Режа I. Кириш ҳамду сано II. Ассий қисм а қуръони Карим нозил бўлишининг бошланиши. Б саҳобаларнинг тафсир қилиш усуллари. В саҳобалардан чиққан муфассирлар. Г оятларнинг тушиш сабаблари. III. Хулоса IV. Фойдаланган манбаълар 1 кириш



Download 191,11 Kb.
bet35/49
Sana23.02.2022
Hajmi191,11 Kb.
#155974
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   49
Bog'liq
Мавзу

Mоvаrоunnаhrdа tаfsir ilmi.

Yuqоridа keltirilgаnidek tаfsir kitоblаri judа hаm ko’pdir. Hаr zаmоn, mаkоn, хаlq, millаt, elаt, mаzhаb vа yo’nаlishning o’z tаfsiri bоr. Bugungi kundа dunyoning аyniqsа musulmоn оlаmining Qur’оni kаrimgа bo’lgаn cheksiz qiziqishi ulаmоlаrni dоimо uni o’rgаnishgа uni tаfsirini yozishgа chоrlаb kelgаn.


Bizning yurtimizdа hаm hususаn qаdimgi shаhаrlаr Mоvаrоunnаhr, Хurоsоn, Buхоrо, Sаmаrqаnd, Nаsаf, Termiz, Kоsоn, Fаrg’оnа, Mаrv, Gurgench vа bоshqа shаhаrlаrdа bаrchа ilmlаr jumlаdаn islоm ilmlаridа hаm jаhоngа dоng tаrаtgаn buyuk аllоmаlаr etishgаn.
Аllоh tаоlо bizning diyorlаrimizni hаm islоm nuri bilаn munаvvаr qildi. Mа’lumki bu diyorning tub аhоlisi islоmdаn аvvаl bа’zi bir ilm vа mаdаniyat turlаridаn хаbаrdоr edilаr. Ushbu sаbаbgа ko’rа, аllоmа Ibn Хоldun tа’kidlаgаnidek, ulаrdа islоm ilmlаrini qаbul qilish vа rivоjlаntirishgа lоyiq mаlаkа bоr edi. Bir оz vаqt o’tishi bilаn muhаddislаr mаdrаsаsi pаydо bo’ldi vа ulаr Qur’оn tаfsiri to’g’risidаgi аsаrlаrni jаmlаgаn birinchi kishilаr deb e’tirоf qilindilаr. Ulаrning sаrdоri imоm Аbu Аbdullоh Muhаmmаd ibn Ismоil Buхоriy edilаr. “Kаshfi Zunun” nоmli kitоbdа zikr qilinishichа u zоt “Tаfsiri kаbir” nоmli аlоhidа bir tаfsir kitоbi tа’lif qilgаn ekаnlаr, lekin аfsuski bu kitоb bizgаchа etib kelmаgаn. Shungа qаrаmаsdаn, Imоm Buхоriy tаfsir ilmidа ulkаn аsаr qоldirib ketgаnlаr. U zоtning “Jоme’ us-Sаhih” kitоblаridа Qur’оni kаrim tаfsirigа оid mingdаn ziyod hаdis mаvjud. Buni qаrаngki, bizning yurtimizdа hаm buyuk mufаssirlаr etishib chiqqаn vа o’z аsаrlаri bilаn tаnilgаnlаr.


1.2. Mufаssirlаr, ulаrning tаfsir qilishdаgi shаrtlаri vа оdоblаri.

Shayx Muhammad Shafe' Usmoniy rohimahulloh va u zotning otalari ham o`z davrining yetuk ulamolaridan bo`lganlar. U zot Mavlono, alloma, shayx, muftiy Muhammad Shafi' rahimahulloh Hindiston va Pokistonda din bayrog'ini ko'targan, Allohning kalimasi oliy bo'lishi uchun hayoti va kuch quvvatini sarflagan, Hind diyoridagi Devband ilm dargohida tajdid chirog'ini yoqqan yirik hanafiy ulamolardandir.


Shayx rahimahulloh 1314 hijriy sananing 21 sha'bonida dunyoga keldi.
Bu zot bugungi kunda zamonamizning eng birinchi faqihi deb tan olingan hanafiy olimi shayx Muhammad Taqiy Usmoniy hafizahullohning otalari bo'ladi. U zot ilm va ma'rifat orasida o'sib ulg'aydi. U yoshligidan katta ulamolar qo'lida dars olib oriflar suhbatini lozim tutdi. U zot 1325 hijriy sanada Qur'oni karimni yodlab bo'lib, Devband madrasasiga o'qishga kirdi. U bu ilm dargohida butun Hindiston va undan tashqarida ham mashhur bo'lgan katta ulamolardan o'n yil davomida ta'lim oldi. Shayx Muhammad Shafi'ning ustozlaridan biri hofiz, muhaddis, muhaqqiq, alloma, shayx Anvarshoh Kashmiriydir. Bu zot ilm va ma'rifatda tuganmas dengiz edi. U har bir fanni chuqur bilar, zehni o'tkirlik va balog'atda Allohning mo''jizasi edi. Shayx Muhammad Shafi' bu zotda Buxoriyning «al-jomi' as-sahih»larini, Termiziyning «Sunan»larini, «Shamoil»ni, «Ilal»ni, »Falsaftul jadida»ni, tibga oid «Sharhun Nafisiy»ni ta'lim oldi. Muhammad Shafi' uning eng ko'zga ko'ringan shogirdlaridandir. Kashmiriy uni yaxshi ko'rar, Qodyoniylarga raddiya berish ishida unga ko'maklashadigan yaqin as'hoblari safiga olgan edi. Shayx Muhammad Shafi' rahimahulloh Kashmiriyning buyrug'i bilan «Xatmun nubuvva» nomli kitobni urdu tilida, «At-tasrih bima tavotara fiy nuzulil Masih» va «Hadiyyatul Mahdiyyin fiy oyoti xotamin nabiyyin» nomli kitoblarni arab tilida yozdi. Shayx Muhammad Shafi'ning ustozlaridan yana biri mavlono, muftiy Azizur Rahmon rahimahullohdir. Bu zot ulamo va fuqaholarning buyuklaridan edi. Shayx bu zotning huzurida imom Molikning «Muvatto»larini Yahyo ibn Yahyo va imom Muhammad ibn Hasan Shayboniy rivoyatlari bilan o'qidi. Yana imom Tahoviyning «Sharhi ma'onil osor» larini, Suyutiy va Mahalliylarning «Tafsirul Jalolayn»larini, Tabriziyning »Mishkotil masobih»larini, hofiz ibn Hajarning «Sharhu nuxbatil fikar»larini ham shu zotda ta'lim oldi. Shayxning ustozlaridan yana biri, shayx, sayyid, mavlono Asg'ar Husayn Hoshimiy al-Hasaniy edi. Bu zot o'z asrining ko'zga ko'ringan ulamolaridan bo'lib unda tavozu' va Allohdan qo'rqish kabi islomning go'zal axloqlari namoyon edi. Shayx Muhammad Shafi' bu zotda Abu Dovudning «Sunan»larini, Nasoiyning »As-sunanul kubro»larini hamda Termiziyning «Sunan»larini oxirgi juzlarini ta'lim oldi. Shayxning ustozlaridan yana biri, buyuk da'vatchi, shayxul islom mavlono Shabir Ahmad al-Usmoniydir. Bu zot imom Muslimning «Sahih»lariga «Fathul mulhim» nomli sharh yozgan.
Muhammad Shafi' rahimahulloh bu kishida imom Muslimning «Sahih»larini hamda «Hidoya»ning bir qismini ta'lim oldi. Shayx Muhammad Shafi' rahimahullohning ustozlaridan yana biri, fozil imom, adabiyot va fiqh shayxi mavlono E'zoz Ali rahimahullohdir. Bu zot faqatgina adabiyotda emas, boshqa ilmlarda ham mohir edi. Shayx Muhammad Shafi' bu zotda «Hidoyatul hikma»ning sharhini, «Aqoidun Nasafiy»ning Taftazoniyga oid sharhini ,Sadrush Shari'aning «Sharhul viqoya»sini va boshqa risolalarni ta'lim oldi. Shayxning ustozlarida yana biri faylasuf, shayx mavlono Muhammad Ibrohim Balyoviydir. Shayx Shafi' bu kishida »As-sadro»ni va «Ash-shamsul bozig'a» kitoblarini o'qidi.
Shayx Shafi' 1335 yilda darslarni tugatdi. Talabalar ichida yetakchi bo'lgani uchun ustozlari tomonidan Dorul ulumga muallim qilib ta'yinlandi. 1336 yildan dars berishga kirishib tezda talabalar mehrini qozondi. Yigirma olti yil shu madrasada tafsir, hadis, fiqh va boshqa ilmlardan dars berdi. Bu muddat ichida uning ilm va ma'rifatidan juda ko'p insonlar foyda oldi.

Download 191,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish