Reinjiniring ob’yekti joriy faoliyatini taxlil qilish bosqichi Reinjiniring tadbirlarini o’tkazishda davlat va xo’jalik boshqaruv organlarida, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlarining joriy faoliyati xolatini o’rganish aloxida e’tibor talab etadi. Tashkilotning me’yoriy hujjatlarda, nizomlari, xizmat vazifalari yo’riqnomalarida qayd etilgan faoliyati tartiblari amaliyotda har doim ham risoladagidek bajarilmaydi. SHu munosabat bilan ham tashkilot ma’lum muddat ichida reinjiniring ob’yektiga aylanib qoladi.
Reinjiniring ob’yekti joriy faoliyatining taxlilini quyidagi bosqichlarda olib borish mumkin:
Me’yoriy-huquqiy hujjatlar xrolnologiyasi va amaldagi ichki xujjatlar taxlil qilish;
Funksiyalar va xizmatlarni inventarizatsiyasini o’tkazish;
Talab darajasi yuqori bo’lgan asosiy xizmatlar ro’yxatini shakllantirish;
Funksiya va xizmatlarning amaldagi reglamentlarini ishlab chiqish;
Funksiya va xizmatlar uchun resurslar sarfini taxlil qilish;
Tashkilotning asosiy jarayonlari joriy xolati diagrammasini “BPMN 2.0.” formatida tayyorlash va faoliyatining joriy xolati xaqida axborot taxliliy hujjat tayyorlash.
Tashkilotning me’yoriy-huquqiy hujjatlari ob’yektning ichki muxitini ochiq manbaalar asosida va ichki muxitini birlamchi o’rganish jarayonlarida ko’rib chiqilgan bo’lsada mazkur bo’limda batafsil taxlil qilinadi.
1) Hususan, me’yoriy huquqiy xujatlar 2 ta asosiy bo’limga bo’lib o’rganiladi. Birinchisi, tashkilotning faoliyatini tartibga solish bo’yicha xukumat darajasidagi me’yoriy-huquqiy aktlar (MXA) bo’lsa, ikkinchisi ichki tuzilmaviyme’yoriy-huquqiy hujjatlar (MXX) hisoblanadi.
Davlat hokimiyati markaziy organlari tomonidan qabul qilingan MXA lar taxlilini 1990-yilda amalda bo’lgan xujjatlardan to shu kunga qadar yangilangan barcha MXAlarni batafsil o’rganib chiqishni taqozo etadi. Ushbu xronologik taxlil tashkilot faoliyati qaysi yo’nalishlarda islox qilinganligi taxlil etish hamda istiqbolli loyihada inobatga olish joiz bo’lgan huquqiy ta’minot masalalarini oydilashtirishga imkoniyatini beradi.
Ichki tuzilmaviy MXX larni taxlili tashkilot faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy huquqiy hujjatlar vertikali bo’yicha xar bir xodimning xizmat vazifalar yo’riqnomasigacha bo’lgan hujjatlar taxlil etib chiqiladi. Bu o’rganish tashkilot zimmasidagi bo’lgan barcha funksiya va xizmatlarning reglamentatsiya qilinganligi xolatini taxlili uchun juda ham muxim. Tashkilotning reglamentatsiya qilinmagan barcha funksiya va xizmatlarning xizmat yo’riqnomalari va reglamentlarini ishlab chiqish tavsiyasi uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
2) Funksiyalar va xizmatlarni inventarizatsiyasini o’tkazish tadbiri “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi tomonidan ishlab chiqilgan “Forma-1_BPR” (Ilova 6)jadvalini to’ldirish orqali amalga oshiriladi. Buning uchun tashkilot xodimlariga jadvalni to’ldirish bo’yicha seminar o’tkaziladi. Mazkur jadval tashkilotning ma’muriy va funksional bo’linmalarini iyerarxik bog’liqligini, uning tuzilmaviy majmualari, departamentlari, boshqarma, bo’limlari, bu bo’limlardagi lavozimlar xamda ularning amaldagi barcha xizmat vazifalarining umumiy va to’la ro’yxatini shakllantirish imkonini beradi. Ushbu jadvalga xodimlarning funksiya va vaziflarini kiritishda raxbar, xizmatchi va ishchilarning xar bir vazifasining yakuniy natijasi quyidagilardan qaysi biriga mos kelishini qayd etish joiz:
10. Tasdiqlash
11. Dekloratsiya
12. Murojaat
13. Rasmiy so’rov
14. Iltimosnoma
15. Talabnoma
16. Taklifnoma
17. Tavsiyanoma
18. Guvoxnoma
19. Ko’rsatma
20. Me’yoriy hujjat
21. Sanksiya
22. Etkazib berish
23. Topshirish
24. Ogoxlantirish
25. Xabar berish
26. Faoliyat natijasining boshqa turi
Tashkilot va uning xizmatchilarining funksiya va xizmatlari “asosiy”, “yuklatilgan” va “qo’shimcha” vazifalar bo’yicha tasniflab o’rganiladi. YUklatilgan vazifalar tasnifiga xodim tarafidan, o’zining asosiy vazifalaridan tashqari raxbar topshirig’iga binoan davriy ravishda bajariladigan, tashkilotning boshqa tuzilmaviy bo’liinmasining asosiy vazifalari kiritiladi. Qo’shimcha vazifalar tasnifiga esa xodim tarafidan, o’zining asosiy va yuklatilgan vazifalaridan tashqari raxbar topshirig’iga binoan davriy ravishda bajariladigan, tashkilot tizimiga va soxaga xos-taaluqli bo’lmagan boshqa tizim yoki soxa tashkilotlarining asosiy vazifalari kiritiladi.
3) Keyingi bosqichda optimallashtirishni talab etuvchi funksiya va xizmatlarga aloxida e’tibor qaratish lozim. Xususan, ortiqcha funksiyalarni, autsorsing tartibiga o’tkazilishi maqsadga muvofiq bo’lgan funksiyalarni, bir birini takrorlovchi funksiyalarni, takomillashtirishni talab etuvchi funksiyalarni, xamda yangidan joriy etilishi lozim bo’lgan, ya’ni yetishmayotgan funksiyalarni topish masalasi nazorat topshirig’i sifatida turishi lozim.
Xar qanday tashkilot xodimlarining amaga oshiradigan va mashg’ul bo’ladigan ishlarini 3 xildagi faoliyat turlariga ajratish mumkin:
- Loyihalar; - Jarayonlar; - Funksional faollik. Tashkilotning funksiyalarining umumiy ro’yxati tarkibidagi xizmatlarni faoliyat turlariga qarab loyiha, jarayon va funksional faollik turlariga tasniflab chiqish lozim (6-jadval). Tashkilot uchun jarayonlar I darajali, loyihalar II darajali, funksional faollik toifasidagi xizmat vazifalari esa III darajali axamiyatga ega ekanligini ta’kidlash joiz. SHuning uchun ularga o’zlarining darajalariga mos ustuvorlik belgilanadi.
Tasniflash natijasida paydo bo’lgan asosiy jarayonlar ichidan talab darajasi yuqori bo’lgan xizmat vazifalari ajratib olinadi. Talab darajasi yuqori bo’lgan xizmat vazifalari “Forma-2_BPR” (Ilova 7) jadvali orqali shakllantiriladi. Mazkur ro’yxatdagi xizmatlar “Forma-2_BPR” jadvali asosida Davlat interaktiv xizmatlari YAgona portalida joriy etilgan “Davlat xizmatlari, forma va blanklari yagona reyestriga (ro’yxatiga) kiritiladi va ularning xar biriga identifikatsion (ma’muriy, adminstrativ) kod biriktiriladi.
Davlat xizmatlari, forma va blanklari yagona reyestriga kiritilgan xizmat jarayonlari uchun optimallashtirish tadbirlari o’tkaziladi. Mazkur ro’yxatga kirmagan, loyiha va funksional faollik toifasidagi, xizmat vazifalari imkon qadar soddalashtiriladi, ixchamlanadi va qisqartiriladi.
4) Talab darajasi yuqori bo’lgan xizmat vazifalar optimallashtirishni talab etuvchi jarayonlar sifatida batafsil o’rganiladi. Mazkur jarayonlarning (vazifalarning) xar birining joriy reglamentlarida qayd etilgan tartiblar va amaldagi real xolatda qanday bajarilishi xaqida batafsil malumot yig’iladi va taqqoslab chiqiladi. Olingan malumotlar asosida jarayonning xozirgi xolatining «BPMN 2.0.» standartidagi modeli (diagrammasi) ishlab chiqiladi.
Ushbu diagramma asosida mazkur funksiya va xizmatlarning joriy xolati modellashtiriladi va sinovdan o’tkaziladi. Oldindan belgilab olingan me’zonlar bo’yicha ularni amalga oshirish uchun xarajat qilinadigan barcha resurslar sarfi taxlili o’tkaziladi. Bu xarajatlar tarkibiga vaqt, jalb etiladigan ishchi kuchi, moliyaviy, tashkiliy-xuquqiy, moddiy-texnik, axborot-kommunikatsiya, kommunal, servis va faoliyat ixtisosligidan kelib chiqadigan va sarflanadigan mutlaqo barcha resurslari kiritiladi.
5) Ushbu bo’lim yakunida davlat va ho’jalik boshqaruv organlari funksiya va xizmatlarining umumiy ro’yxatidan belgilangan me’zonlar asosida tanlab olingan, talab darajasi yuqori bo’lgan funksiya va xizmatlar (asosiy jarayonlar) uchun “BPMN 2.0” formatida joriy xolat (“As-is”) modelini yakuniy diagrammasi tayyorlanadi. (Ilova – 8.1, 8.2.) SHuningdek zarur xollarda jarayon algoritmi dekorativ va xronologik sxema shakllarida xam tayyorlanishi mumkin. (Ilova – 8.3, 8.4.)
SHuningdek, “Tashkilot joriy faoliyati xolati xaqida” axborot taxliliy hujjat tayyorlanadi.