Reja I. Kirish II. Asosiy qism


Takroriy inventarizatsiya



Download 0,55 Mb.
bet6/8
Sana11.01.2022
Hajmi0,55 Mb.
#349834
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Bux hisobidan

Takroriy inventarizatsiya o‘tkazilgan inventarizatsiyaning ishonchliligi, haqqoniyligi va sifatiga shubha vujudga kelgan hollarda tayinlanadi. Inventarizatsiya jarayoni yakunlanganidan song inventarizatsiya o'tkazishning to‘g‘riligi inventarizatsiya komissiyasi a’zolari va moddiy javobgar shaxslar ishtirokida inventarizatsiya o‘tkazilgan omborxonalar ochilishidan oldin nazorat tekshiruvidan o‘tkazilishi shart. Bunday tekshiruv tekshirilgan mulklarning 10 % idan kam bo‘lmagan qismini qamrab olishi lozim. Natijalar bo‘yicha tafovutlar aniqlanganda korxona rahbari inventarizatsiya o ‘tkazgan komissiya a’zolari va moddiy javobgar shaxslardan tushuntirish xati talab qilishi lozim.

Tekshiruv obyektlari bo‘yicha inventarizatsiya quyidagilarga bo‘linishi mumkin:

- asosiy vositalar;

- pul mablag‘lari;

- hisob-kitoblar;

- tovar-moddiy qiymatliklar;

- tugallanmagan ishlab chiqarish.

Bulardan tashqari, korxonalarda permanent inventarizatsiya ham o‘tkaziladi. Bunda doimiy faoliyat ko‘rsatadigan inventarizatsiya komissiyasi tomonidan tovar-moddiy boyliklarning qoldiqlari eng kam miqdorda qolgan vaqtlarda inventarizatsiya qilinadi. Bunday inentarizasiya o‘tkazishda mehnat xarajatlari kam sarflanadi va tovar-moddiy boyliklarning kamomadi (yoki oshiqchaligi) zudlik bilan aniqlanadi.

Inventarizatsiyani o‘tkazish bosqichlari. Korxonada har yilgi inventarizatsiya yillik moliyaviy hisobotni tuzishdan oldin tayinlangan maxsus inventarizatsiya komissiyasi tomonidan o‘tkaziladi. Inventarizatsiya komissiyasi tarkibiga ma’muriyat vakillari va inventarizatsiya qilinadigan obyektlarni biladigan mutaxassislar (iqtisodchilar, muhandislar, texniklar va boshqalar) kiritiladi. Komissiya faoliyatida a’ zolar to‘liq ishtirok etishlari shart, chunki №19 BHMSga muvofiq inventarizatsiya o‘tkazishda komissiya a’zolaridan birining ishtirok etmasligi inventarizatsiya yakunlarini haqiqiy emas deb hisoblashga asos boladi.Komissiya a’ zolari inventarizatsiya boshlanishidan oldin inventarizatsiya qilinadigan hisob obyektlari bo‘yicha barcha hujjatlar ishlov berilib, guruhlanib buxgalteriya schotlarida aks ettirilganligi; buxgalteriya hisobi registrlarida esa inventarizatsiya qilinadigan zarur qoldiqlar chiqarilganligiga ishonch hosil qilishlari lozim.

Inventarizatsiya komissiyasi a’ zolari inventarizatsiya ro‘yxatlariga kamomad yoki ortiqcha tovar-moddiy boyliklarni yashirib qolish maqsadida boyliklarning ko‘rinib turgan amaldagi qoldiqlari haqida ataylab noto‘g ‘ri ma’lumotlar kiritgan bo'lsa, inventarizatsiya komissiyasining a’zolari qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi. Inventarizatsiya natijalari №19 BHMSning ilovalarida keltirilgan shakldagi inventarizatsiya ro‘yxatlari, dalolatnomalar, vedomostlar va boshqa tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi.

Taqqoslash vedomostlari korxona mulki(asosiy vositalar, tovar-moddiy boyliklar, pul mablag‘lari)ni inventarizatsiya o‘tkazish natijalarini aniqlash uchun mo‘ljallangan. Moddiy boyliklarni inventarizatsiyadan o'tkazish javobgar shaxslar huzurida, shuningdek, bu boyliklar saqlanayotgan joylarda amalga oshiriladi. Asosiy vositalar b o ‘ y ic h a yiliga kamida bir marta inventarizatsiya o‘tkaziladi, biroq u inventarizatsiya ma’lumotlaridan yillik hisobotni tuzishda foydalanishga imkon yaratish uchun 1- oktabrdan keyin o ‘tkazilishi lozim. Binolar, inshootlar va boshqa ko‘chmas mulk obyektlarini har yili emas, balki 2-3 yilda bir marta inventarizatsiyadan o ‘tkazish mumkin. Asosiy vositalarni inventarizatsiyadan o‘tkazishni korxona buxgalteriyasi xodimlarining majburiy ishtirokida ichki komissiyasi amalga oshiradi.

Asosiy vositalarning ayrim obyektlarini inventar va xo‘jalik jihozlari tarkibiga noto‘g ‘ri kiritilganligi aniqlangan hollarda ular asosiy vositalar qatoriga qaytariladi. Aksincha, asosiy vositalar tarkibida hisobda turgan mulk inventar va xo'jalik jihozlari qatoriga o ‘tib qolgan holatlarda ham shunday tuzatish yozuvlari qayd etiladi.

Xususiy asosiy vositalar inventarizatsiyasi bilan bir payt­da ijaraga olinganlari ham tekshiruvdan o ‘tkaziladi. Ijaraga olingan obyektlar yuzasidan inventarizatsiya ro‘yxatlari har bir ijaraga beruvchi bo‘yicha alohida tuziladi. Ularda umumiy ma’lumotlardan tashqari ijaraga beruvchi va ijara muddati ham ko‘rsatiladi. Ro‘yxatning bir nusxasi ijaraga beruvchi nomiga yuboriladi.

Inventarizatsiya komissiyasi debitor va kreditor qarzlar yuzaga kelgan muddatni, uning haqiqiyligini va agar da’vo muddati o'tkazib yuborilgan bo'lsa, bunga aybdor bo‘lgan shaxslarni aniqlashi lozim.




Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish