KURS ISHI
MAVZU: BADIIY MATNLARDA SO`Z-GAPLAR
BAJARDI : By_Bella&Edward
QABUL QILDI :
KURS ISHI O`ZBEK TILSHUNOSLIGI KAFEDRASIDA HIMOYA QILINDI VA _____ BALL BILAN BAHOLANDI (BAYONNOMA N____)
KOMISSIYA RAISI:
KOMISSIYA A’ZOLARI:
URGANCH-2021
Reja:
I.Kirish.
II.Asosiy qism:
Matn nima? Matn haqida umumiy ma’lumot.
Badiiy matnning o`ziga xos xususiyatlari.
So`z-gaplar xususida ma’lumot.
So`z-gaplarning sintaktik xususiyati.
III.Xulosa.
Badiiy matnda so`z-gaplarning qo`llanilishi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.
Kirish
Matn – nutq ko`rinishi bo`lib, vazifasi jihatidan tugal nutqiy butunlikdir.Har bir matn murakkab tuzilish va mazmun mundarijasiga ega bo`lib, u og`zaki hamda yozma ijod namunasi hisoblanadi. Tilshunoslikda matn tilning alohida birligi (supersintaktik butunlik) va matn tilshunosligi deb atalayotgan sohaning asosiy ob'ekti sifatida talqin qilinadi.Matn so`z birikmasi va gapdan farqlanadi, chunki matnning ham o`z kategoriyasi va qonuniyatlari mavjud. Matn so`zining lug`aviy ma'nosida birikish, bog`lanish tushunchalarining borligi, shuning uchun matn tarkibi o`zaro qaysidir bog`lovchilar yordamida birikishni o`rganish “Matn tilshunosligi” sohasining asosiy muammolaridan biridir.
Badiiy matn ham shaklan, ham mazmunan mutlaqo o'ziga xos bo`lgan murakkab va serqatlam estetik butunlikdir. Unda mazmun qanchalik muhim bo`lsa, shakl ham shunchalik favqulodda ahamiyatlidir. Ba'zan shakl, hatto, mazmun darajasiga ko'tarilishi, mazmun maqomini olib, haqiqiy mazmunning qimmatiga daxl qilishi ham mumkin. Badiiy matnda muallifning mazmunni shaklga solishdagi mahorati, bundagi individual xususiyatlar alohida qimmatga ega. Badiiy matnda, eng avvalo, ana shu jihat, ya'ni shakl va mazmun birligi birlamchi tamoyil sifatida nazarda tutilishi lozim. Shakl va mazmunning ochiq yoki yashirin muvofiqligi muallif badiiy niyatining aniq va to`la namoyon bo`lishi uchun jiddiy zamindir.
O`zbek tilshunosligida so`z-gapning mohiyati ,turlari,ularning leksik material tavsifi,qo`llanish xususiyati empirik asosda yetarlicha o`rganilgan.Substansianal yondashuvda gapning eng kichik qurilish qolipi sifatida qayd etilgach,ziddiyatli,izohtalab nuqtalarga ega bo`lgan so`z-gapga ham “lison-nuq”tamoyili asosida yondashish zaruriyati paydo bo`ldi va har bir gapning o`z qolipi mavjud bo`lgani kabi , so`z- gapning ham o`ziga xos muayyan bir lisoniy qurilish modeli bo`lishi shartligi e’tirof etildi.
Bir so`z “qotib qolgan “birikma shaklida bo`lib,boshqa so`z bilan kengayish imkoniyatiga ega bo`lmagan gap so`z- gap deyiladi. So`z-gap tasdiq,inkor,so`roq,taajjub, his- hayajon kabi ma’nolarni ifoda etib, ular matn bilan bog`liq bo`ladi.So`z-gap , asosan , modal va his-hayajon munosabatlarini ifoda etgani uchun ham ko`proq dialogik va ba’zan monologik nutqqa xosdir. Biz buni badiiy matn ichidan o`rganamiz.
Kurs ishimizning maqsadi - badiiy matnlarda so`z-gaplar,ularning qo`llanilishi,o`ziga xosliklari to`g`risida yanada kengroq tushuncha berish va mavzuni yanada kengroq yoritib berishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |