2.2. Inventarizatsiyaning maqsadi va vazifalari. Inventarizatsiya o‘tkazishdan maqsad korxona balansida aks ettirilgan barcha tovar-moddiy boyliklar, kassadagi va bank schotlaridagi pul mablag'lari, debitorlik va kreditorlik qarzlari, kelgusi davrlar xarajatlari, fondlar, zahiralar summalari hamda balansdagi boshqa moddalarning haqiqiy baholanganligini aniqlashdan iborat.
Inventarizatsiyaning asosiy maqsadi va vazifalari O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘grisida»gi qonuni va №19 — «Inventarizatsiyani tashkil etish va o'tkazish» nomli BHMSda belgilangan.
Inventarizatsiyaning asosiy maqsadlari
( №19 BHMS, 1,3 bandi )
Mulklarning haqiqiy mavjudligini aniqlash
Haqiqatda mavjud mulklarni buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan taqqoslash
Majburiyatlarning hisobga to’liq aks ettirilishini tekshirish
Inventarizatsiya o'tkazish jarayonida quyidagi asosiy vazifalar hal etiladi:
Korxonalar hisobot yilida o‘tkaziladigan inventarizatsiyalar sonini, ularning o‘tkazilish sanasi, mulklar ro‘yxati va tekshiruv o‘tkazuvchilar vazifalarini yuqorida qayd etilgan qonun va standartlarga muvofiq mustaqil ravishda belgilaydi. Inventarizatsiya o‘tkazish majburiy bo‘lgan hollar bundan mustasno.
№19 — «Inventarizatsiyani tashkil etish va o'tkazish» nomli BHMSga muvofiq quyidagi hollarda inventarizatsiya o ‘tkazilishi shart:
- mulklar ijaraga berilganda, sotib olinganda, sotilganda, shuningdek, davlat korxonasi qayta tashkil etilgan (davlat tasarrufidan chiqarilgan) paytda qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda;
- yillik moliyaviy hisobotni tuzish oldidan, inventarizatsiya hisobot yilining 1- oktabridan kechiktirmay o'tkaziladigan mulklardan tashqari. O‘zbekiston Respublikasi №4 — «Tovar moddiy zaxiralar» nomli BHMSga muvofiq (O‘zR Adliya vazirligida ro‘yxatga olingan №486 .28.08.1998- y.) Tovar moddiy zaxiralar, bir yilda kamida 1 marta inventarizatsiya qilinadi. №5 — «Asosiy vositalar» nomli BHMSga muvofiq (O‘zR Adliya vazirligida ro‘yxatga olingan №491, 23.09.1998- y.), asosiy vositalar ikki yilda kamida bir marta, kutubxona fondlari esa besh yilda bir marta inventarizatsiya qilinadi.
Bulardan tashqari, quyidagi holatlar mavjud bo‘lganda ham inventarizatsiya o‘tkazilishi majburiy hisoblanadi:
- moddiy javobgar shaxslar almashganida ishni topshirish sanasiga, lekin xodim ishdan bo‘shaydigan kundan kechikmasdan;
- o‘g ‘irlik yoki suiiste’mol qilish hamda moddiy qiymatliklarning buzilish faktlari aniqlanganda — ular aniqlangan vaqtda;
- tabiiy ofat, yong‘in, halokat yoki boshqa fors-major holatlardan kelib chiqqan favqulodda hodisalar — ular bartaraf etilganidan so‘ng darhol;
- O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi yoki boshqa te- gishli vazirlik va idoralarning me’yoriy hujjatlarida ko‘ zda tutilgan holatlar.
Inventarizatsiyani o‘tkazishga qo‘yiladigan talablar. Inventarizatsiyani o'tkazishda quyidagi talablarga rioya qilinishi shart: To’satdan, komissiya ishtirokida, komissiya a’zolarining amaliy ishtiroki, uzluksiz, moddiy javobgar shaxslar ishtiroki.
Inventarizatsiyani to'satdan o'tkazish uning muvaffaqiyatini ta’minlaydi. Ushbu talabga rioya qilinmagan hollarda moddiy javobgar shaxslar kamomadlarning o‘rnini to‘ ldirib qo‘yish, oshiqcha chiqqan mol-mulklarni yo‘qotish va mavjud kamomad yoki oshiqcha mol-mulklar uchun qalbaki hujjatlar tuzish kabi noqonuniy xatti-harakatlarni amalga oshirishlari mumkin.
Inventarizatsiya doimo korxona rahbarining buyrug‘i (farmoyishi) bilan tayinlangan komissiya ishtirokida amalga oshirilishi lozim. Komissiya tarkibi inventarizatsiya turiga qarab aniqlanadi.
Inventarizatsiya o'tkazish chog‘ida komissiya a’zolari bevosita amaliy ishtirok etib, moddiy qiymatliklarning haqiqatda mavjudligini tekshirishlari lozim. Inventarizatsiya ro‘yxatlarini buxgalteriya daftarlaridagi qoldiqlar asosida, moddiy javobgar shaxslarning og‘zaki ma’lumotlari bo‘yicha, idishlar, qutilar va hokazolarni haqiqiy tekshirmasdan to‘lg‘azishga ruxsat etilmaydi.
Inventarizatsiya uzluksiz o ‘tkaziladi. Uni kun davomida uzluksiz o‘tkazish imkoni bo‘lmagan hollarda «Kalit va plombalagich» qoidasi qo‘llaniladi. Ya’ni bino komissiya ishtirokida rais tomonidan muhrlanib, kalitlar moddiy javobgar shaxsda va plombalagich komissiya raisida qoldiriladi.
Inventarizatsiya jarayonida moddiy javobgar shaxslar ishtirok etishi shart hisoblanadi. Agar moddiy javobgarlik bir necha shaxslarga yuklatilgan bo‘lsa, boshqalarining topshirig‘iga ko‘ra ulardan biri ishtirok etishi yetarli hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |