YAPONIYA
Yakisoba-pan: xod-dog bulochkasining orasiga yapon lag’moni (yakisoba) solinadi. Ustidan mayonez va zanjabil qo’shiladi. Katsu-sando: yaponlarning cho’chqa go’shtidan tayyorlangan katletasi va maydalab to’g’ralgan karam aralashmasidan tayyorlangan mini-sendvich.
VYETNAM
Ban mi: go’sht (cho’chqa go’shti yoki jigar pashteti), marinadlangan sabzi, tuzlangan bodring va kashnich aralashmasidan tayyorlangan sendvich.
Buterbrod tayyorlash usuliga qarab, alohida pichoq tanlanadi. Buterbrod uchun non,
go‘sht, baliq, sutli mahsulotlar hamda sabzavot va mevalar kerak bo‘ladi. Buterbrodlar quyidagi turlarga bo‘linadi:
Ochiq buterbrodlar.
Yopiq buterbrodlar.
Gazak uchun tayyorlangan buterbrodlar (kanape, tartinka).
Ochiq buterbrodlar. Bunday buterbrodlarni tayyorlashda bo‘lka yoki baton non taxminan
1 cm qalinlikda, 40 g og‘irlikda tekis qilib qirqiladi. Tayyorlangan kolbasa, pishloq, ko‘kat va hokazo mah- sulotlar non bo‘lagi ustiga joylanadi. Mahsulot 1–3 tagacha bo‘laklanishi, buterbrod bir yoki bir necha xil mahsulotlardan tayyorlanishi ham mumkin.
Yopiq buterbrodlar. Yopiq buterbrodlarning noni ochiq buterbrodlarga qaraganda yupqaroq qilib kesiladi. Uning sirtiga yupqa qilib sariyog‘ surtiladi va ustiga mahsulot qo‘yiladi, keyin yana non bo‘lagi bilan yopiladi.
Gazak uchun tayyorlanadigan buterbrodlar (kanape).
Ularni tayyorlash uchun nonning yumshoq bo‘lagi kichik kub, romb, doira shakllarida kesiladi, keyin qizdirilgan tovada ikki tomonini qizartirib qovurib olinadi. Non sovutilgandan so‘ng ustiga sa-
riyog‘ surtiladi va uning shakliga moslab mah- sulot qo‘yiladi. Usti sabzavotlar, ko‘katlar bilan bezatiladi. Bu buterbrod bir necha qavat qilib, bir necha xil mahsulotlardan tayyorlanishi ham mumkin.
Buterbrodlar ko‘p ishlatiladigan gazak turi hisoblanadi. Ular uchun bug‘doy yoki javdar nonlari qobig‘i bilan yoki qobiqsiz holda 1 sm. qalinlikda kesib tayyorlanadi. Buterbrodlar uchun go‘sht, baliq, gastronom mahsulotlari, pazandalik mahsulotlari, pishloqlar, pishloq massalari, povidlo, djyem, tuxum, sariyog‘, yog‘ aralashmalari, har xil sardaklar, sabzavotlar, mevalar va boshqa mahsulotlar ishlatiladi. Bu mahsulotlar ta'mi, rangi bilan bir-birining xushxurligini oshiradigan bo‘lishi lozim. Buterbrodlar uchun mahsulot yupqa kesilishi va non ustini tuliq berkitishi kerak. Mahsulot turiga qarab buterbrod ustiga 1-3 bo’lakdan kesilishi mumkin, lekin undan ortiq bo’lakda kesish tavsiya etilmaydi. Buterbrodlarni tayyorlashda mahsulotlar iste'molga tarqatishdan avval kesilishi lozim, agar iste'molga tarqatish jarayoni biroz chuzilib qolsa mahsulot 30-40 daqiqagacha sovuq xonada saqlanishi kerak. Buterbrodlar tayyorlanishi bo‘yicha ochiq, yopiq (sanvich) va gazak uchun (kanape) tayyorla-nadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |