimlik mavjud,ammo kesimlik shakli ifodalanmagan.
2.So`z-gap mustaqil gap bo`la olish qobilyatiga ega bo`lganligidan bu so`zga nisbatan semantik funksional shakllangan so`z-gap atamasi qo`llaniladi. Bu atamadagi “semantik” tarkibiy qismi hodisaning lug`aviy (ma’noviy) tomoniga ishora qilib turadi. Gap markazi mavqeida kelgan bunday leksemaning ikki abiiy xususiyati namoyon bo`ladi,ya’ni leksik birlik ham so`z,ham gap.Bu atamaning funksional tarkibiy qismi esa so`z-gapning sintaktik vazifa bajarishi faqat gap markazi vazifasida kela olishi bilan chegaralanganligini ifodalaydi.Demak, semantik- funksional shakllangan gap grammatik shakllangan gapdan farq qiladi va kesimlik ma’nosi so`z-gapda leksik birlikning yoki atov birligining o`zida mujassamlashganligi tufayli lisoniy qurilish qolipi sifatida berilgan.
3.So`z-gapning o`ziga xos g`ayrioddiy lug`aviy ma’noga egaligi.Bu xususiyat quyidagicha namoyon bo`ladi:
a)ma’no imkoniyati chegaralangan;
b)grammatik shaklni talab qilmaydi;
d)boshqa so`z bilan birikish qobilyatidan mahrum;
e)gapda bajara oladigan vazifasi cheklangan;
f)ma’noli qismga ajralmaydi.
Shuning uchun ham bu tur leksemalar boshqa leksemalarga nisbatan g`ayrioddiy ,biroq ma’no va vazifa jihatidan alohida barqaror til birligi hisoblanadi.
Aytilganlardan shunday xulosaga kelish mumkinki,ot,sifat,son,olmosh,fe’l,ravish, taqlid so`z turkumlari gapning istalgan bir bo`lagi vazifasida kela olsa, so`z-gap (yoki uning markazi) vazifasida kela olishga xoslangan, bog`lovchi,ko`makchi,yuklama esa sintaktik aloqani ifodalash uchun xizmat qiladi.
So`z-gaplarga yanada kengroq tavsif berib o`tamiz. So`z-gap o`z ichida bir necha ma’noviy guruhlarga ajraladi:1.Modal;2.Undov;3.Tasdiq/inkor;4.Taklif/ishora.
So`zlovchining bayon etilgan fikriga munosabati- qat’iy ishonch,gumon,taxmin kabi ma’noni ifodalab keladigan so`z modallardir.Unga (xullas,demak,chamasi,tabiiy, ehtimol,shubhasiz,shekilli) kabi so`zlar misol bo`ladi.
Kishilarning his-tuyg`usini,haydash, to`xtatish kabi xitob,buyruqni ifodalaydigan so`z-gap ko`rinishi - undov so`z-gap. His-tuyg`u undoviga (eh,voy,oh,barakalla,rahmat,ofarin)kabi so`z, buyruq-xitob undovlariga (pisht,beh-beh,pisht,chuh) kabi xitob so`zlar kiradi.
So`z-gapning uchinchi ma’noviy guruhi bo`lgan tasdiq-inkor so`z ko`pincha modal tarkibida o`rganilgan.(Ha,mayli, xosh,xo`p ) so`zi tasdiqni,(yo`q,mutlaqo,also,sira)so`zi - inkorni ifodalovchi so`z-gap.
Taklif-ishora so`z-gapga qo`llanishi tana a’zolarining harakati bilan uzviy bog`liq bo`lgan (ma,mang,qani,marhamat)so`zi kiritilgan.Ular tinglovchiga qaratilgan bo`lib, uni biror ish-harakani bajarishga undaydi.
So`z-gap shunday birliklar guruhiki,ularning ko`pchiligi boshqa so`z turkumidan tarixiy taraqqiyot jarayonida o`ziga xos nutqiy qo`llanish natijasida shakllangan va rivojlangan.Chunonchi, (so`zsiz),(tabiiy) so`zi sifatdan, (albatta) ravishdan o`sib chiqqan bo`lsa, (har qanday,har holda) modal so`z-gapi so`z birikmasidan, (nasib bo`lsa), (xudo xohlasa) kabilar gapdan kelib chiqqan.
Sof so`z-gapga (albatta, alhamdulilloh, eh,hoy,oh,o`h,ha,yo`q, mutlaqo,ma, mang) kabi modal, undov,tasdiq/inkor,taklif/ishora so`zi mansub.O`zbek substansianal tilshunosligida so`z-gaplashgan (modallashayotgan, undovlashayotgan, tasdiq inkorlashayotgan)so`zlar,(modalsimon,undovsimon,tasdiq/inkorsimon) so`z-gapga ajratilib, mufassil o`rganilgan.
So`z-gaplashgan so`z o`z semantik-funksional xususiyati bilan har xil guruhning markaziy leksemasiga juda yaqin turadi, lekin o`z aloqsini boshqa so`z turkumlaridan to`la- to`kis uzmagan bo`ladi.Chunonchi,modallashgan so`zga (chamasi),(chog`i),(ehtimol); undovlashgan so`zga (ura),(olg`a),(dod), (voydod); tasdiq/inkorlashgan so`zga (bo`pti, ma’qul,aksincha,mutlaqo);taklif /ishoralashgan so`zga qani kabi leksema misol bo`ladi.
So`z-gaplashayotgan so`z so`z- gapga to`la to`kis o`tgan bo`lmaydi va “o`tish yo`lida”turgan so`zdir. Bu o`rinda modallashayotgan (balki,hatto, aftidan); undovlashayotganga (yashang, voy o`lay); tasdiq/inkorlashayotganga (durust,to`g`ri,rost,also,hargiz); taklif/ishoralashayotganga (mana mundoq)kabi so`zni misol keltirish mumkin.Chunonchi,1.Balki siz aytarsiz nima bo`lganini?(P.T);2. Nafsi uchun emas ,balki qadri uchun yig`laydi-da.(O`.U);3.- Qayerga borish , kimga uchrashishni u yaxshi biladi.- To`ppa-to`g`ri.(Ch.A);4. Hilola gapning to`g`risini aytdi(O`.U) gaplarida so`z qo`llanilgan (1-3-gapda).
So`z-gapsimon deganda mohiyatan so`z-gap bo`lmagan lug`aviy birliklarning so`z-gap vazifasida kelishi tushuniladi.Jumladan, modalsimonga (shunday qilib),(baxtga qarshi),(tavba),(xudo saqlasin);undovsimonga erkalash ma’nosi (asalim),(oppog`im) va undalma ma’noli (ey,do`stlar)kabi; tasdiq inkorsimonga (xuddi shunday),(hech qachon),(noto`g`ri)kabi; taklif/ ishorasimonga (boshlang) ko`rinishli so`z misol bo`ladi.
Qisqasi,so`z-gapning leksik-semantik turi bo`lmish sof so`z-gap o`zi tarixan kelib chiqadigan so`z turkumidan batamom uzilgan bo`lib,uning ko`pchiligi ravish,sifat,ot sifatida mutlaqo qo`llanilmaydi. So`z-gaplashgan unsur esa o`zi tarixan kelib chiqqan so`z bilan omonimik munosabat hosil qiladi va o`z aloqasini boshqa turkumdan to`la uzmagan bo`ladi.So`z- gaplashayotgan unsurga o`zi boshqa so`z turkumi (ravish,sifat,olmosh,son,fe’l) ga tegishli,lekin so`z-gapga xos ma’no va vazifada qo`llanila oladigan birliklar kiradi va bularning so`z-gapsimondan farqi shundaki,ushbu qatlamga oid so`z tarixiy taraqqiyot natijasida batamom so`z-gapga o`tib ketishi mumkin.So`z-gapsimon esa o`z turkumi doirasida qoladi.
Badiiy matn ichidan so`z-gaplarga misollar keltiramiz:
1.- Barakalla,o`g`lim, shunday bo`lish kerak, orzu-niyyatingga,murod-maqsadingga yet,-deb olqishladi,uni yaxshi tarbiya qilishga ahamiyat berdi.
2.-Savob ishlarga rag`bat qiling …-Xo`p..xo`p…(T.Malik)
3.-Labbay,hazrat,sadoyingizdan aylanay, hazrat! (M.Shayxzoda)
4.-Assalom-u alaykum, boy pochcha, kelsinlar,qani marhamat (joy ko`rsatub), qani o`tirsinlar,manam hozir janobingizni kutub turvudim.(boy kursiga o`tirur,fotiha o`qur)
Abdiqodirboy:Xayr,ziyoda davlat,Olloh-u akbar.
Mahmudxon (turub)Xush ko`rduk.
Abdiqodirboy:Xush salomat.Yang xabarlar yo`qmi afandim?
5.-Esonmisiz?Sarupolar muborak!
Kumushbibining qizlarg`a bergan javobi eshitilar-eshitilmaslik edi:
-Qutlug`…
So`z-gap o`z ichida bir necha ma’noviy guruhlarga ajraladi:1.Modal.
2.Undov.3.Tasdiq-inkor.4.Taklif-ishora.Modal so`z-gaplarga to`xtalamiz:
Modal soʻzlar (lot. modalis — oʻlchov, usul) — soʻzlovchining oʻz fikriga turlicha munosabatini anglatadigan va fikrning anikligi, rostligi, gumonli yoki shartliligini ifodalash uchun xizmat qiladigan soʻzlar; shaklan oʻzgarmasligi bilan tavsiflanadi, ran boʻlagi vazifasida kelmaydi, gapning boshqa boʻlaklari bilan sintaktik aloqaga kirishmaydi; butun fikrga yoki uning biror qismiga taallukli boʻlib, odatda, kirish soʻz boʻlib keladi. Modal soʻzlar 2 katta guruhga boʻlinadi: fikrning aniqligini ifodalovchi Modal soʻzlar Bularga rostlik, tasdiq-ishonch, qatʼiylikni bildiruvchi soʻzlar (darhaqiqat, haqiqatan; albatta, shubhasiz, soʻzsiz va shahrik.) kiradi. Fikrning noaniqligini ifodalovchi Modal soʻzlar Bularga taxmin, gumon, tusmol kabi maʼnolarni ifodalovchi soʻzlar (shekilli, chogʻi, chamasi; ehtimol, balki, aftidan va boshqalar) kiradi. Modal soʻzlarnutqda pauza, yozuvda vergul bilan ajratiladi. Modal soʻzlar takror qoʻllansa yoki emotsional mazmunli soʻz bilan birga kelsa, maʼno kuchayadi. Soʻzlashuv nutqida birdan optik modal soʻz qoʻllanishi mumkin. Modal soʻzlarni fikrning oʻzaro munosabati (xullas, demak, binobarin, qisqasi, umuman, masalan, chunonchi, jumladan, aksincha, avvalo, avvalambor, nihoyat), eʼtiborni tortish (aytganday, aytmoqchi, zotan), taʼkid (xususan, ayniqsa), emotsional maʼno (koshki, zora, yaxshiyamki, xayriyat, attang , afsuski, ajabo) kabilarni anglatuvchi modal maʼnoli soʻzlardan farqlash kerak. Modal soʻzlar va modal maʼnoli soʻzlar oʻzaro yaqin boʻlib, ularning har biriga xos belgi-xususiyatlarni aniqlash funksional grammatikaning dolzarb vazifalaridandir.
His-hayajon va buyruq-xitobni bildirib, gap bo'laklari bilan grammatik jihatdan bog'lanmaydigan so'zlar undov so'zlar deyiladi. Undovlar garchand his-hayajon va haydash-chaqirish kabi xitoblarni ifodalasa- da, his-hayajon va haydash -chaqirishga nom bo'lmaydi.
Undovlar morfologik belgilarga ega emas, morfologik usul bilan yasalmaydi. Biroq undovlarni takrorlash va juftlash orqali ayrim undovlar hosil bo'lgan: ehhe, voy-bo'y, voy-voy, e-ha, e-voh kabi. Undovlarda ohangning roli kuchli. Binobarin, so'zlar ma'lum ohang bilan aytilsagina his-hayajonni ifodalaydi. Masalan, oddiy tarzda o deyilganda tovush ifodalanadi. -O, do'sti nodon. Koshkiydi, ko'zim ko'r bo'lsa-da, seni ko'rmasam? (O.Yo.) gapidagi o tovushida kuchli his-hayajon ma'nosi mayjud, shu boisdan u "xafalik", "afsuslanish"ma'nolarini bildiradi.
Undovlar ma'no xususiyatiga ko'ra ikki xil: his-hayajon undovlari, buyruq-xitob undovlari. His-hayajon undovlari turli his- tuyg'ularni, kechinmalarni bildiradi: o, oh, e, eh. uh, ey, voy, dod, he, a, obbo, ha, o'ho', ehe, attang, vodarig', rahmat, salom, ofarin, balli, barakallo kabilar. Bu xildagi undovlarning his-tuyg'u bildirishida ohang muhimdir.
His-hayajon undovlari quyidagi ma'nolarni ifodalaydi: 1. Shodlik, xursandchilik ma'nolarini ifodalaydi. O'ho', zo'r-ku. Egasi kim ekan? (O'.U.) —Obbo, azamat-ey! To'rt yarim sotih kelib qoladi. (S.A.) Xafalikni, charchoqni, og'ir ruhiy qiyinchilikni ifodalaydi. Evoh! U ko'pdan beri shahzodadan qo'rqib yurgani bejiz emas ekan. (O.Yo.)
Ta'kid va taajjublanish ma'nolarini ifodalaydi. Eh, Aziz, Aziz!Hech kim qilmagan ishni qilaman, deb ko'krak mushtlab kattaketmay qo'yaqol! (O'.U.) E, tavba! Nima va'da bergan ekan,hayronman! (O'. U.)
Urf-odat ma'nolarini ifodalaydi. Jindek mizg'ib olganingdankeyin idoraga chiqasan, xayr. (S.A.)
Buyruq-xitob undovlari asosan hayvonlar va qushlarni chaqirish, haydash, harakatlantirish yoki harakatdan to'xtatish uchun ishlatiladi: beh-beh, bah-bah, tu-tu-tu, chu, ish, pisht, xi-xi, tur, (itni), chigi-chigi, ho'sh-ho'sh, kisht-kisht.
Buyruq-xitob undovlarining ayrimlari insonga nisbatan ham ishlatiladi. Bunday holda undovlar nom o'rnida ishlatilib, murojatni ifodalaydi: hoy, ey, hey, kabi. Ey , jiyan boshimga balo qo'yding-ku. (S.A.)
Do'stlaringiz bilan baham: |