O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Namangan Davlat Universiteti Boshlang’ich ta’lim va sport- tarbiyaviy ish yo’nalishi Boshlang’ich sinflarda bolalar adabiyot fanidan “Tursunboy Adashboyev hayoti va ijodiy faoliyati” mavzusida tayyorlangan Mustaqil ish Bajardi: BT-AU-19 guruh talabasi Sultonova Xolidaxon Qabul qildi: Hamidova M. Reja: 1.Hayot yo’li. 2.Ijodiy faoliyati. 3.She’rlaridan namunalar. Tursunboy Adashboyev 1939-yil 1-yanvarda Qirg’izistonning Jalolobod ( hozirgi O’sh ) viloyatiga qarashli Ola-Buqa tumani Safed Bulon qishlog’ida tug’ilgan. Tursunboyning otasi Adashboy yolg’iz farzand bo’lgan. Undan katta farzandlar esa turli sabablarga ko’ra vafot etgan. Bu holat Tursunboyning ham hayotida yuz berdi. Uning opa-akalari tug’iliboq vafot etishdi. Shuning uchun shu bola balki tirik qolar deb “Tursunboy” –Turg’un deb ism qo’yishdi. Otasi Tursunboy maktab yoshiga yetmasdan vafot etdi. U qishloqdagi 57- o’rta maktabni tugatgach, Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetida 1961-1966-yillarda, Moskvadagi M.Gorkiy nomidagi Adabiyot institutida 1978-1982-yillarda tahsil oldi. Tursunboy Adashboyev 1939-yil 1-yanvarda Qirg’izistonning Jalolobod ( hozirgi O’sh ) viloyatiga qarashli Ola-Buqa tumani Safed Bulon qishlog’ida tug’ilgan. Tursunboyning otasi Adashboy yolg’iz farzand bo’lgan. Undan katta farzandlar esa turli sabablarga ko’ra vafot etgan. Bu holat Tursunboyning ham hayotida yuz berdi. Uning opa-akalari tug’iliboq vafot etishdi. Shuning uchun shu bola balki tirik qolar deb “Tursunboy” –Turg’un deb ism qo’yishdi. Otasi Tursunboy maktab yoshiga yetmasdan vafot etdi. U qishloqdagi 57- o’rta maktabni tugatgach, Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetida 1961-1966-yillarda, Moskvadagi M.Gorkiy nomidagi Adabiyot institutida 1978-1982-yillarda tahsil oldi.
Oila davrasida
Tursunboy Adashboyev dastlab “Qirg’iziston haqiqati” gazetasi tahririyatida, O’sh viloyati Yozuvchilar uyushmasida xizmat qilgan. U hamisha O’zbekiston ommaviy axborot vositalarida faol ishtirok etgan, she’riy, nasriy asarlari o’zbek tilida chop etilgan. T.Adashboyev “Cho’lpon” nashriyotida 1987-1999-yillargacha muharrir, bo’lim mudiri, bosh muharrir o’rinbosari sifatida faoliyat ko’rsatdi. O’zbekistonda Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi bo’lib ishlagan. Birinchi she’riy to’plami-” Buni toping, bolalar, aytib bermang, onalar” nomida 1962-yilda chop etildi. She’riy to’plamlari: Kamolning olmasi Biz sayohatchilar Arslonbob sharsharasi Nur daryo Olatog’ - lolatog’ Guldesta Olti oylik xo’tikcha Quyushqon Arslonbob afsonasi Top ildiz Oltin yolli tulpor qissasi Parodiya Kitoblari: Qirg’iz tilida- Jashtik sapar Bizdin belek Ir mayrami Rus tilida- Звонкое детство Солнышко на листях O’zbek tilida- Biz sayohatchilar G’aroyib qishloqning ajoyib odamlari Tojik tilida- Navohoi guldara Tarjimonlik faoliyati: “To’rg’ay navosi”, “Tog’lar farzandiman”, “Dovon”, “Qanot bilan Zarina”, “Quvonchbekning quvonchi”, “Do’ppili to’rg’ay”, “Zamona”, “Bir kam dunyo”, “Gulning umri”, “Tentak ovchi”, “Do’xtir voy jonim”, “Mushuk Kotangensning arifmetika daftari”, “Merri inglizchani o’rganadi”, “Cho’qintirgan ota yoki Mafiya sardori” asarlari.
Tursunboy Adashboyev “O’zbekiston xalq maorifi a’lochisi”(1993), “Qirg’izistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi”(1999), “Do’stlik” ordeni(1999), “Manas” ordeni(1995) sohibi bo’lgan.
“Sumalak” Boychechak nish urib, To turguncha o’rnidan, Bahor qishni tarnovga Osib qo’ydi burnidan… “Toldi buloq” To’rg’ay yotar tuxum bosib, Shuvoq bilan sirlashib. Qora qo’ng’iz soqqa yasab, Do’ngga tortar tirmashib. Yumronqoziq serhadik. Ish bitirar yugurib. Sug’ur archa ostida Turar tesbeh o’girib. Chigirtkalar qamishdan Nay yasaydi – kertadi. Ko’kandagi biyaga So’na dutor chertadi… E’tiborlaringiz uchun tashakkur!
Do'stlaringiz bilan baham: |