MAVZU: BUTERBRODLAR, ISSIQ ICHIMLIKLAR TAYYORLASH VA DASTURXONGA TORTISH.
REJA:
I.Kirish:
II. Asosiy qism:
1.Buterbrodlarni tayyorlash va ularning turlari
2.Dunyo buterbrodlari haqida qisqacha ma`lumot
3.Issiq ichimliklar va ularning turlari
III.Xulosa
IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
KIRISH
Yoshlarni barkamol avlod bo‘lib voyaga yetishida , puxta bilim olishingiz, iqtido- ringizni to‘la namoyon qilishingiz, barcha qobiliyatlaringizni yuzaga chiqarishingiz hamda jamiyatda o‘z o‘rningizni topishingizda boshqa fanlar qatori “Texnologiya” darsligi ham muhim o‘rin tutadi.
“Texnologiya” fanni o‘zlashtirish davomida turli xomashyo materiallaridan foydalanish, ularni amalda qo‘llash, ishlov berishga oid bilimlaringizni boyitasiz. Ular zamonaviy ishlab chiqarishning bozor munosabatlariga asoslangan talablari asosida kasbiy tayyorgarligingizni oshirishga va jismoniy mehnat turlaridan samarali foydalanishga, bu boradagi ko‘nikma va malakangizni oshirishga xizmat qiladi. Tabiiyki, bularning barchasi fan yuzasidan o‘zlashtirgan bilim va ko‘nikmalaringizni amaliyotda to‘g‘ri qo‘llay bilishning asosi sanaladi.
Ushbu fan o‘tgan yillar davomida Siz ushbu fan yuzasidan ko‘plab boshlang‘ich bilimlarni o‘rgandingiz va mustaqil ijodiy ishlarni amalga oshirdingiz. Endi esa quyi sinflarda olgan bilim, ko‘nikma va malakalaringizni mustahkamlagan holda turli xil materiallardan yanada chiroyli buyumlarni, turli mexanizmlar asosida harakatlanuvchi sodda jihozlar yasash texnologiyalarini ham o‘rganasiz.
Bilingki, fan-texnika har qanday sohada taraqqiyot asosi sanaladi. Fan va texnika bir-birini o‘zaro to‘ldirib, rivojlanishi asosida ishlab chiqarishni tashkillashtirish darajasi, texnologiyasi doimiy ravishda yangilanib va takomillashib borishini ta’- minlaydi. Shunday ekan, yangi materiallar va ularning xossalari, xususiyatlarini hamda texnik obyekt va texnologik jarayonlarga oid ma’lumotlarni o‘rganish talab etiladi. Chunki intellektual qobiliyatlarni shakllantirishda texnik obyekt hamda texnologik jarayonlarni, maxsus va umummehnat operatsiyalarini bilish, mahsulotlarni tayyorlash ketma-ketligini, tayyor mahsulot sifatini tahlil qila olish zarur bo‘ladi. Zero, texnologik jarayonlarning bajarilishiga oid tegishli xulosalar chiqarish, mehnat operatsiyalarini, mahsulot sifatini baholay olish katta ahamiyat kasb etadi. Bu jarayonda zamonaviy texnika va texnologiyalar, asbob-uskuna, moslama va stanoklardan foydalana olishni o‘rganish, avtomatlashtirilgan mashina va mexanizmlar asosida ishlarni tashkil etish va boshqarish bo‘yicha dastlabki bilimlarga ega bo‘lasiz.
3
Mamlakatimiz ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar asosida Sizga zamonaviy texnika va texnologiyalar, oziq-ovqat mahsulotlariga, materiallarga ishlov berish texnologiyasi, energiya ishlab chiqarish va undan foydalanish, mexatronika hamda ijtimoiy-iqtisodiy texnologiya asoslarini o‘rgatish, xalqimizning boy ma’naviy
qadriyatlari asosida ta’lim-tarbiya berish, axloqiy tushunchalarni shakllantirish bu- gungi kunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. Binobarin, bilingki, har qanday davlat va jamiyatning taraqqiyotini, kelajagini bilimli, tarbiyali yoshlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi.
Qo‘lingizdagi 5-sinf “Texnologiya” darsligi Sizning kelajak hayotingizda muhim o‘rin egallaydigan amaliy mehnat faoliyatiga tayyorgarlik ko‘rishingizda hamda o‘zingiz qiziqqan kasb-hunar turlaridan birini to‘g‘ri tanlashingizda katta ahamiyat kasb etadi.
Bu yil Siz nafaqat mustaqil, balki o‘quv ustaxonalarida guruhlarga bo‘linib ish- laysiz. Sinfdoshlaringiz bilan vazifalarni muhokama qilasiz, ularni amalga oshirish bosqichlarini aniqlaysiz, jamoaviy yoki mustaqil ravishda amaliy ishlarni belgilangan xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilgan holda olib borasiz.
Darslikda berilgan topshiriqlarni bajarish jarayonida ma’lumotlarni qidirish, ba- jarish tartibini eslash, axborotlardan foydalanish, sinfdoshlar va kattalar bilan o‘zaro muloqot qilishni va bir-biringizga yordam berish, kelishib ishlashni o‘rganasiz. Shu orqali texnologiya va uning rivojlanishi haqida tasavvuringiz yanada kengayadi.
Shuningdek, Siz darslikda o‘zingizning loyihalaringizni yaratishni, tayyorlagan ishlaringizga texnologik mezonlar asosida baho berishni o‘rganasiz. Zamonaviy tex- nika va texnologiyalar, turli yog‘och, metall va kompozit materiallarga ishlov berish, harakatlanuvchi oddiy mexanizmlardan foydalanib turli buyumlar yasash usullarini o‘zlashtirasiz. Albatta, o‘rgangan bu bilimlar Sizga oila ishlariga ko‘maklashishga, kasb malakalarini egallashga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |